Turizmda ovqatlanish xizmati va uni tashkil qilish. Restoran xizmati


Download 0.52 Mb.
bet4/5
Sana09.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1255658
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu. Turizmda ovqatlanish, restoran xizmati

Xizmat ko’rsatish shakli. qo’llaniladigan shakliga ko’ra ovqatlanish korxonasi quyidagi turlarga bo’linadi:

  • o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish korxonasi;

  • qisman ofitsiant xizmat ko’rsatadigan;

  • to’liq ofitsiant xizmat ko’rsatadigan;

  • bufetchilar tomonidan xizmat ko’rsatiladigan.

Faoliyat yuritish vaqti. Bu me’zon bo’yicha ovqatlanish korxonasi quyidagilarga bo’linadi:
1) doimiy faoliyat yurituvchi 2) mavsumiy hamda:
- kunduzi va kechki vaqtda ishlovchi;
- kechasi tunda ishlovchi (tungi barlar).


Xizmat ko’rsatish darajasi bo’yicha ular quyidagilar:

  • oliy;

  • birinchi;

  • ikkinchi;

  • uchinchi.

GOST R 50762—95 bo’yicha restoranlar uch toifaga ajratiladi — lyuks, oliy, birinchi.


5.2. Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi
Oxirgi 10 yillikda dunyoda restoran zanjirlarining miqdori va o’lchami sezilarli darajada o’sdi. Bu borada shubhasiz AQSHni yetakchilik qilmoqda deyish mumkin, uning restoran zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol kengaytirilgan siyosat o’tkazmoqda. Ularning erishgan yutuqlari ko’p jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar va amerika fuqarolari, shuningdek AQSHda turli mavsumlarda ishlaydigan va o’qiydigan juda ko’p xorij fuqarolari bilan bog’liq. Restoran zanjirida asosiy maxsulot hisoblangan gamburger va pitsa tarmoqlari tez o’sib bormoqda.
Restoran zanjiridagi savdoning 40 foizdan ortiqrog’ini sandvichlar tashkil qiladi. «New research» kompaniyasi tuzgan klassifikatsiyaga ko’ra sandvichlar qatoriga quyidagilar kiradi: «Makdonalds» restoranlarida beriladigan gamburgerlar, frantsuzcha sandvichlar, «Sabvey»da beriladigan sandvichlar, «Tako Bell»da beriladigan «teks-meks» 1-chizmada xizmat ko’rsatish bozorida restoranlarning ulushi ko’rsatilgan.
Umumiy ovqatlanish bozorining katta ulushini 39.4 mlrd. dollar aylanma mablag’ga ega bo’lgan holda gamburgerlar restoran zanjirlari egallagan. Restoran zanjirlari orasida 2003 yilda «Makdonalds» eng katta aylanma mablag’ga, ya’ni 21.8 mlrd dollarga ega edi, biroq korxonalar soni bo’yicha ikkinchi o’rinda edi. eng ko’p korxonalar «7-eleven» restoran zanjiri tarkibida mavjud, u aylanma mablag’ bo’yicha ozgina orqada qolgan edi. Ushbu ma’lumotlar 1-jadvalda berilgan. 90-yillarning boshlarida pitstseriya bozori sezilarli darajada kengaydi, ular asosan 3 ta zanjirga biriktirilgan. «Pitsa-Xat»-9450 ta korxona, «Domina-pitsa»-5300 taga va «Lill-sizar»-4300 ta korxonaga ega edi. Ular hammasi birgalikda bozorning 85 foizini tashkil qiladi1. Quyidagi jadvalda 100 dan ortiq xizmat ko’rsatish bozorida restoranlarning ulushi ko’rsatilgan.


1-jadval

Xizmatlar

Ulushi

yaxna taomlar

12,70%

tematik xizmat

6,50%

Steyka qo’shimchalari

4,20%

sendvichlar taklifi

40,90%

pitseriya

10,00%

parranda taomlari

5,50%

oilaviy tushlik

7,50%

mehmonxonada

5,90%

kafeteriya

1,30%

boshqalar

5,50%


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling