Turizm jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyoti asosiy bo`laklaridan biri bo`lib hisoblanadi. Chunki bu iqtisodiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri bo`lib yuqori daromad olish imkoniyati yuqori
Kunduzgi smenada bizda bosh administrator ishlaydi. Uning asosiy majburiyatlari
Download 1.38 Mb.
|
ABDIGANIYEV SHERZOD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kechki smenaning asosiy vazifalari
Kunduzgi smenada bizda bosh administrator ishlaydi. Uning asosiy majburiyatlari:
Asosiy jurnalni doimiy ravishda tekshirib borish, ya’ni mehmonlarning kelib, ketmaganligini tekshirib ko’rish. Mehmonxonadagi bo’sh qolgan nomerlarni kompyuterdagi bronlash jadvalida doimiy ravishda kiritib qo’yish. Iloji bo’lsa nomerlarning qaysi turga kirishini belgilab qo’yish. Ya’ni single, double, triple. Mehmonxonani tark etayotgan mehmonlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish: Barcha xarajatlarni qaytib ko’rish ya’ni mehmonning xarajatlarini(qo’shimcha xizmatlar nazarda tutilyapti) Mehmonning yashaganligi uchun pulning qanday to’lashini nazorat qilish, agar firma to’laydigan bo’lsa bosh buxgalter hamda direktorga xabar berish; Mehmonlar bilan xushmuomalada bo’lish; Kalitlarning hammasi joyida ekanligini nazorat qilish. Kechki smenaning asosiy vazifalari: Kunduzgi administrator topshirgan paytda hamma narsalarni qabul qilib olish ( ya’ni fridge, seyf va h.) Kelgan turist registratsiya qilinganmi yoqmi tekshirib ko’rish. Kechqurun nomerda biron bir muammo chiqgan paytda unda tezda bartaraf eta olish. Turlider va gidsiz kelgan mehmonlarga muzey va tarixiy obidalar uchun biletlar, taksi xizmatini ham administratorlar amalga oshiradi. Bundan tashqari telefonlarga tezda javob qaytarish, WiFi internet tarmog’ining har kuni ishlayotganini ta’minlab turish ham administrator vazifasiga kiradi. Mehmonxona administratori quyidagilarni bajara olishi kerak: Har qanday holatda mehmonlarga yordam ko’rsatish; Mehmonxonaga oid hujjatlarni rasmiylashtirish; “men bilmayman, bu menga ma’lum emas” iboralariga yo’l qo’ymasligi; kiyimining tozaligiga e’tibor berish; xorijiy tilni bilish; mehmonnavozlikka to’g’ri keladigan so’zlardan foydalanish; raqobatbardoshlikni saqlash; ertangi kunga ish joyini tayyorlash; maksimal initsiativada subordinatsiyani saqlash; ma’suliyatni o’z bo’yniga olish. Salom Inn mehmonxonasida har bir mehmon kirishidan oldin administrator tomonidan undan passport so’raladi va uni registratsiya qilinadi. Mehmonxona pulini to’lamagunicha passport qaytarilmaydi. Faqatgina firma tomonidan pul ko’chirish yo’li bilan kelgan mehmonlargagina registratsiya qilgandan so’ng qaytariladi. Viza asosan MDH davlatlari va mahalliy aholidan tahqari barcha turistlatning passportida bo’ladi. Viza passportning orqa betlarida viza deb yozilgan qismiga uriladi. Mehmon kelgan paytda albatta administrator tomonidan viza bor yo’qligi va uning muddati tekshiriladi. Viza turlari har xil bo’ladi: Bir marotabali yoki ko’p marotali Individual yoki guruh uchun Talabalik Ketish, kirish va tranzit Administrator albatta viza mudatini tekshirib uning registratsion kartochkasini to’ldirgan holda passportiga qo’yishi kerak. Bo’lmasa mehmon chiqayotgan paytida bojxonada ko’pgina muammolarga uchrashi mumkin. Shuning uchun administrator bunga katta e’tibor berishi kerak. Mehmonxonlar chet el fuqarolarini registratsiya qilish uchun xalqaro turistik faoliyat olib borish litsenziyasiga ega bo’lishlari kerak. O’zbekistonda amal qiladigan quyidagi viza turlari haqida aytib o’tilgan: Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling