Chiquvchi turizm – O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqarolarning o’zga mamlakatlarga qilgan sayohati. Tarixiy obidalar turizmi – Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent shaharlaridagi va respublikamiz tumanlaridagi tarixiy obidalarni ko’rishga qiziqish. Arxeologik turizm – Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa shaharlarning qoldiqlari, qadimiy qal’alar harobalari, ko’hna qadimiy Markaziy Osiyo xalqlari hayoti haqidagi arxeologik topilmalarni o’rganish. Rekreatsion turizm – ―rekreatsiya‖ atamasi lotincha ―recreation‖ – ―tiklanish‖ so’zidan kelib chiqqan bo’lib, dastlabki mazmuni uning hozirgi zamonaviy tushunchasiga to’liq mos tushadi. U, odatda, ―dam olish, mehnat qilish jarayonida inson tomonidan sarflangan ishchi kuchini tiklash‖ ma’nosida talqin qilinadi. Dastlabki talqindan farqli ravishda, zamonaviy talqini ko’proq ijtimoiy ahamiyatga ega. Rekreatsion turizm qator davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli bo’lib hisoblanadi. Rekreatsion turizm – ―rekreatsiya‖ atamasi lotincha ―recreation‖ – ―tiklanish‖ so’zidan kelib chiqqan bo’lib, dastlabki mazmuni uning hozirgi zamonaviy tushunchasiga to’liq mos tushadi. U, odatda, ―dam olish, mehnat qilish jarayonida inson tomonidan sarflangan ishchi kuchini tiklash‖ ma’nosida talqin qilinadi. Dastlabki talqindan farqli ravishda, zamonaviy talqini ko’proq ijtimoiy ahamiyatga ega. Rekreatsion turizm qator davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli bo’lib hisoblanadi. Sog’lomlashtirish va davolash maqsadlarida qilinadigan turizm – health and fitnes tour or resort tour. Spa yoki health spa – sanatoriylar, kurortlar, pansionatlar, sog’lomlashtiruvchi – davolovchi tashkilotlar, kurort zonalarida, shifobaxsh suvlar, shifobaxsh balchiqlar va boshqalar yordamida (shifobaxsh mineral suvli kurortlarda) olib boriladi. Turistik sohaga ixtisoslashtirilgan sog’lomlashtirish maqsadlariga qarab, dam olish maskanlarida mineral suvlarni ichish yoki mineralli va oltingugurt-vodorodli vannalar qabul qilish imkoniyatlari belgilanadi. Usmanova Z.I. ―O’zbekistonda turistik - rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish xususiyatlari va tendensiyalari‖. Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (doctor of philosophy) dissertatsiyasi. 2018 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |