Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash


Download 1.66 Mb.
bet12/18
Sana29.10.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1733414
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Metallarresiklingi5-bob

5.4-rasm. Boksitlar
Agar tarkibida kremnezm miqdori juda ham oz bo‘lgan boksitlarni eritishga qo‘shilsa, amaliy, jihatdan shlak asosini pasaytirmaydi, lekin uni erish haroratini sezilarli pasaytiradi. Agar sexga kremnezem miqdori yuqori bo‘lgan boksitlar tushsa, ularni vannaga kiritishda shlakni asosini pasaytirishini nazarga olishga kerak. Po‘lat metallurgiyasida tarkibida kremnizem miqdori 10 foizdan yuqori bo‘lgan boksitlarni ishlatish ruhsat etilmaydi.
Bundan tashqari boksit tarkibida har doim temir bo‘lishini nazarda tutish kerak. Ayrim hollarda boksitdagi temir miqdori, kambag‘al temir rudalari tarkibidagi temir miqdoriga teng bo‘ladi. Shuning uchun bunday boksitlarni eritishga qo‘shishda, shlak hosil bo‘lishini tezlatish bilan birga, shlakdagi temir aktivligini oshirishini ham yodda saqlash kerak.
Plavik shpati (rangsiz, shuningdek binafsha rang, pushti rang kristallar hosil qiladigan mineral bo‘lib, metallurgiya, kimyo sanoatlarida, optika va shu kabi sohalarda keng qo‘llaniladi) po‘lat eritish sanoatida asosan shlakda ohakni erish jarayonini tezlatuvchi va shlakni suyuq harakatchanligini oshiruvchi mineral sifatida ishlatiladi (5.5-rasm). Uning asosiy tarkibini CaF2 (90-95 %) tashkil qiladi. Plavik shpati tarkibida 5 % SiO2 bo‘ladi, shuning uchun uni shlakka qo‘shilishi, shlak asosini kamaytirmaydi. Plavik shpati boksitga nisbatan sezilarli qimmat, lekin uni oz miqdorda qo‘shilishi shlak hosil qilishni ancha yaxshilash va tezlashtirish mumkin bo‘lgan hollarda ishlatish, o‘zini oqlaydi.

5.5-rasm. Plavik shpati
Shamot siniqlari bu - shamot g‘ishtlarini ishlatish va qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan chiqindilardir (5.6-rasm). Ularni eritishga yuqori asosli shlakni qovushqoqligini kamaytirish uchun qo‘shiladi. SHamot g‘ishtlari asosan Al2O3 (~35%) va (~60 %) dan tashkil topgan. Bu materiallarni uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorini qo‘shish nitijasida yuqori asosli shlakni erish haroratini kamaytirishga va uni suyuq harakatchanligini oshirishga erishish mumkin. Lekin, bunda shlakni asosi kamayadi, shuning uchun bunday materiallarni qo‘shish ayrim hollardagina amalga oshiriladi.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling