Turizm industriyasi buyuk ipak yuli davlatlari roli


Shapeto turistik tadqiqot zonasi -


Download 57.55 Kb.
bet5/14
Sana01.05.2023
Hajmi57.55 Kb.
#1419124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
TURIZM INDUSTRIYASI BUYUK IPAK YULI DAVLATLARI ROLI

Shapeto turistik tadqiqot zonasi - Tenggeli cho'li, Xuanxe daryosi va Sianshan tog' tizmasi yonlarida joylashgan bo'lib, daryoda qayiqda sayr qilish va cho'lni o'rganish uchun ajoyib maskan hisoblanadi. U yerda Xitoydagi to'rtta kuylovchi qumliklardan biri joylashgan. Qumliklarning o'ziga xos geologik tuzilishi, barxanlarning qulashi yirik qo'ng'iroqning ovoziga o'xshash ovoz chiqaradi va turistga osmondan ovoz kelganga o'xshab tuyuladi. Daryo bo'ylab qayiqda va cho'lda tuyalarda sayr qilish ko'plab tadbirlardan biri bo'lib, mahalliy aholi tomonidan pikniklar, gulxan atrofida suxbatlar, meva terish va boshqa faoliyatlar taklif etiladi.
Suyuko davlat o'rmon Bog'i - Xelen tog' tizmasida, Inchuan shahridan 50 km uzoqlikda joylashgan bo'lib, ulug'vor tog'lar, qalin o'rmonlar va ko'p sonli flora va faunadan iborat.
Xuanxe daryosidagi Xukou sharsharasi - Sinjin vodiysida Xitoydagi Guychjou provinsiyasidagi Sariq mevali daraxt sharsharasidan keyin ikkinchi yirik sharshara hisoblanadi. Kengligi yog'ingarchilik vaqtida 30metrdan 50 metrgacha yetadi va 20-30 metr balandlikdan oqib tushadi. Sharshara ostida Shensi va Shensi provinsiyasini bog'lab turgan Si Langvo ko'prigi borligi aytiladi.
Lishan tog'lari - Lishan tog'lari qadim vaqtlardan beri ilmiy ahamiyatga ega joy sifatida tan olingan. U Kunlun tog'ining davomi bo'lib, ot shaklidagi mangu yashil archalar bilan qoplangan. Ajoyib manzara va u yerdagi qushlar tashrif buyuruvchilarda katta ta'surot uyg'otadi.
Janubiy Utayshan tog'lari - Changan okrugining Sivu qishlog'idan 8 km sharqda joylashgan, Janubiy Utayshan tog'lari juda tik qoyali va Xitoy tibbiyotining ko'pgina mahsulotlari maskani hisoblanadi.
Tyanchi Milliy qo'riqxonasi - Tyan-shan tog'larining Bogda cho'qqisidan shimolda joylashgan bo'lib, baland tog'lar, qorli qoyalar, archa o'rmonlari va yarim oy shaklidagi Tyanchi ko'li kabi chiroyli ko'llari bilan mashhur.
Yanguan diniy madaniyat diqqatga sazovor joylari - Dunxuandan 53 km janubi-g'arbda joylashgan bo'lib, u yerda qadimiy yo'llar, shaharlar va yong'in mayoqlari birgalikda cho'lda ajoyib manzara hosil qiladi. U mashhur Ipak yo'lining sharqda Dunxuangza qo'shilgan bo'lsa, g'arbda Loulan bilan qo'shilgan bo'lib, shimol va janubda Yumen va Szinan tomonga qarab turadi.
Yanguan dovoni - "Yan darvozasi" bu nom Yang Ming nomli amaldor nomidan kelib chiqqan bo'lib, u qamoqqa olinishdan qochib ushbu darvoza orqali qochib ketgan. Xitoyliklar uchun bu joy ta'qiqlangan joy hisoblanadi.

Download 57.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling