Turon zamin ziyo


Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan umumpedagogik metodlar


Download 0.92 Mb.
bet20/159
Sana05.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#225477
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159
Bog'liq
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI

Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan umumpedagogik metodlar. Jismoniy tarbiya pedagogika fanlari tizimining tarmog‘i hisoblangan holda, umumiy pedagogikaning tadqiqot metodlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Og‘zaki bayon qilish metodlari: umumiy pedagogik hamda xususiy vazifalarniyechishni o‘qituvchi-murabbiy asosan og‘zaki bayon etish orqali hal yetadi. Jumladan so‘z orqali u o‘quv-mashg‘ulot jarayonini boshqaradi, ma’lumot beradi, vazifalar qo‘yadi, tarbiyaviy ishlarni amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiyada quyidagi og‘zaki bayon qilish metodlari keng qo‘llaniladi: hikoya – o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixc ham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
-43-

Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois, hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya tarixi, sport turlari, jahon hamda mamlakatimiz sportchilari tomonidan erishilgan yutuqlar haqidagi hikoyalar bolalarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilishi, shubhasiz.



Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulda mashq texnikasi, metodikasi, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tushuntiriladi.
Ko‘rsatma berish - mo‘ljallangan vazifani bajarish bo‘yicha aniq, maqsadga yo‘naltirilgan ko‘rsatmani bayon qilish.


Sharhlash va tanbeh - mashg‘ulot vaqtidagi topshiriq va vazifalarni bajarish yoki yakunida tushuntirish ishlarini olib borish.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling