Metodik ko’rsatmalar. Bolalar tovush birikmalarini aniq va yetarli darajada baland talaffuz etishlarini nazorat qiling.
«Qo’g’irchoqni allalash»
Maqsad: artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va tinglash qobiliyatini shakllantirish. Bir vaqtning o’zida uzoq muddat mobaynida nutqiy nafas chiqarish va ovoz balandligini o’zgartira olish qobiliyati mashq qilinadi.
Mazmuni: Pedagog bolalarga qo’g’irchoqlarni tarqatadi va «a» tovushini uzoq vaqt mobaynida cho’zib aytish - aaaa - orqali ularni allalashni taklif qiladi. Dastlab bolalar «a» tovushini baland ovozda talaffuz qiladilar. So’ngra tarbiyachi qo’g’irchoqlar uxlab qolayotganini aytadi va bolalardan sekinroq allalashni so’raydi. Bolalar «a» tovushini past ovozda ayta boshlaydilar.
Metodik ko ’rsatmalar: Bolalar «a» tovushini ancha uzoq vaqt mobaynida, bir nafasda aytishlarini nazorat qiling; ovozidan unchalik yaxshi foydalana olmaydigan bolalarni yaxshiroq nazorat qilish uchun ularni kichik guruhlarga ajrating.
«U» tovushi
«Bu kimligini (nimaligini) top»
Maqsad: Tinglash qobiliyatini tarbiyalash (talaffuz etilgan tovush taqlidining turli balandliklarini tinglash orqali aniqlash qobiliyati)
Mazmuni: Tarbiyachi turli tovush birikmalarini narsalar va xayvonlar bilan taqqoslagan holda talaffuz qiladi. Bolalar buning nimaligini yoki kimligini aniqlashlari zarur. Masalan, tarbiyachi parovozning chinqirig’iga, sigirning ma’rashiga, xo’rozning qichqirig’iga, nay tovushiga taqlid qiladi. Takroriy o’yinda pedagog bolalardan narsa yoki jonzotlarning uzoq yoki yaqindaligini aniqlashni so’raydi.
Metodik ko’rsatmalar: Tegishli narsalar, jonzotlar tasvirlarini tanlash; tovushga taqlidlarni baland ovozda ijro etish.
Bolalarning nutqini o ’stirish fanining asosiy nazariy matni
«Xay-xuylash»
Do'stlaringiz bilan baham: |