Turli XIL organizmlardagi Genlar tuzilishi, Uzoq va uzliksiz kodlanadigan ketma-ketliklar. Regulyator elementlarni joylanishi va o’lchamlari mundarija: Kirish


Download 137.18 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi137.18 Kb.
#1548182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Turli xil organizmlardagi tuzilishi, Uzoq va uzliksiz kodlanadigan FULL

GENOM: Genom (nem. Genom) — xromosomalar (unda joylashgan Genlar bilan birga) gaploid toʻplami; individ Genetik tuzilishining asosiy elementlari majmui. "GENOM" terminini fanga nemis biologi GEN Vinkler kiritgan (1920). Gaplofazada har bir hujayra bitta GENga, diplofazada esa ikkita GENga ega boʻlib, zigota hosil boʻlishida ularning biri erkak, ikkinchisi urgʻochi gametalardan oʻtgan boʻladi. GEN asosiy Genetik va fiziologik sistemalarni oʻzida namoyon qilib, uning Genetik jihatdan mukammalligi normal gameta va zigotalarning hosil boʻlish zaminidir. Hayotchan, ammo qisman hosildor poliploid formalar kamida bir juft gomologik GENga ega boʻlishi shart; qolgan xromosomalar boʻyicha turli chetlanishlar boʻlishi mu.mkin, bu esa rivojlanishga deyarli taʼsir koʻrsatmaydi. Agar konʼyugatsiyalanuvchi (gomologik xromosomalarning yaqinlashuvchi) xromosomalardagi Genlarning chiziqli joylashishi aynan oʻxshash boʻlsa, u holda ikkala GEN mutlaqo oʻxshash (gomologik) boʻladi. Chala gomologik GENda duplikatsiya (xromosoma uchastkasining ikki hissa ortishi) hamda deleniya (xromosoma uchastkalarining yetishmasligi) natijasida yuz beradigan resiprok translokatsiya (xromosomaning ikki uchastkasi oʻzaro oʻrin almashadi) va inversiya (xromosoma uchastkasi holatining oʻzgarishi) tufayli barcha yoki ayrim konʼyugatsiyalanuvchi xromosomalarning qisman aynan oʻxshashligi kuzatiladi. Segmentli aynan oʻxshashlik bilan xromosoma konʼyugatsiyasining tipi va darajasi, shuningdek urugʻlanish miqdori aniqlanadi. Euploidiya (bir butun GEN normal sonining ortishi) va aneuploidiya (xromosomalar sonining xromosomaning karrali normal gaploid toʻplamiga teng boʻlmagan holdagi oʻzgarishi) GENli mutatsiyalarta olib keladi.Genom mutatsiyalari — xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq o‘zgarishlaridir. Ular ikki xil bo‘ladi.
I.Genomning butunligicha kamayishi (gaploidiya) yoki ko‘payishi (poliploidiya)
II. Ayrim xromosomalar soni o‘zgarishlari (aneuploidiya yoki
geteroploidiya).Poliploidiya o‘simliklarda ko‘p uchraydi, ularning hosildorligi.
ni oshiruvchi omillardan biri hisoblanadi, seleksiyada bu hodisadan keng foydalaniladi.Hayvonlarda poliploidiya deyarli uchramaydi, chunki ularning yashovchanligi susayadi, bunday organizmlar steril bo‘ladi. Lekin hayvonlarda ayrim somatik hujayralarda (jigar, mushak, suyak tog‘ay hujayralari) poliploidiya kuzatilishi mumkin.
Poliploidiya mexanizmlari:
1. Meyozda gametoGenezda xromosomalar ajralishi buzilishi.
2. Somatik hujayralarda mitoz tugallanmay qolishi natijasida ko‘p xromosomali ko‘p DNK saqlovchi (politeniya, poliploidiya) va ko‘p yadroli hujayralar hosil bo‘lishi.
3. Poliploidiyani mitozni to‘xtatuvchi moddalar (kolxitsin)
ta’sirida sun’iy hosil qilish mumkin.
II. Genom mutatsiyalarining ikkinchi xili aneuploidiya yoki geteroploidiyadir. Bunda xromosomalar to‘plamida qandaydir xro- mosomaning kamayishi yoki ortishi kuzatiladi. Agar gomolog xro-mosomalardan bittasi kamaysa monosomiya (2n —1), bitta gomolog xromosoma ortiq bo‘lsa — trisomiya (2n + 1), gomolog xromoso­malar soni ikkidan ko‘proq ortsa —polisomiya (2n + n) deyiladi.Aneuploidiyalar autosomalarda ham va geterosomalarda ham
k uzatilishi mumkin.Aneuploidiyalar meyozda ayrim xromosomalar ajralishini buzilishi natijasida kelib chiqadi. Xromosomalar ajralishi buzilishlari somatik hujayralarda mitozda ham kuzatilishi mumkin. Buning natijasida mozaik (xromosomalar soni har xil) hujayralar hosil bo‘ladi.



Download 137.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling