Turizm sohasining tasniflanishi va turlari


Golf sport turizmining bir turi hisoblanib, Buyuk Britaniyada vujudga kelgan va keyinchalik boshqa mamlakatlarga keng tarqalgandir


Download 66.54 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2023
Hajmi66.54 Kb.
#1310815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari

Golf sport turizmining bir turi hisoblanib, Buyuk Britaniyada vujudga kelgan va keyinchalik boshqa mamlakatlarga keng tarqalgandir.

Shuni ta’kidlash kerakki, sport turizmi keng infrastrukturaga ega bo’lishi kerak. Uning tarkibiga sport uskunalarini ijaraga berish joylari, xizmat ko’rsatish hududlari, kiyim almashtirish xonalari, texnik xizmat ko’rsatish xizmatlari, maxsus inshootlar (maydonlar, kortlar, basseynlar va boshqalar) kiritiladi. Katta xavf-xatar va jarohat olish ehtimolining yuqoriligi tibbiyot punktlarining mavjudligini talab etadi. Bundan tashqari, joylashuv, ovqatlanish obyektlari, do’konlar, diskotekalar va shu kabilarni o’z ichiga oladigan qo’shimcha xizmatlar uchun hududlar ham bo’lishi kerak.

Sotsial turizm – kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari hamda chegirmali yo’llanmalarni xarid qiluvchi shaxslar tomonidan iste’mol qilinadigan, lekin davlat budjeti, davlat va nodavlat jamg’armalari, homiylar, turizmda faoliyat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarning ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan mablag’lari hisobidan qisman yoki to’liq moliyalashtiriladigan turistik sayohatlarning barcha turlariga aytiladi.

2. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari

2. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari

Turizmning aktiv va passiv turlarga bo’linishining asosiy mazmuni odamlarning turizm jarayonida harakatlanishi va mijozlarning turlarini aniqlash bilan belgilanadi.

Katta jismoniy kuch talab qilinadigan va hamma turistlar qatlamiga ham to’g’ri keladigan turizmning aktiv turlarigadam olish va sayohat, vaqtichog’lik, sport kabilar kiradi. Aktiv turizmga har xil sarguzashtli sayohatlarni ham kiritish mumkin: sarguzashtli turizm (adventure tour), ekzotik joylarga, vulqonlarga, orollarga, sharsharalarga va shu kabi joylarga borishga aytiladi. Odatda, bu ekzotik va ekologik jihatdan toza tabiiy hududlar, G’arb sayohatlari, noan’anaviy transport vositalari bilan bog’liq bo’lgan, biror-bir qolipga tushmagan turizmdir. Ba’zi holatlarda bu xildagi turizm jiddiy jismoniy zo’riqishlar (yextgeme tour) bilan bog’liq bo’ladi. Turistdan mustahkam sog’liq va dovyuraklik talab qilinadi. Masalan, Koloradoning toshqin daryolarida qayiqlarda, shimoldagi mamlakatlarda itlar tortadigan chanalarda sayr qilish va tog’-chang’i kurortlaridagi dam olish va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ularda qatnashish uchun turistlar oldindan ma’lum ko’nikmaga va jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lishlari kerak bo’ladi. Faol (harakatlantiruvchi) turizmning turlari:


Download 66.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling