Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash
Ikkilamchi po‘latni eritish materiallari
Download 1.66 Mb.
|
Metallarresiklingi5-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall shixtalari
- 5.3-rasm. Ohaktosh Ohak
Ikkilamchi po‘latni eritish materiallari
Po‘latlarni eritish uchun ishlatiladigan materiallarni quyidagilarga bo‘lish qabul qilingan: Metall saqlovchilar (metall shixtalar va metall qo‘shimchalar); Qo‘shiluvchilar (flyus); Oksidlovchilar. Metall shixtalari sifatida cho‘yan (suyuq yoki qattiq), po‘lat (ayrim hollarda cho‘yan) temir-tersak va chiqindilari, temir rudasidan temirni bevosita tiklash mahsulotlari, ferroqotishmalar ishlatiladi. Metall shixtalarining asosiy massasini cho‘yan va po‘lat temir-tersaklari, hamda chiqindilari tashkil qiladi. 1000 kg eritiladigan po‘latga o‘rtacha 1130-1140 kg metall shixtalari sarflanadi. Po‘lat eritishda qo‘shiluvchi material sifatida ko‘p hollarda ohaktosh, ohak, boksit, plavik shpati, shamot siniqlari, aralashmalar va briketlar ishlatiladi. Ohaktosh. Ohaktoshning asosini CaCO3 tashkil qiladi (5.3-rasm). U asosan shlak hosil qiluvchi, ayrim hollarda oksidlovchi flyus sifatida ishlatiladi. YUqori sifatli ohaktosh tarkibida 52-54,5 % CaO (toza ohaktoshda 56 % CaO); 0,6-1,0 % SiO2; 0,005-0,01 S va 0,008-0,015 P bo‘ladi. Oddiy ohaktoshda shuningdek, 0,5-3,0 % MgO, dolomitlangan ohaktoshda 5-10 % va undan yuqori miqdorda MgO bo‘ladi. Dolomitlangan ohaktoshning tarkibida CaCO3 dan tashqari MgCO3 ham bo‘ladi. 5.3-rasm. Ohaktosh Ohak - maxsus ohak boyitish agtegatlarida ohak toshni kuydirish yo‘li bilan olinadi. Yangi kuydirilgan ohak tarkibida CaO - 90 foizdan yuqori, SiO2 va C ning umumiy miqdori 3 foizdan kam bo‘lishi kerak. Oltingugurt - ohak tarkibiga yoqilishidan o‘tishi mumkin. Shuning uchun oltingugurt bo‘yicha toza ohak olish uchun tarkibida oltingugurt bo‘lmagan gazlardan foydalaniladi. Po‘lat tarkibida oltingugurtning miqdori 0,1 foizdan oshsa, tarkibida oltingugurt oz bo‘lgan po‘lat olish qiyinlashadi. Ohakka qo‘yiladigan asosiy talablardan biri - namlikning ozligidir. YAngi kuydirilgan ohak atmosfera tarkibidagi namlik bilan reaksiyaga kirishadi: CaO + H2O = Ca(OH)2. Ohakni ochiq havoda bir necha soat saqlash natijasida tarkibida vodorod miqdori ortib boradi. Bir sutka saqlangan ohakni po‘lat eritishda ishlatish ruhsat etilmaydi. Chunki yuqori sifatli po‘lat tarkibiga vodorod o‘tishi ortadi. Shuningdek ohak namlik bilan ta’sirlashib yumshoq engil kukunga aylanadi va vannaga tushmay chiqindi gazlar bilan atmosferaga chiqib ketadi. YAngi kuydirilgan ohak bo‘laklarining o‘lchamlari 10 mm dan 50 mm gacha bo‘lishi kerak. Bundan kam o‘lchamli bo‘laklar chiqindi gazlar bilan chiqib ketadi, katta o‘lchamlar eritish davomida shlakda butunlay erib keta olmaydi. Boksitlar po‘lat eritishda asosiy shlakni erish haroratini pasaytiruvchi, suyuqlanishini oshiruvchi va shlak hosil bo‘lishini tezlatuvchi flyus sifatida ishlatiladi. Boksitlarni tarkibi quyidagicha bo‘ladi: 20-60 % Al2O3; 3-20 % SiO2; 15-45 % Fe2O3 va bir qancha miqdorda namlik (5.4-rasm). Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling