Turon Zarmed universiteti pedagogik ta’lim va sport fakulteti


Pedagogika fanining vazifalari


Download 1.28 Mb.
bet14/16
Sana19.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1032678
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
cf,hbyf

Pedagogika fanining vazifalari:

  • Sharq va G’arbda xalq yaratgan xalq og’zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg’or g‘oyalarini o‘rganib, tahlil qilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish;
  • Komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniqlash;
  • Pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik texnologiya qonunlariga amal qilish;
  • Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog‘lab, bo‘lajak o’qituvchilarga o‘rgatish;

Yosh davrlari pedagogikasi mazkur guruhlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy-tashkiliy ishlarning qonuniyligini tadqiq etadi hamda eng avvalo ularni tarbiyalanuvchilarning o’quv muassasalari shart-sharoitlarida amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi; Katta yoshdagilar pedagogikasida oliy o’quv yurti shart-sharoitlarida yoshlarni tarbiyalashning nazariy masalalari va metodikasini ishlab chiqadigan pedagogika tarmog’i sifatida oliy o’quv yurti pedagogikasining shakllanayotganligi, uning aniqlashib borayotganligi ko’zga tashlanadi; Milliy armiyamiz uchun mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy o’quv yurtlarida yoshlarga ta’lim berish hamda tarbiyalash muammolari bilan harbiy pedagogika sohasi shug’ullanadi; Bulardan tashqari oila pedagogikasi bugungi kundagi dolzarb vazifalardan birini tashkil etib, oilalarda, oila markazlarida, mahallalarda, jamoat tashkilotlarida, oila-nikoh muassasalarida amalga oshirilayotgan tadbirlarda namoyon bo’ladi;

Tarbiya-o’sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi; Tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta’sirida shakllanib boradigan jarayondir; Ta’lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir;


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling