Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 305.5 Kb.
bet13/17
Sana13.02.2023
Hajmi305.5 Kb.
#1195078
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O\'zbek va turkiy tillarda leksik xususiyatlarning qiyosiy tahlili

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. U.Tursunov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Toshkent. O‘zbekiston. 1992. 126-141 betlar
2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980. 110—118 betlar.
3. M.Mirtojiyev. O‘zbek tilida polisemiya.Toshkent. FAN. 1975. 29—45 betlar.
4. H.Ne’matov. R.Rasulov. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent. O‘qituvchi. 1995. 32-36, 84-105 betlar.
5. O‘zbek tili leksikologiyasi.Toshkent. FAN. 1984. 255—293 betlar.
Turk leksikasi
Turk tilshunosligida so‘z va uning ma’nosi bilan bog‘liq muammolarning
o‘rganilishi

Tayanch tushunchalar: tilshunoslik, lingvistika(dil bilimi), fonetika (ses

bilimi), morfologiya (şekil bilgisi), sintaksis (söz dizimi), leksikologiya

(sözcükbilim, kelime bilimi), frazeologiya(frazeoloji), leksika (kelime bilimi),

semantika, semasiologiya (anlambilim, ilm-i maâni), turg‘un ma’no bilimi; sinxron

ma’no bilimi (eş zamanlı anlam bilimi), diaxron ma’no bilimi (art zamanlı anlam

bilimi).
Til haqidagi fan tilshunoslik yoki lingvistika(dil bilimi) deb ataladi. U bir necha
bo‘limni o‘z ichiga oladi: fonetika (ses bilimi), morfologiya (şekil bilgisi), sintaksis

(söz dizimi). So‘z va uning xususiyatlari, lug‘aviy ma’nosi o‘rganiladigan
bo‘limleksikologiya (sözcükbilim,kelime bilimi);ibora, matal, maqol va boshqa
turli turg‘un birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi

frazeologiya(frazeoloji

1

)deb nomlanadi.

Leksikologiya mustaqil lingvistik fan hisoblanib, unda so‘z va uning ahamiyati,
so‘zning til lug‘at tarkibidagi asosiy birlik ekanligi, hozirgi zamon lingvistikasida
so‘z tavsifi, so‘zning ma’nosi, til leksikasining paydo bo‘lish sabablari,
o‘rganilayotgan tilga xos sof o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar, o‘zlashgan leksika kabi
tushunchalar o‘rganiladi. Shuningdek, sinonimlar, omonimlar, antonimlar,
lingvistikada maydon tushunchasi, til lug‘at tarkibining boyish jarayoni va rivoji,
jamiyat rivoji bilan lug‘at tarkibi ravnaqi o‘rtasidagi munosabat, lug‘at fondining
boyish yo‘llari: so‘z yasalishi, so‘z o‘zlashtirilishi, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi
hodisalari tadqiq etiladi. 
Leksikologiya, frazeologiya va leksikografiya tilshunoslikning uzviy bog‘liq
sohalari bo‘lgani bois so‘z va turg‘un birikmalarning belgilari, ular orasidagi
farqlar, frazeologik paradigma, shuningdek, turli belgilariga ko‘ra lug‘atlar tasnifi:
tarixiy, hozirgi zamon, to‘liq va qisqa, umumiy va maxsus lug‘atlar, birtilli, ikkitilli
va ko‘ptilli lug‘atlar, etimologiya va tarixiy lug‘atlar hamda boshqa bir qator
masalalar ham o‘zaro bog‘liq holda tadqiq etiladi.

Leksika (yun. leksikos – so‘z, lug‘atga oid) – tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar, biror
badiiy asar yoki dialektga oid so‘zlarning jamidir. Hozirgi zamon turk tilining so‘z
boyligi turli nuqtayi nazarlardan o‘rganilishi mumkin. Bu bilan tilshunoslikning
muhim sohalaridan biri sanalgan turk tili leksikologiyasi fani shug‘ullanadi. 
1
Turk tilshunosligida frazeologik birliklar va maqollar deyimler ve atasözleri sarlavhasi ostida ham

o‘rganiladi.


5

So‘z va uning ma’nosi bilan bog‘liq muammolarni semantika (yun. semasie -


belgi) yoki semasiologiyada o‘rganiladi. 
Til birliklarini ma’no nuqtayi nazaridan tadqiq etuvchi bo‘lim turk
tilshunosligida anlambilim (usm. ilm-i maâni; nem. semantik) deyiladi. Turk
tilshunosligiga oid ba’zi kitoblarda semantika anlam bilimi ham deyiladi.
Tilshunoslikda so‘z ma’nosiga tegishli har qanday mavzuni anlambilim
(semantika) o‘rganadi. “Semantikada, asosan, tushuncha (kavram), ma’no (anlam),
ko‘p ma’nolilik (çok anlamlılık), sinonimlik (eş anlamlılık), antonimlik (zıt


anlamlılık), ma’no torayishi (anlam daralması), ma’no kengayishi (anlam

genıshlemesı), ma’no o‘zgarishi (anlam değişmesi) kabi hodisalar tadqiq etiladi.”
2
.

Turk tilshunosligida anlambilim uchta kichik bo‘limni o‘z ichiga oladi: 1. Genel



anlambilim (umumiy semantika); 2. Mantıksal-felsefi anlambilim (mantiqiy-

falsafiy semantika) va 3. Dilbilimsel anlambılım (grammatik semantika).
Bulardan genel anlambilim (umumiy semantika) ma’no bilan bog‘liq har qanday
masalani keng ko‘lamda tadqiq etadi. Mantıksal-felsefi anlambilim (mantiqiy-

falsafiy semantika) ma’no bilan bog‘liq har qanday masalani falsafiy va mantiqiy
nuqtayi nazardan baholaydi. Dilbilimsel anlambılım (grammatik semantika) o‘z
ichida ikkiga bo‘linadi: 1. eş zamanlı (durgun) anlambilim (turg‘un ma’no bilimi;

sinxron semantika); 2. art zamanlı (gelişmeli) anlambilim (o‘zgaruvchan ma’no

bilimi).
Tilning muayyan zamon kesimidagi holatini tarixiy taraqqiyot ta’siridan holi,
o‘zgarishsiz holda tadqiq etuvchi soha durgun veya eş zamanlı anlam bilimi

(turg‘un ma’no bilimi – sinxron ma’no bilimi) deyiladi. Ushbu sohada so‘zlar va
ularning ma’nolari, tushuncha qamrovi, sinonomlik, omonimlik va ko‘p ma’nolilik
nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Art zamanlı anlam bilimi (diaxron ma’no

bilimi)daesa tilning ma’no bilan bog‘liq hodisalar tarixiy taraqqiyot qamrovida
o‘rganiladi.



Download 305.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling