Turizm industriyasi buyuk ipak yuli davlatlari roli


Dunxuan Milliy geologik parki


Download 57.55 Kb.
bet4/14
Sana01.05.2023
Hajmi57.55 Kb.
#1419124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
TURIZM INDUSTRIYASI BUYUK IPAK YULI DAVLATLARI ROLI

Dunxuan Milliy geologik parki Gobi cho'lida, Yumendan 80 km shimoli-g'arbda va Dunxuandan 160 km masofada joylashgan bo'lib, asosiy xususiyati million yillar mobaynida kuchli shamol ta'sirida xosil bo'lgan betakror geologik burmalardir.
Xeixe daryosi oqimi manzarasi - Yixia darasidan 20 km uzoqlikdagi Yixia shaharchasidan boshlanib, Xeixe daryosi vodiy bo'ylab Dadunmen darasiga qarab oqadi. Yo'lida cho'llar, o'tloqlar va tog'li hududlardan o'tadigan daryo atrofi manzaralarni Xitoy Tabiiy Faqat Akademiyasi " yer yuzidagi kamyob manzara" deb topgan.
Yuanyan (Mandarin o'rdak) ko'li manzarasi - Jinta okrugidan 12 km janubi-g'arbda Jiashan darasida joylashgan ko'lda ikkita rezervuar mavjud bo'lib, u cho'l, tog'li hudud, daryo vodiysi birgalikda betakror manzara xosil qiladi.
Jikuan bog'i (Bahor bog' ko'li) - tarixi 2000 yildan ortiq bo'lib, ko'lda bahor fasli yaqqol gavdalanishi bilan ajralib turadi. Ko'l nok daraxtlari bilan o'ralgan va ko'l o'rtasida orol va tosh ko'prik mavjud.
Xuanxe daryosi - eosen davrida paydo bo'lgan bo'lib, Gansu va boshqa viloyatlar hududidan 1500 km masofani bosib o'tadi. O'zan bo'ylab ajoyib tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor joylarni jumladan Xuanxe ko'prigi, qadimiy qal'a, Xan sulolasi xilxonasini ko'rish mumkin hamda yelkanli qayiq va plyaj qumlarida dam olish mumkin.
Luipan Milliy tog'-o'rmon Bog'i - 2-12 million yillar oralig'ida paydo bo'lgan Luipan tog' hududi 200 kmdan ortiqqa cho'zilgan. O'rtacha balandligi 2500 m, eng baland cho'qqisi 2942 m bo'lgan Migang cho'qqisidir. Flora va fanuasi boy bo'lib, 788 turdagi oliy o'simliklar, 206 turdagi yovvoyi hayvonlar, jumladan, 158 tur qushlar, 39 tur sut emizuvchilar, 5 tur yerda ham quriqlikda ham yashovchilar va 4 tur reptiliyalar mavjud.
Qumli ko'l ilmiy kurorti - ko'l va qumli plyajli hududdan iborat. May oyidan sentabrgacha ko'l qimmatli qushlar turlari oqqushlar, oq va kulrang turna, qora laylak va yovvoyi o'rdak kabi qushlar uchun jannat joy hisoblanadi.

Download 57.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling