Reja: Reja: 1. Turizm sohasining tasniflanishi va turlari. 2. Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari. 3. Turistik-rekreatsion klasterni shakllantirish. 1. Turizm sohasining tasniflanishi va turlari Zamonaviy turizmning o’ziga xos xususiyatlarini belgilash maqsadida, uning muhim tasnifiy belgilarini aniqlab olish zarur bo’ladi. Jumladan, geografik va turistik talab yo’nalishi bo’yicha, safar maqsadi, harakatlanish usuli, turistlarni joylashtirish vositalari va ishtirokchilari soni bo’yicha tashkiliy-huquqiy shakllarini tasniflash maqsadga muvofiqdir. Geografik va turistik talab yo’nalishi bo’yicha turizmning turlari quyidagi tavsifiy xususiyatlarga ega: Xalqaro turizm – mamlakat fuqarosining chet davlatlarga turistik maqsadlarda chiqishi va chet davlat fuqarolarining turistik maqsadlar bilan ushbu davlatga tashrif buyurishi hisoblanadi. Xalqaro turist tushunchasiga ko’ra, tashrif buyurgan xorijiy davlatga 24 soatdan kam bo’lmagan muddatga kelgan va malakaviy faoliyatiga haq to’lanmaydigan vaqtinchalik tashrif buyurgan turistlar kiradi. Turistik oqimlarning yo’nalishi bo’yicha turizm turlari «kiruvchi» va «chiquvchi» toifalariga bo’linadi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda turizm turlari uyg’un holatda rivojlanadi, «ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat saqlanadi. Turizm xizmatlar bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) ishlanmalari bo’yicha quyidagi nisbat tavsiya qilinadi: 1 ta kiruvchi turist - 1 ta chiquvchi turist - 4 ta ichki turist. 1 ta kiruvchi turist - 1 ta chiquvchi turist - 4 ta ichki turist. Ushbu nisbatning O’zbekiston bo’yicha 2015-yilda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra, har bitta kiruvchi turistga 1, 4 nafar chiquvchi turist to’g’ri kelib, shularga nisbatan ichki turistlar soni 3, 5 nafar turistni tashkil etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |