Turizm industriyasi buyuk ipak yuli davlatlari roli
Buyuk Ipak Yo’li bo’ylab turizmni rivojlantirish istiqbollari
Download 57.55 Kb.
|
TURIZM INDUSTRIYASI BUYUK IPAK YULI DAVLATLARI ROLI
5. Buyuk Ipak Yo’li bo’ylab turizmni rivojlantirish istiqbollari
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan O’zbekistonda ham iqtisodiyotning noishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm sohasiga katta e’tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari o’zlarining bo’sh vaqtlarini samarli o’tkazishga, dam olishga, sog’ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf-odatlarini, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o’zining harakat doirasini o’zgartirib, yangi yerlar kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. 2004-yilda dunyo aholisining har to’rtinchisi sayohat qilgan. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror ravishda rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o’sish surati 8-10 foizni tashkil etmoqda. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, AQSH, Fransiya va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Shunisi qiziqki turizm rivojlanishi bilan bir qatorda transport bozor, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik hamda boshqa xizmat ko’rsatish sohalari rivojlanib ketadi. Respublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Bularga “ Buyuk Ipak Yo’li”ning shox tomiri Respublikamizdan o’tkanligi, butun dunyoga mashhur tarixiy va madaniy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo’qon, Toshkent, Termiz va boshqa shahrlar, Chimyon, Shohimardon, Zomin, Xonjiza, Sherabod, Boysun kabi tabiiy va sog’lomlashtirish resurslariga boy mintaqalarimiz kiradi. Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi deb hisoblasa bo’ladi. Bunga dalil sifatida 1995-yil “Buyuk Ipak Yo’li”ni qayta tiklashda O’zbekiston Respublikasining faol qatnashishi va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to’risidagi farmonning Birinchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator soliq imtiyozlarga ega bo’lishdi. Bu farmon “Buyuk Ipak Yo’li”da joylashgan tarixiy va madaniy shaharlarda turistik yo’nalishlarning rivojlanishiga turtki bo’ldi5. Ming yillar davomida “Buyuk Ipak Yo’li” Osiyo va Yevropa xalqlarini birlashtirishning ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yo’l bo’ylab tovarlar, bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijasida shaharlarning, davlatlarning rivojlanishiga ko’maklashib kelgan. Hattoki, hozirgi vaqtda bu yo’l insoniyatga qanday qanday global ahamiyatga ega bo’lganligini baholish qiyin. Ammo, o’zining faoliyatini tugatgandan keyin ham unga qiziqish yo’qolib ketmadi. Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va xizmatlarning savdosini hamda Osiyo va Yevropa mintaqalarining integratsiya protsessorlariga faol qatnashuvi “Buyuk Ipak Yo’li”ning “ikkinchi nafasi”ni olganini ko’rish mumkin. “Buyuk Ipak Yo’li”da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir ko’rinishi bo’lib, janubiy-sharqiy Osiyoni Yevropa bilan bog’lab turadigan global TransOsiyo transport yo’lagi shakllantirish hisoblanadi.U o’z Turkmaniston, Qozog’iston, Turkmaniston, Qozogiston, Kavkaz davlatlarini, G’arbiy Osiyo ( Pokiston, Eron) davlatlari va albatta Yevropa davlatlarini qamrab oladi, e’tibor olish kerakki, TRASEKA loyihasi doirasida “delfin” izlanishi o’tmoqda. Bu izlanishning mazmuni karvonsaroylarni tashkil qilishning texnik-iqtisodiy asoslanishi, ekspertlarning fikriga ko’ra bu, “Buyuk Ipak Yo’li” rivojlanishiga va xalqaro hamkorlikning samarali natija berishiga yordam beradi. Chunki O’zbekiston va Turkmanistonning asosiy yo’nalishlarida yoqilg’I stansiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va telekomunikatsiya zonalarning qurilishi yangi turistik zonalarning shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo bo’lishiga olib keladi. 2002-yili Respublikamiz birinchi prezidenti I. A. Karimovning Ispaniyaga tashrifi mobaynida Butunjahon Turizm Tashkiloti rahbari Franchesko Francheyzer bilan o’tkazgan muloqotida O’zbekistonning xalqaro turizm rivojlanishidagi ahamiyati turistik tashkilotlar bilan olib borayotgan xalqaro hamkorligi, faoliyati, turistik tashkilotlrga ko’rsatilayotgan keng imtiyozlar vas hart-sharoitlar muhokama qilindi. Bu borada ayniqsa Prezidentimiz SH. M. Mirziyoyevning “…mamlakatimizning chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijda respublikamizning iqtisopdiy imkoniyatlarini keng targ’ib qilish orqali uning xalqaro nufuzini yanada oshirish investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish, turizm sohasini yanada rivojlantirish iqtisodiy sohadagi ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi” deb turizm sohasi rivojlanishiga katta e’tibor berishi borasidagi fikrlari diqqatga sazovor. Butunjahon Turizm Tashkiloti ekspertlari “Buyuk Ipak Yo’li”da qatnashishihga qarab qatnashuvchi davlatlarni 3 qismga ajratgan. Download 57.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling