Turkiy tillar taraqqiyotining umumiy tavsifi


мгтду "menga” so‘zlariga mos keladi. O'rin-payt kelishigi turkiy tillarda -da


Download 47.4 Kb.
bet3/10
Sana25.03.2023
Hajmi47.4 Kb.
#1294387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-мавзу.TURKIY TILLAR TARAQQIYOTINING

мгтду "menga” so‘zlariga mos keladi. O'rin-payt kelishigi turkiy tillarda
-da, m o 'g ‘ul tilida -da, tungus-manchjur tilida -de.20
Turk, mo‘g ‘ul, tungus-manchjur, koreys tillarida aksariyat o ‘rinlarda
fonetik moslik kuzatiladi.
Oltoy oilasidagi tillarning o‘xshashligi, ayniqsa, so‘z yasalishi tizimida
yaqqol namoyon boTadi.
Til oilalarini o‘rganish tilshunoslarning dastlabki e’tiborida boTgan.
Jumladan. oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib
borilgan. Xususan, N.A. Baskakovning “Алтайская семья языков и ее
изучение”; V.Kotvichning “Исследование алтайских языков”, N.P.
Direnkovaning “Грамматика алтайского языка” kabi izlanishlari shular
jumlasidandir.
Bir qator turkologlar tadqiqotlarida oltoy tillarining genetik jihatdan
qarindosh ekanligi asoslangan. J.Deni “Dunyo tillari” kitobida turkiy,
mo‘g‘ul, tungus-manchjur guruhiga kiruvchi tillarning quyidagi umumiy
belgilarini ko‘rsatadi:
1. Fonetik sathda: unlilar uyg‘unligi, so‘z boshida sonor tovushlarning
ishlatilmasligi, so'zda undosh tovushlarning yonma-yon kelmasligi, so‘z
oxiridagi n tovushining beqarorligi;
2. Morfologik sathda: grammatik rodning yo‘qligi, o’zakning
mustaqil ma'no anglatishi, agglyutinativ xususiyatga egaligi; suffiksal
xarakterdaligi, ya’ni prefikslarning yo‘qligi, predloglar o ‘rnida ko‘makchilarning
qoTlanishi, grammatik son - birlik va ko‘plikning mavjudligi.
3. Sintaktik sathda: gapning muayyan qurilishga egaligi, son bilan
ifodalangan aniqlovchilarda sonda moslashuvning uchramasligi, so‘roq
ma’nosining ifodalanishida yuklamalarning qatnashishi, aniqlovchi vazifasida
keluvchi sifat, son, olmoshlarning aniqlanmishga muvofiq o‘zgarmasligi
va h.k.
4. Leksik sathda: lug'at tarkibida umumiy qatlamning mavjudligi, bir
bo‘g ‘inli so‘zlarda mushtaraklikning yaqqol sezilishi, siyosiy-ijtimoiy
muhit ta ’sirida hukmron til leksikasining o ‘zlashganligi va shu kabilar.
20 Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева E.A. Введение в ячыкочнание,-
Т.'.Укитувчи, 1989.-С.228. > ■
11
Oltoy tillariga mansub bo‘lgan turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur va
koreys tillarining genetik aloqalarini o'rganish davom etmoqda. Bu
borada tadqiqotlar yaratilmoqda.21
Turkologiya sohasidagi ilk tadqiqotchilardan biri Filipp fon Stralenbergdir.
U o‘n uch yil davomida Sibirdagi qavmlarning ijtimoiy hayoti va
tillariga doir ‘"Tatar tillari” nomli asar yaratdi. Bu asari bilan Ural-oltoy
maktabiga asos soldi. Stralenberg turkiy qavmlarni “Kichik Tatariston”
va “Katta Tatariston'’ kabi nomlar ostida ikki hududiy guruhga ajratgan.
Asarga ilova qilingan “Poliglotta tabulasi” jadvalida qalmiq, tatar
tillariga oid so‘zlar bilan bir qatorda mo‘g ‘ul, tungus so‘zlari ham keltirilgan.
“Tabula” o4tiz ikki “Tatar” (bu ta’bir Stralenbergniki) sheva va
lahjalari haqida bahs yuritadi. Bu jadvalda har lahja va shevaga doir hisob
raqamlari bilan bir qatorda “terjri”, “g6k” kabi o ‘ttiz beshta turkiy so‘z
ham berilgan.
“Tabula”da qayd etilgan o ‘ttiz ikki til, dastavval, olti guruhga ajratilgan:
1. Fin-ugor (muallif izohiga ko‘ra "uyg'ur”): majar, fin, vogul, cheremis,
permyak, votyak, ostyak.
2. Turk-tatar: tatar, yoqut, chuvash.
3. Samodiy.
4. Mo‘g ‘ul-manchjur: qalmiq, manchjur, tangut.
5. Tungus: tungus, kamasin, arin, koryak, kuril.
6. Qoradengiz va Xazar dengizi o‘rtasidagi xalqlar tili.
Stralenberg asarida turkiy xalqlar: chuvash, tatar, boshqird, yoqut,
turkman, qoraqalpoq, baraba va xon turklari tillari haqida fikr bildirilgan.
Stralenberg yaratgan Ural-Oltoy nazariyasi XIX asr boshlariga qadar bu
sohadagi yagona manbalardan biri bo‘lib keldi22.
Olimlar oltoy tillarini o‘rganar ekanlar, birinchi navbatda. ulaming
tasnifi masalasini hal qilishga kirishdilar. Ko‘plab olimlar tasnifida, xususan,
V.Shotta va N. Baskakov ishlarida oltoy tili uch guruhga bo‘linadi:
1. Turkiy tillar guruhi. Bu guruhga o ‘ttizdan ortiq tillarni kiritish
mumkin. Shuning uchun ham N.A. Baskakov turkiy tillar oltoy oilasining
katta qismini tashkil qilishini ta’kidlagan.
Усманова Ш. Олтой тиляарида муиапарак маиший лексика. Филея, фан. д.-ри...
дисс.-я.-Т., 2011 -.324 д.; shu muallif Олтой тиляарида муштарак маиший лексика. -
Т.:Фан, 2010.
11 Stralenberg D.Messershmidt bilan birgatikda Abulg'oziy Bahodirxonning "Shajaravi tamkimci"
asahni ham fanga malum qildi. Oarang: Cqferoglu A. Turk dill tarihi.L II. 3-baski. -Istanbul
Enderun kitabevi. 1969. -S. 11.
12
2. Mo‘g‘ul tillari guruhi. Bu guruhga qalmiq, xalxa, bmyat, mo ‘g'ul,
dunsyan kabi tillar kiradi.

Download 47.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling