Turizm sohasining tasniflanishi va turlari
Download 66.54 Kb.
|
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chang’i turizmi – chang’ida turli darajadagi tabiiy to’siqlardan o’tish;
Tog’ turizmi – tog’li hududlar (tik qoyalar, o’tish joylari, toshli joylar, muzliklar, tog’ daryolari va boshqalar) bo’ylab piyoda sayohatlarni o’z ichiga kiritadi. Tog’ turizmi toza havoda ochiq osmon ostida xilma-xil turistik marshrutlar va ekskursiyalardir;Suv turizmi – katamaranlar, baydarkalar, raftlar va boshqa suzish vositalarida daryolarda suzishdan iborat;Chang’i turizmi – chang’ida turli darajadagi tabiiy to’siqlardan o’tish;Speleoturizm – tanishuv yoki sport maqsadlarida turli shaklli g’orlarda sayohat qilish;3. Turistik-rekreatsion klasterni shakllantirish3. Turistik-rekreatsion klasterni shakllantirishBugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishning amalda sinalgan usullardan biri bo’lgan klasterlarni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.Iqtisodiyotning turizm sohasini klasterli tashkil etish o’zining bir qancha afzalliklariga ega bo’lib, u klaster ishtirokchilarining manfaatdorlik tizimida faoliyat ko’rsatadi va hududni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi.Turizmning ichki tabiati ikki xil xarakterga ega: bir tomondan, u ma’lum hudud bo’ylab harakatlanish-sayohat qilish shakli bo’lsa, boshqa tomondan, iqtisodiy faoliyat turi hisoblangan turistik mahsulotni ishlab chiqarish, uni realizatsiya va iste’mol qilish subyekti hisoblanadi.Hozirgi paytda amaliyotda sinalgan turistik-rekreatsion faoliyat klasteri quyidagi muhim vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega:turistik resurslarni ro’yxatga olish;zamonaviy turizm bozorini shakllantirish;hududda ichki va tashqi turizmning ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirish;Mintaqaning turistik-rekreatsion klasteri uning tarkibiga kiruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini oshirishga imkon beradi. Mazkur subyektlar uchun axborot almashinuvi va yangiliklarni joriy etish imkoniyati kuchayadi, hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish masalasi yengillashadi, turistlarga xizmat ko’rsatuvchi infrastruktura obyektlaridan hamkorlikda foydalanish imkoniyati paydo bo’ladi. Ta’lim tuzilmalarida kadrlar tayyorlash, raqobatchi – xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat samaradorligini bir-biri bilan taqqoslash real voqelikka aylanadi. Turistik-rekreatsion klaster faoliyat ko’rsatadigan hududda mintaqada mavjud kerakli malaka va ko’nikmaga ega bo’lgan mehnat resurslari, klaster ishtirokchilarining xo’jalik yuritish doirasida investitsiya faoliyati va soliqqa tortishning o’ziga xos tartibi bilan bog’liq yangi tuzilmalarning paydo bo’lishi uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga keladi.Download 66.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling