Turk va O‘zbek madaniyatidagi farqli jihatlar


Download 50.04 Kb.
bet1/5
Sana10.02.2023
Hajmi50.04 Kb.
#1184706
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi


Turk va O‘zbek madaniyatidagi farqli jihatlar
Kirish.
Reja:
I Bob. Turk folkloristikasi.

  1. Folklor atamasi haqida.

  2. Turk folklorshunosligini rivojlanish tarixi.

II Bob. Turk folklorshunos olimlari.

  1. Turk olimi folklorshunos hamda tarixnavis Inan Abdulqadir.

  2. Folklorshunos olim Sadi Yaver Ataman.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish.
Madaniyatlararo muloqotda o‘zbeklar mehmondo‘stligi, ruslar tavakkalchiligi,
qozoqlar qaysarligi,turk hissiyotliligi, xitoylar setakallufligi, yaponlar xushmuomilaligi, estonlar sustkashligi, italyanlar qiziqqonligi, inlizlar sovuqqonligi, nemislar tartibga aniq rioya qilishi bilan butun xalq haqidagi stereotip tasavvurlarni yuzaga chiqaradi.
Madaniyat haqidagi fikrlar insonning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda, ya’ni oddiy tosh qurollardan foydalanib ov qilish, o‘lja va mevalami terib iste’mol qilish, ilk dehqonchilik bilan shug‘uilangan va ilk shahar madaniyatini vujudga keltirgan davrlardayoq paydo bolm agan. Madaniyat tushunchasi dastlab atama sifatida vujudga kelgani bilan hali jamiyatning moddiy va ijtimoiy hayotini, odamning ongli mayjudot sifatidagi insoniylik qiyofasini anglatmas edi. Inson bunyodkoiiik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi o ‘mini anglab yetish, inson qiyofasini shakllantirish, ya’ni uning ongi va tafakkuriga ta’sir etish orqali jamiyat manfaatlariga mos keladigan insonni shakllantirish zaruriyati paydo b o lgan davrlarga kelib “madaniyat” va “kultura” atam alarining mazmun-mohiyati o ‘zgaradi. Agar “madaniyat” va “kultura” atamalarining qo‘llanish tarixiga e’tiborbersak, “madaniyat” arabcha “madina” so‘zidan olinganligi va “shahar” degan m a’noni anglatishini ko‘ramiz. “Kultura” so‘zi esa yuqorida yozganimizdek, lotinchadan olingan bo‘lib, “shlov berish, parvarishlash” ya’ni tuproqqa va yerga ishlov berish kabi m a’nolam i anglatgan. Keyinchalik mazkur atam alam ing mazmunm ohiyati o‘zgarib borgan. Kishilik jamiyatidagi beqiyos o ‘zgarishlar, davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy aloqalarning m urakkablasha borishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi tub o‘zgarishlar, inson imkoniyatlarining yuzaga chiqa borislii, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasida inson o‘rnining orta borishi, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti, kishilaming turmushi, o‘zaro munosabatlarga oid umumlashtiruvchi tushunchalarga bo‘lgan ehtiyoj madaniyat tushunchasi mohiyatining o‘zgarishiga olib keldi.

Madaniyat har bir davr ehtiyojlariga moslangan tarzda yaratiladi. Agar moddiy va ma’naviy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri masalasiga e’tibor bersak, insoniyat tom onidan dastlab moddiy madaniyat elementlari yaratilganligini, so‘ngra u (moddiy madaniyat)ning bir necha elementlarini o‘zida birlashtirgan (albatta, turli xil vazifalarni bajaruvchi) birmuncha murakkabroq turlari paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Boshqacha qilib aytganda, insoniyat dastlab o‘zining moddiy-biologik ehtiyojlarini qondiruvchi moddiy boyliklarni, so‘ng ma’naviy -ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi ma’naviy boyliklarni yaratganliklarini anglab yetamiz. Shu bilan birga moddiy madaniyat har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasining bazasi - oddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi va jamiyatning ustqurmasi ma’naviy hayotini belgilab beradi. Mo ddiy ehtiyoj ma’naviy ehtiyojni belgilab berganidek, moddiy madaniyat ma’naviy madaniyatning shakllanish va rivojlanish jarayonini belgilab beradi.


Ma'naviyat kecha yoki bugun paydo boiib qolgan tushuncha emas, u asrlardan buyon xalqimiz bilan birga vashab, birga taraqqiy etib kelayotgan buyuk bir qadriyatdir. Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, to hayotining eng so‘nggi lahzasigacha o‘zi mansub xalqning qadriyatlari, an’analari ichida ulg‘ayadi, kamol topadi. Hatto o‘zini folklorga begona deb bilgan, bu atama ta'rifidan mutlaqo yiroq boigan kishi shu an’analar ichida ulg‘aygan, uning ongi, shurri shu qadim an’analari ta’sirida shakllangan boiadi. Har bir sohaning o‘z tarixi boigani kabi, folklorshunoslik borasidagi izianishlarning ham o‘z ildizlari mavjud. Bu izlanishlar ildizi olis o‘tmishga borib taqaladi. Mahmud Koshg£ariy zamonidan to bugungi kungacha xalq og‘zaki ijodi haqida nimaiki aytilgan, yozilgan bo‘lsa, bularning bari o‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganishga o‘zining munosib ulushini qushgan.
Folklor—turli davrlarda íurlicha o‘rganilgan, turlicha yondoshuvlar boigan, biroq mustaqillikdan keyin u tom ma’noda yangicha mazmun va mohiyat kashf etdi.
Folklor asarlarida birinchi navbatda mifologik tafakkurdan poetik tafakkurga o‘tish jarayoni aks etgan ekan, demak, til tarixini o‘rganishda xalq ijodi namunalariga suyanib ish ko‘rish lozim boiadi. Tildagi hech bir so‘z o‘z-o‘zidan paydo boimaydi, u zarurat tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga keladi yoki o‘zlashadi. Qachonlardir mifologik tasavvurni ifodalagan so‘z keyinchalik o‘zining asil ma’nosini unutib yoki dastlabki ma’no qatlami xiralashib, keyingi ma’no qatlamini yuzaga keltiradi. Bizdagi mavjud ertak, doston, qo‘shiq va boshqa janrlar tahlilidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, folklor asarlarida ktVproq xalqimizning samoviy jismlar, o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan bogiiq eng qadimgi tasavvurlari o‘z ifodasini topgan. Bu tasavvurlar tilimizdagi ko‘plab so‘zlarning kirib kelishiga, obrazli badiiy tafakkur tarzining shakllanishiga zamin yaratgan.
Folklor asarlari leksikasini tadqiq qilar ekanmiz, biz unda hozirda iste’molda boigan sheva va arxaik so‘z)ar bilan bir qatorda, bugungi kunda qadimiy ma’nosi o‘zgargan yoki unutilgan so‘zlarni ham ko‘plab uchratamiz. Demak, adabiy til leksikasining shakllanishi, rivojlanish va o‘zgarish bosqichlarining xususiyatlarini aniqlashda epik ijod namunalari alohida o‘rin tutadi shu sababli, ulardagi qadimiy so‘z va birikmalarning lug‘atini o‘rganish nafaqat folklorshunoslik, balki tilshunoslik oldidagi eng dolzarb vazifalardan biridir.

Download 50.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling