Mintaqaning turistik-rekreatsion klasteri uning tarkibiga kiruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini oshirishga imkon beradi. Mazkur subyektlar uchun axborot almashinuvi va yangiliklarni joriy etish imkoniyati kuchayadi, hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish masalasi yengillashadi, turistlarga xizmat ko’rsatuvchi infrastruktura obyektlaridan hamkorlikda foydalanish imkoniyati paydo bo’ladi. Ta’lim tuzilmalarida kadrlar tayyorlash, raqobatchi – xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat samaradorligini bir-biri bilan taqqoslash real voqelikka aylanadi. Turistik-rekreatsion klaster faoliyat ko’rsatadigan hududda mintaqada mavjud kerakli malaka va ko’nikmaga ega bo’lgan mehnat resurslari, klaster ishtirokchilarining xo’jalik yuritish doirasida investitsiya faoliyati va soliqqa tortishning o’ziga xos tartibi bilan bog’liq yangi tuzilmalarning paydo bo’lishi uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga keladi. O’zbekiston mintaqalarida turistik klasterlarning shakllantirilishi turistik-rekreatsion resurslardan to’liq foydalanish zamirida yangi turistik firmalar ochilishiga va mavjudlarining ishini yanada faollashtirishga turtki beradi va yangi turdagi turistik mahsulotlarning yaratilishiga asos bo’ladi. ADABIYOTLAR ADABIYOTLAR 1. Абдурахмонов К.Х. Менеджмент туризма. Учебное пособие. –Т.: Филиал ФГБОУ ВПО ―РЕУ им. Г.В. Плеханова‖ в г. Ташкенте, 2013, 248 с. 2. Агзамов С., Ташмуратов Т. Менеджмент международного туризма – Т.: ТашГУ, 1996. 3. Adilova Z.D, Sodiqov T. Xalqaro turizm biznesi. O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2010. 4. Adilova Z.D, Aliyeva M.T., Norchayev A. Turizm menejmenti. O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2011. 5. Aliyeva M.T., Umarjonov A. Turistik mamlakatlar iqtisodiyoti. –T:. Moliya, 2005. 6. Asror Mo’min. Dunyo mo’’jizalari. Yangi nashr. –T.: 2012, 8b. 7. Ahmadxo’jayev H. va boshqalar. Marketing tadqiqotlari. –T., 2002. 8. Boltaboyev M.R., Tuxliyev I.S., Muhamadiyev A.N., Abduxamidov S.A. ―Turizm: nazariya va amaliyot‖ fanidan elektron darslik yaratish texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma. –S., 2016.
Do'stlaringiz bilan baham: |