Turizm industriyasi buyuk ipak yuli davlatlari roli


Download 57.55 Kb.
bet1/14
Sana01.05.2023
Hajmi57.55 Kb.
#1419124
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
TURIZM INDUSTRIYASI BUYUK IPAK YULI DAVLATLARI ROLI


TURIZM INDUSTRIYASI BUYUK IPAK YULI DAVLATLARI ROLI
MUNDARIJA:

KIRISH…………………………………………………………………………2-3
1. Buyuk Ipak yo’lining turizmda tutgan o’rni va ahamiyati…………………….4-8
2. Buyuk Ipak yo’li qayta tiklanishining zamonaviy ko’rinishlari……………...9-15
3. Buyuk Ipak yo’li o’tgan mamlakatlardagi turistik resurslar………………..16-22
4. Buyuk Ipak yo’li – arxeologik kashfiyotlar yo’lagi sifatida O’zbekistondagi diqqatga sazovorliklari………………………………………………………...23-28
5. Buyuk Ipak yo’li bo’ylab turizmni rivojlantirish istiqbollari………………29-34
Xulosa va takliflar…………………………………………………………….35-36
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….......................37-41

KIRISH
Insoniyat sivilizatsiyalari taraqqiyotiga sabab bo'lgan rivojlanishning asosiy omillari sifatida savdo-iqtisodiy aloqalar alohida ahamiyat kasb etadi. Mintaqalar, Sharq va G'arb mamlakatlari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar rivojlanishiga Buyuk Ipak yo'li ulkan hissa qo'shgan. Karvon yo'llari orqali nafaqat tovarlar, balki turli dinlar, ilm-fan yutuqlari, san'at, turli xil nazariyalar almashinuvi ro'y bergan. Sharq va G'arb mamlakatlari aholisining yashash sharoitlari, turmush tarzi, ularning iqtisodiyoti, madaniyati, san'ati, xullas ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari, bir-biriga ta'siri kuchayib borgan. Bu holatda Buyuk Ipak yo'li hududidan o'tgan mamlakatlarning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan hissasi ortib borgan.
Mamlakatimiz hududidan Buyuk Ipak yo'lining o'tganligi, Osiyoning o'rta qismi savdo shaharlariga bog'liqligi karvon savdosining uzoq masofalarga xizmat ko'rsatishi bois Ipak yo'lining barham topishi ushbu hududda joylashgan davlatlarning jahon siyosiy xaritasida ahamiyati pasayishiga sabab bo'ldi. Ba'zi shaharlar, masalan, Marv butunlay yo'qolib ketgan bo'lsa, ba'zilari Samarqand, Buxoro, Qoqon, Turfan va boshqalar turistik diqatga sazovor joylarga aylanishdi. Moddiy va ma'daniy boyliklarni tarqatuvchilar savdogarlar bo'lib, o'zlari bilmagan holda ular an'analar, madaniyat elchilari bo'lishgan.
Buyuk Ipak yo'li o'tgan hududlar xalqlari taraqqiyotiga eng katta hissa qo'shganlar bu sug'd savdogarlari bo'lib, ular hududda Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Xo'jand shaharlariga asos solishdi va Buyuk Ipak yo'lining barcha joylarida savdo qilishgan. Strategik joylashuvi va keng savdo aloqalari tufayli sug'd savdogarlari savdo yo'llarining harakatga keltiruvchi kuchi bo'lishgan. Sug'dliklar vatani Ipak yo'lining markazida joylashgan bo'lib, o'zining geografik joylashuviga ko'ra u yoki bu tomon uchun yo'l ko'rsatuvchi bo'lishgan. Sug'dliklar turkiy xalqlar va xitoyliklar o'rtasida yashaganliklari sababli ikki tilda gaplashishgan, bu esa savdo amaliyotlarini amalga oshirishda yaqqol ustunlik bergan.
Sug'dliklarning bir qismi hozirgi Xitoyning Chan'an, Dunxuan shaharlarida, ya'ni Buyuk Ipak yo'lining asosiy joylarida yashash uchun ko'chib borishgan. Xitoyda sug'd jamoalari bilan birga sug'dliklar tomonidan asos solingan va boshqariladigan hududlar bo'lgan. Sug'dliklar nafaqat ishbilarmonligi bilan, balki umumiy madaniyati, o'zining yozuviga ega bo'lib, tijorat va boshqa axborotlarni tarqatishda, ish yuritishda keng foydalanishgan.
Ushbu holatlar Buyuk Ipak yo'lining rivojlanishida ajdodlarimiz naqadar ulkan hissa qoshganligini yaqqol isbotlaydi, mamlakatimiz hududidan "Buyuk Ipak yo'li"ning shoh tomiri o'tganligi, butun dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva , Shahrisabz, Qo'qon, Toshkent, Termiz va boshqalarning mavjudligi, tabiiy va sog'lom resurslariga boy Chimyon, Shohimardon, Zomin, Boysun, Sherobodkabi rekreatsion hududlar xalqaro turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Ushbu salohiyatdan unumli foydalanish iqtisodiyotimiz rivojlanishiga kuchli ijobiy ta'sir etadi. Bu esa 1995-yilda "Buyuk Ipak yo'li"ni qayta tiklashda O'zbekiston Respublikasining faol qatnashishi va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to'g'risida" Birinchi Prezidentimiz farmonining qabul qilinishiga asos bo'ldi. "Buyuk Ipak yo'li"da joylashgan tariciy va madaniy shaharlarda turistik yo'nalishlarning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Ming yillar davomida "Buyuk Ipak yo'li" Osiyo va Yevropa xalqlarini birlashtirishning ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan va hozirgi vaqtda ham bu yo'l insoniyat uchun beqiyos global ahamiyatga ega. Ayniqsa, transport va axborot aloqalari, sanoat ishlab chiqarishi, tovar va xizmatlar savdosi hamda Osiyo va Yevropa mintaqalari mamlakatlarining integratsiya jarayonlariga faol qatnashuvchi "Buyuk Ipak yo'li"ning "ikkinchi hayoti" boshlanganligidan dalolat bermoqda.
Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog'i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to'liq samarali foydalanish, turizm tarmog'ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ'ibot qilish, turizm sohasida O'zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan qisqa vaqt oralig'ida tub burilish ro'y berishiga sabab bo'lgan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinganki, ularning ta'sirida milliy turizm bozorimizda keskin ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda, xorijiy turistlar oqimi keskin ortmoqda.
Shu bois "Buyuk Ipak yo'li"ning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi ahamiyati, uning evolyutsiyasi, hozirgi kunda rivojlantirish xususiyatlarini chuqur o'rganish va mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish bo'yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Mazkur mavzu quyidagi vazifalarni hal etishga asosiy e'tiborini qaratadi:
-Buyuk Ipak yo'lining rivojlanish evolyutsiyasi, sivilizatsiyalar taraqqiyotidagi hamda turizmni rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;
-Markaziy Osiyo va savdo aloqalari rivojlanishiga Buyuk Ipak yo'lining ta'siri, savdo qilinadigan tovarlar va to'lov usullarini tadqiq qilish;
-Buyuk Ipak yo'li o'tgan mamlakatlar turistik resurlari, katta diqqatga sazovorliklarini tadqiq etish;
-Buyuk Ipak yo'lini tiklash bo'yicha zamonaviy urinishlar, rivojlantirishning zamonaviy bosqichlarini tadqiq etish.
Kurs ishining kirish qismida Buyuk Ipak yo'lining jahon sivilizatsiyasi, xususan turli xalqlar o'rtasidagi madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarning rivojlanishiga qo'shgan hissasi, hozirgi kunda turizm sohasi rivojlanishida Buyuk Ipak yo'lining global ahamiyati ortib borayotganligi asoslab berilga va oldinga qo'yilgan vazifalar bayon etilgan. Mavzuning dastlabki rejasi "Buyuk Ipak yo'lining yuzaga kelishi, tadrijiy rivojlanishi va turizm tarqqiyotidagi ahamiyati" deb nomlanib, unda Buyuk Ipak yo'lining vujudga kelishi, rivojlanish evolyutsiyasi, uning ahamiyati yoritilgan.



Download 57.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling