Turizm industriyasi buyuk ipak yuli davlatlari roli


Download 57.55 Kb.
bet7/14
Sana01.05.2023
Hajmi57.55 Kb.
#1419124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
TURIZM INDUSTRIYASI BUYUK IPAK YULI DAVLATLARI ROLI

Si Tarix muzeyi - Xitoydagi birinchi muzey, u Si sulolasi tarixini namoyish etuvchi 67 qismdan buyumlar, yozuvlar, devoriy suratlar, budda muqaddas yozuvlari va rasmlari, metall dubulg'a va rasmiy muxrlardan iborat.
Buyuk devor - Ninsya "Buyuk Xitoy devori muzeyi" sifatida mashhur, uning hududi shimolda tog'lar va janubda baland platolardan iborat. Buyuk Xitoy devorining hududdan o'tgan qismlari ikki qismdan: Min devori va Sin devoridan iborat. Sin devori qoldiqlarini hozir ham Siju okrugi va Guyuan okruglarida topish mumkin va ular yetarlicha yaxshi saqlangan.
Famen ibodatxonasi - Famen shahrida Fumeng okrugidan 10 km shimolda va Sian shahridan 120 km g'arbda joylashgan, Sharqiy Xan sulolasi davrida buddizmni tarqatish maqsadida qurilgan. Ibodatxonada minora va muzey mavjud. Ibodatxonada muzey 1987-yilda tashkil etilgan bo'lib, Tan sulolasi qimmatli xazinalari: oltin va kumushlar, rangli idishlar, chinni va ipaklar saqlanadi. Famen ibodatxonasi nafaqat podsholar ibodatxonasi balki buddaga e'tiqod qiluvchilar uchun muqaddas joy hamdir.
Sian shahri (qadimiy Chan'an) - u Xitoyning poytaxti bo'lib, 11 sulola yoki 1100 yil mobaynida imperatorlar Xitoyni boshqarishgan. Aynan Chan'andan eramizdan avvalgi 139-yilda g'arbga tomon sayohat qilib Ipak yo'lini ochgan. Bu qadimiy poytaxtning muhimligi shundaki, u o'zidan keyin boy qimmatli tarixiy yodgorliklar, jumladan Xitoy devorini saqlab qolgan shahar sifatida e'zozlanadi.


4. O’zbekistondagi diqqatga sazovorliklar – Buyuk Ipak Yo’li : arxeologik kashfiyotlar yo’lagi sifatida

Kishilik jamiyati paydo bo’libdiki, uning taraqqiyot jarayoni hech qachon aloqalarsiz bo’lmagan. Odamlar, urug’ jamoalari, qabilalar, elatlar, xalqlar va nihoyat ularni hududiy-iqtisodiy va siyosiy birlishtirgan mamlakatlar o’rtasida doimo aloqalar bo’lgan va bu aloqalar tufayli yo’llar paydo bo’lgan. Biz qadimgi davr tariximizga nazar tashlar ekanmiz, kishilik jamiyatining bronza davridan e’tiboran, ba’zi joylarda undan ham ancha avval, ma’lum ixtisoslashgan yo’llar paydo bo’lganligini bilamiz. Ularning paydo bo’lishida qabilalar, xalqlar va davlatlararo aloqalardan kelib chiqqan iqtisodiy, etnik, siyosiy va madaniy ehtiyojlar sabab bo’ldi. Tarixda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari saltanati davrida uning hududi bo’ylab «shoh yo’li» tarkib topganligini bilamiz. Lekin unga qadar O’rta va YAqin SHarqda Badaxshon lazuritiga bo’lgan ehtiyoj «Lazurit yo’li»ning vujudga kelishiga olib kelgan. Ana shunday qadimgi yo’llardan biri, G’arb bilan SHarqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog’lab kelgan «Buyuk ipak yo’li» edi. Bu yo’l orqali SHarqdan (Xitoydan) G’arbga Kishilik jamiyati paydo bo’libdiki, uning taraqqiyot jarayoni hech qachon aloqalarsiz bo’lmagan. Odamlar, urug’ jamoalari, qabilalar, elatlar, xalqlar va nihoyat ularni hududiy-iqtisodiy va siyosiy birlishtirgan mamlakatlar o’rtasida doimo aloqalar bo’lgan va bu aloqalar tufayli yo’llar paydo bo’lgan. Biz qadimgi davr tariximizga nazar tashlar ekanmiz, kishilik jamiyatining bronza davridan e’tiboran, ba’zi joylarda undan ham ancha avval, ma’lum ixtisoslashgan yo’llar paydo bo’lganligini bilamiz. Ularning paydo bo’lishida qabilalar, xalqlar va davlatlararo aloqalardan kelib chiqqan iqtisodiy, etnik, siyosiy va madaniy ehtiyojlar sabab bo’ldi. Tarixda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari saltanati davrida uning hududi bo’ylab «shoh yo’li» tarkib topganligini bilamiz. Lekin unga qadar O’rta va YAqin SHarqda Badaxshon lazuritiga bo’lgan ehtiyoj «Lazurit yo’li»ning vujudga kelishiga olib kelgan. Ana shunday qadimgi yo’llardan biri, G’arb bilan SHarqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog’lab kelgan «Buyuk ipak yo’li» edi. Bu yo’l orqali SHarqdan (Xitoydan) G’arbga Buyuk ipak yo’lida markaziy o’rinda turuvchi O’zbekistonda arxeologlar va tarixchilar tomonidan kashf etilgan qadimiy madaniyatni Hindiston, Xitoy, Eron, Misr tamaddunlari bilan tasdiqlash imkoniyati mavjud. Tadqiqotlarga ko’ra Movarounnahr ya’ni Osiyodagi buyuk daryolar Amudaryo va Sirdaryo oralig’i aholisi ushbu mamlakatlar bilan madaniy va ilmiy yutuqlarni faol almashishgan. Betakror arxeologik yodgorliklar va tarixiy hujjatlarni o’rganishda Gemaniya, AQSh, Italiya, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Polsha va boshqa mamlakatlarning yetakchi arxeologiya maktablari vakillari faol ishtirok etishmoqda. Bu orqali qadimiy o’zbek zaminida vujudga kelgan qadimiy tamaddunning jjahon fani va madaniyatiga qo’shgan hissasini adolatli baholash nazarda tutiladi. Qo’shma ekspeditsiyalar orqali ko’p asrlar mobaynida sirliligicha qolib kelayotgan ko’plab sirlar ochilmoqda. Uning isbotini ko’plab xalqaro ko’rgazmalar va muzeylarda ko’rish mumkin. Arxeologik diqqatga sazovorliklar bo’ylab sayohatni Termiz arxeologiya muzeyidagi betakror eksponatlardan boshlash mumkin. Ushbu muzey Termiz shahrining 2500 yilligi bayrami arafasida faoliyatini boshladi. Muzeyda qadimiy Termiz hududi va O’zbekiston janubidagi bir necha arxeologik ob’yektlarda topilgan topilmalar o’rin olgan. Qadimda mamlakatning janubiy Baqtriya, Yunon-Baqtriya, Kushon davlatlari tarkibida bo’lgan va jahon madaniy merosida sezilarli iz qoldirgan.
Muzeyda devoriy yozuvlar, me’morchilik obidalaridagi bezaklar namunalari, sopol buyumlar, noyob tangalar, zargarlik buyumlari, yozma yodgorliklar, mehnat qurollari va maishiy buyumlar o’rin olgan. Betakror topilmalar orasida budda haykalchalari mavjud. Jumladan, Budda tasviri o’rin olgan bo’lib, Termiz turli davrlarda turli madaniyatlar va dinlar jumladan, otashparastlik va buddizm, xristianlik va musulmon an’analari mavjud bo’lganligi bois bu yerda ushbu topilmalar bejizga topilmagan. Eramizning birinchi asrlarida Termiz budda ta’limoti markazlaridan biri bo’lgan, u orqali nafaqat Markaziy Osiyo balki undan sharqqa Xitoy va Yaponiyagacha budda dini yetib borgan.
O’zbekiston janubida arxeologik qazishmalarda yaponiyalik professor Kyudzo Kato boshchiligidagi delegatsiya jahonga mashhur Dalvarzintepa shaharchasini o’rganishda hamkorlik qilishdi. Dalvarzintepada og’irligi 35 kg bo’lgan tilla buyumlardan iborat xazina topilgan bo’lib, ushbu xazinadagi tangalar, sirg’a, bilakuzuk va taqinchoqlarning ahamiyati insoniyatning moddiy va badiiy madaniyatini o’rganishda bebeho hisoblanadi. O’zining ilmiy ahamiyatiga ko’ra Dalvarzintepa xazinasi Britaniya muzeyi faxri bo’lgan mashhur amudaryo xazinasidan kame mas. Inglizlar XIX asrda Hind zargarlaridan olgan bo’lib, ular o’z navbatida Buxoro savdogarlaridan, Buxoro savdogarlari esa Amudaryo yuqori qismida joylashgan mahalliy aholidan ya’ni hozirgi Dalvarzintepa shaharchasi joylashgan vodiydagi aholidan sotib olishgan. Birinchi xazina qadimiy saroyda topilgan. Ikkinchi xazina ham qal’ada arxeologlar 13-raqam bilan belgilangan boy uyida topilgan. Oilaviy qimmatbaho buyumlar sopol ko’zada og’zi zich yopilgan holda yerga ko’milgan holda topilgan.
Oltin xazina Toshkentga odatdagi samalyot reysida arxeologlar Bahodir Turg’unov va Edvart Rtveladzelar tomonidan olib kelingan.
Hozirgi kunda jahon ilmiy hamjamiyatida nufuzli olim hisoblangan akademik Edvart Vasilevich Rtvelayze boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan Termizdan 20 km uzoqlikdagi Kampirtepa qal’a shahri joylashgan betakror arxeologik obyektda qazishma ishlarini olib borilmoqda.3 Bu yerda buyuk Osiyo daryosi orqali Markaziy Osiyoni Hindiston bilan bog’lab turgan yo’l o’tgan. Eramizdan oldingi III asrda Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoni bosib olgandan so’ng Hindiston tomon yurishi mobaynida ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra kechuv joyida Oks Aleksandriyasi (ilgari Amudaryo Oks deb atalgan) deb nomlangan shaharga asos solganligi aytiladi. Shu sababli Kampirtepada qudratli qal’a tizimi yunon an’analari uslubida qurilgan u yerda o’sha davrlarga oid tanga va sopol buyumlar topilgan. Ularning barchasi Kushon davridagi ibodatxonalar tagidan topilgan.
Kampirtepada o’zbekistonliklar arxeologlar tomonidan 24 yil mobaynida jahon adabiyotida birinchi marotaba eramizning ikkinchi asriga tegishli yuqori qurilish garizonti ochilib, yirik Kushon shaharchasining barcha tarixi ochildi. Ushbu muvaffaqiyatga boshqa shaharlardan farqli ravishda shaharning daryoga tutashgan qismining Amudaryo tomonidan yuvilishi natijasida aholining ko’chib ketishi, ko’p metrli madaniy qatlamlarning yo’qligi sababli erishildi.
Kam uchraydigan bu kabi imkoniyat orqali aholi yashaydigan joyning tuzilishi va tarkibiy qismlari orqali Markaziy Osiyoda murakkab tuzilishga ega bo’lgan shaharlar o’rta asrlardan ancha ilgari paydo bo’lganligiga bamin bo’lish mumkin. Qazishmalarga qaraganda Kampirtepa 20 gektardan ortiqroq joylarda sig’inish joylari, shahar qismi, savdo-hunarmandchilik rivojlangan shahar atrofi va yana shaharning chorak qismini tashkil etgan bandargohdan iborat. Shahar ham dahalarga bo’lingan bo’lib, kengligi 1,1-2,2 metr bo’lgan ko’chalar kesishmalariga ega. Ular yoqasida turarjoylar, xo’jalik, savdo, ombor, sig’inadigan va boshqa qurilmalar mavjud bo’lgan. Shahar tarixiga qarab O’zbekistonda shaharsozlik tarixi qadimiy an’analarga borib taqalishini ko’rish mumkin.
Topilmalar orasida sharqiy O’rtayer dengizi, Misr, Eron, Hindiston, Xitoy mamalakatlaridan keltirilgan buyumlarni ko’rish mumkin. Ular orasidan bronzadan yasalgan diniy marosim idishlari, fil suyagidan yasalgan ayollar va qushlar rasmi tushirilgan idishlar, parfiyaliklar yozuvi tushurilgan gildan yasalgan muhr alohida ahamiyatga ega.
Arxeologlar topilmalar asosida podshoh Kanishka I tomonidan shaharda boshqaruvni amalga oshirgan aniq vaqti aniqlandi. Bu vaqtni aniqlash 100 yillardan beri ko’plab olimlar tomonidan munozaralarga sabab bolayotgan edi. Ushbu sananing aniqlanishi natijasida Kushonlar tarixi xronologiyasi oydinlashdi.Yozma manbalarda Kushon podshohlarining hukmronligi Kanishkaning birinchi hukmronligi yillari boshlanishi aytiladi. Kampirtepa topilmalariga asoslangan holda aytish mumkinki, buddizmning tarqalishiga kata hissa qo’shgan Kushon shohining hukmronligi eramizdan avvalgi 138 yilda boshlangan. Kanishga davrida Kushon davlati o’ziga shimoliy Hindiston, Afg’oniston to’laligicha, sharqiy Turkiston, hozirgi O’zbekiston va Tojikistonning sezilarli qismini qo’shib olgan qudratli davlatga aylangan.
Edvard Rtveladze fikriga ko’ra, Kampirtepa O’zbekistonning turistik ekskursiyalarida eng muhim arxeologik obyektlaridan biri bo’lishi lozim. Bu orqali xorijlik va vatanimizdagi tarixga qiziquvchi turistlar qadimiy Kushon shahrini ko’rishlari, uning ulug’vor inshootlaridan zavqlanishi, ko’chalar va maydonlarida sayr qilishi, savdo peshtaxtalari va yigirma asrlik uylarga nigoh tashlashi mumkin bo’ladi. Ushbu betakror arxeologik obyektni tadqiq qilish Yaponiyaning xalqaro agentligi (JICA) ko’magida davom etmoqda.
O’zbekiston janubi tarixini o’rganishda fransuz arxeologlar ham o’z hissalarini qo’shmoqda. Ular bilan birgalikda qadimiy Termiz hududida shaharning tarixi 25 asrdan oshishini isbotlovchi ashyolar topildi.
O’zbek-fransuz ekspeditsiyalarining eng yirik yutug’i Samarqanddagi ekspeditsiya hisoblanadi. Shahardan 35 km masofada Ko’ktepa qirlaridagi qabrlardan birida matbuotda “so’g’d malikasi” nomini olgan aslzoda xonimning qabri topildi. Uning kiyimlarida 333 ta oltindan tikilgan bezaklar topilgan bo’lib, olimlar fikriga ko’ra topilma jahon madaniy merosini betakror antic ashyo bilan boyitdi. U yerda sirli usulda yasalgan xitoy oynasining topilganligi Buyuk Ipak Yo’li bo’lgunga qadar ham Xitoy bilan savdo aloqalarini mavjud bo’lganligini isbotlab turibdi. Ushbu topilmaning boyligini o’tgan asrning 70- yilda Shimoliy Afg’onistondagi Tillatepada topilgn qabr bilan tenglashtirish mumkin. Shu bilan birga Samarqandning qadimiy qismi Afrosiyobda ham qazishmalar olib borilgan va 1970-yilda Samarqand shahrining 2500 yilligi nishonlangan davrga qaraganda 250-300 yil ilgari ham shahar mavjud bo’lganligini aniqlashdi.
Samarqandda amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar natijasida bir qator ilmiy shov-shuvlarni taqdim etim. Ular orasida Afrosiyob saroyi qazishmalari mobaynida VI-VII asrlarga oid devoriy suratlar, badiiy mahorati va ranglarning yorqinligi bilan ajralib turadi. Bu yerda Samarqandlik arxeolog, akademik Yuriy Buryakov fil suyagidan ishlangan yettita minyatura shahmat toshlari jamlamasi topildi. U jahondagi eng to’liq shu kabi topilmalar jamlanmasi hisoblanadi. Ushbu jamlanmaga yana Dalvarzintepadagi 2 ta shahmat toshini qo’yish mumkin. Ushbu shahmat donalarining Yoshi aniq belgilandi ya’ni eramizning ikkinchi asri ekanligi isbotlandi.
Yuriy Buryakov isbotlashicha, zamonaviy shahmatga o’xshagan o’yin Markaziy Osiyoda shakllangan, unga o’xshash bo’lgan hind o’yini shatranj faqatgina uning qadimgi ko’rinishlaridan biri bo’lgan. Movarounnahrda shahmatning ommabopligini tarixiy hujjatlar va oddiy uylarda topilgan shahmat donalari ham isbotlaydi. Shahmatni oliy mansab kishilaridan tortib, oddiy hunarmandgacha o’ynagan.
Shahmat donalari topilishi natijasida olimlar Buyuk Ipak Yo’li marshrutlari bo’ylab shahmatni Samarqand savdogarlari tarqatishgan degan hulosaga kelishgan. Eramizning birinchi ming yilligi o’rtalarida Buyuk Ipak Yo’lining asosiy marshrutlari Markaziy Osiyoning boy savdo shaharlari nazorat ostida bo’lgan. Shu bois ushbu yurt vakillari tomonidan Sharqda Xitoy va Sibir, G’arbda Misrgacha o’z vakolatxonalarini ochishgan.
Yevropaga shahmat Yuriy Buryakovning fikriga ko’ra Samarqanddan Buyuk ipak yo’lining shimoliy yo’nalishi orqali Vizantiyani chetlab o’tib kirib kelgan. Ba’zi taxminlarga ko’ra ilgari Volga bo’yida yashagan bolgarlar Markaziy Yevropaga shahmat o’yinini olib kelgan4.
Akademik Buryakov tomonidan fanda Sug’d, Baqtriya va Xorazmda bronza davrida topillgan bronza mehnat qurollari va boshqa buyumlar boshqa yurtlardan keltirilgan degan fikr noto’g’ri ekanligi isbotlandi. Olim o’z xulosalarini yevroosiyo instituti, konchilik ishi va metallurgiya tarixi Boxum muzeyi va Germaniya konchilik akademiyasi texnik universiteti bilan birga amalga oshirilgan tadqiqot ishlari natijasida asosladi. O’zbek va nemis olimlari izilqum cho’lida shimoldan janubga qarab katta hududlarda qazishmalar olib borishdi. Qadimgi konchilarning konchilik ishlarining miqyosi arxeologlarni hayratga soldi. Olimlar 12-15 metr chuqurlikdagi metal eritish o’choqlarining qoldiqlarini, metal qirindilari, qoldiqlarini topishdi. Tadqiqotchilar mis Sirdaryoning qadimiy irmog’i bo’yida qazib olinganligi, qo’rg’oshin Zirabuloq yonbag’rlari va Ziyavuddin tog’ida, qadimiy Karnab aholi yashash manzilgohi sharqida qazib olinganligi isbotini topishdi. Rudani maydalashda ishlatiladigan toshlar qadimiy Karmana yaqinida qazib olingan degan xulosaga kelishdi.
Ushbu topilmalarning ahamiyatini baholash juda qiyin. Qizilqum cho’lida tog’ metallurgiya ishlab chiqarishining rivojlangan davri Movarounnahrda birinchi davlatchilik paydo bo’lgan davrlarga ya’ni Sug’d va Xorazm tamaddunlari vujudga kelgan davrlarga borib taqalishini aytish yetarli bo’lib, bu borada buyuk Amudaryo bo’yida yozilgan zardushtiylarning muqaddas kitobi- Avestoda ham yozilgan.
Ushbu davlatlarning iqtisodiy asosi o’zining metallurgiyasi bo’lib, xarbiy salohiyatni qondirishda metallga bo’lgan ehtiyojni qondirishdan tashqari tinch maqsadlarda ham keng qo’llanilgan. O’tgan asrlar geograflari ta’kidlashicha jahon bozoriga Movarounnahr va Misrda yasalgan idishlar ko’p miqdorda yetkazib berilgan va tillarang idishlar rangini yo’qotmasligi, mustahkamligi va sog’liqqa zarar yetkazmasligi bilan ahamiyatli bo’lgan. Qiziqarlisi shuki, mahalliy bronzadan yasalgan idishlarning kimyoviy tahlili ko’rsatilishicha Oltoydan yasalgan buyumlardan sifatli bo’lgan ekan.
Samarqanddan Buxoroga boradigan qadimiy yo’l bo’yidagi Karmana o’zing yodgorliklari bilan mashhur. XI-XII asrlar me’morchiligi shoh asari bo’lgan Robotii malik ilgari karvonsaroy sifatida tanilgan edi. Qazishmalar natijasida turar joylar bilan birgalikda mehrob va devorlari ganjdan ishlangan masjid hamda shinam hammom hamda chuqurligi 12 metr bolgan quduq- sardoba ham bo’lganligi aniqlandi. Toza va salqin suv saqlanadigan quduq diametric 13 metr bo’lgan gumbaz bilan qoplangan, toshkentlik tadqiqotchi Nina Nemtseva xulosalariga ko’ra Roboti malik qoraxoniylar sulolasining cho’ldagi qarorgohi bo’lgan va Markaziy Osiyoga Chingizxon bosqinchiligi vaqtida vayron etilib keyinchalik oddiy karvonsaroyga aylangan.
Hozirgi kunda Roboti Malik Buyuk ipak yo’lidagi muhim bir turistik obyektga aylanishi uchun kata imkoniyatlarga ega. Buxorodan 60 km uzoqlikda joylashgan Poykent shahrida o’zbek arxeologlari davlat Ermitaji (sank piterburg) mutahasislari bo’lgan rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda 20 yildan beri poykentda va qizilqum cho’li bilan tutash Karmanada qazilma ishlarini olib borishmoqda. Bundan 800 yil ilgari gullab yashnagan shahar qum ko’chishi natijasida yer yuzidan yo’q bo’lib ketdi. Bu shahar buyuk ipak yo’lidagi eng mashhur shaharlardan biri bo’lgan ekan. Shaharning erkaklari xalqaro savdo bilan shug’illanishgan, ularning asosiy mahsuloti ipak bo’lgan. Xitoy ipagi Buyuk xitoy devoir orqali olib kelinib Afg’oniston, Hindiston, Kavkaz, Ural, Volga taraflarga karvolar orqali olib o’tilgan. Poykentlik savdogarlar Yaponiya, Veytnam, seylongacha borishgan. Poykentdagi bozorda esa arab hind xitoy afg’on fors fransuz nemis savdogarlarini uchratish mumkin bo’lgan. Shahar o’z hunarmandlari bilan mashhur bolib, poykentliklar maishiy buyumlar ishlab chiqarishda yuksak darajaga erishgan. Xonadonda ko’p yuvadigan idishlar, vanna xonalari, xojatxonalar mavjud bo’lgan. Shu bilan birgalikda poykent Markaziy Osiyodagi birinchi shahar respublika sifatida mashhur bo’libb boy savdogarlar orqali boshqarilgan.
Poykent qudratli qal’a devorlari va 60 metr oraliqda joylashgan qo’riqchi minoralari bilan himoyalangan. Eng ajablanarlisi shahr ayol janchilar tomonidan muhofaza etilgan chunki erkaklar savdo bilan chetda yurishgan. Mahalliy ayollar mustaqilliklari bilan ajralib turgan, shahar paydo bolishing ilk yillarida qizlarni yoshligidan o’q uzish kamon otish otda yurishga o’rgatishgan. Bu qazishmalar orqali ilmiy jihatdan aniqlangan- u yerda nafis uzuklar topilgan bolib u oddiy uzuk emas kamon tortish uchun orta barmoqqa taqiladigan uzuk bo’lgan.
VII asrda Poykent arab qo’shini Movarounnahrga xujum qilganda yolda uchragan birinchi shahar bo’lgan. Ikki oylik qamaldan song ayyorlik bilan qolga kiritilgan va aholisi qul qilib olib ketilgan. Bosqinchilar behisob boyliklarni oltin, kumush, oltindan yasalgan budda haykali va shunga o’xshagann qimmatbaho buyumlarni egallashadi. Tarixchilar fikriga ko’ra vayron bo’lgan shaharga qaytib kelgan erkaklar ayollarini to’lov evaziga ozod qilishgan va shaharni juda tez muddatda tiklashgan. Biroq Poykentni vayron bo’lishiga bosqinchilar emas, balki qurg’oqchilik sabab bo’lgan. O’sha vaqtda Zarafshon daryosi quyi qismida suv keskin kamayib ketgan. Shuning uchun aholi shahrni tashlab boshqa yerlarga ko’chib ketishgan.
Qum tagida qolgan shahar hozirgi kunda qazib olinmoqda. IX asrda minora poydevori topilgan bo’lib uning diametric 11 metrni tashkil etadi. Bu minora mashhur minorai Kalondan 1 metr baland bo’lganligi aniqlandi. Poykent minorasi ham g’ishtdan qurilmaganligi sababli saqlanib qolinmagan.
Topilmalar orasida arxeologlar Markaziy Osiyodagi birinchi dorixonani Poykent markazida topishgan, tibbiy jihozlar bilan birgalikda ikkita hujjat ham topilga. Ulardan biri sanasi 790-yil 30-iyun sanasi aniqlandi. Shuni ta’kidlash lozimki oradan 190 yil o’tib Buxoro zaminida Ibn Sino tug’ilganligi bejizga emas. Qizilqum cho’lida ko’milgan shahrlardan yana biri Akshankala bo’lib u Nukusdan 140 km, Beruniy shahridan 30km uzoqlikda joylashgan. Akshankala 1995-yildan buyon ozbek va sidneylik olimlar tomonidan tadqiq qilinmoqda.
Akshankala eramizning IV asrida qadimiy Xorazm davlatining poytaxti bo’lib cho’l qumlari avlodlar uchun ushbu noyob arxeologik topilmani saqlab kelgan.
Qazilma ishlari natijasida topilgan ashyolar alohida ahamiyatga ega bo’lib ular dunyodagi eng qadimgi dinlardan biri bo’lgan zardushtiylik dini marosimlarini tiklash uchun asos bo’ladi.
Farg’ona vodiysi va Toshkent vohasida arxeologlar tomonidan muhum ashyoviy dalillar topilgan bo’lib, qiziquvchan sayohatchilar hayratlanatrli topilmalarni ko’rishlari mumkin. Ingliz tadqiqotchilari o’rta asrlarda yasalgan fargona po’latiga e’tibor qaratishdi, u zamonaviy qotishmalardan qolishmaydi. Zamonaviy O’zbekiston hududi mashhur damashq po’latining vatani degan fikrlar ham bor. Bu yerda tuya karvonlari Damashqqa qurollar olib borgani va sotish amalga oshirilgan joy deb hisoblangan.


Download 57.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling