Turon zarmed universiteti


Download 1.89 Mb.
bet16/17
Sana04.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1078357
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Xalimova Dilnora Kurs ishi

"Aqliy hujum"- uslubi, muayyan muammo qо‘yilib, uni yechish uchun talabalar о‘rtasiga qо‘yiladi. Unda har bir guruh yoki alohida talabalar tomonidan fikr va mulohazalar bildiriladi. Ular solishtiriladi va hulosa chiqariladi.
Konkurs (tanlovlar)lar о‘tkazish. Ma’lum bir mavzu yoki muammo bо‘yicha talabalar olgan bilimlarini aniqlash va baholash uchun qо‘llaniladi.
Dars о‘tishda boshqa qator uslublar ham mavjud bо‘lib, ularni о‘qituvchi mavzuning mazmuni, guruhning tayergarligiga qarab qо‘llashi mumkin.
Mustaqil ish - bu talaba uchun о‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarish tushinilib, uning mazmunini, ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yorita bilishiga aytiladi.
Mustaqil ishlar turkumiga quyidagilarni kiritish mumkin: nazoratlarga tayyorlanish, referatlar yozish, kurs ishlarini tayyorlash, diplom loyihalariga tayyorgarlik, oliy о‘quv yurtlarida о‘tkaziladigan seminarlarga rahbarlar ishtirokida tayyorgarlik kabilar. Talaba mustaqil ishlarni bajarishi oliy maktab pedagogikasining muhim vazifalaridan biri desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Chunki, shu mustaqil ish tayyorlash davomida talaba, unga ijodiy yondoshadi. Adabiyot, jurnallardan, gazetalardan, ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanishga о‘rganib, mustaqil ish sifatida berilgan topshiriqni ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini tub ildizini ochib berishga intiladi va bu intilish talaba shaxsidailmiyishlarga bо‘lgan qiziqishiniorttiradi. Kelajakdailmiy xodim, olimdarajasigachiqish imkoniyatlariga zamin yaratadi.
Amaliy mashg‘ulot - о‘quv ishlarining mantiqiy davomi bо‘lib, bu termin talabalarning mustaqil auditoriya ishlarini umumiy tushunchasi hisoblanadi. Amaliy mashg‘ulotlarda mashqlar ishlash, laboratoriya ishlarini о‘tkazish, har xil ilmiy tajribalarni о‘tkazish kabilar amalga oshiriladi. Bilim berishning bu shaklida ma’ruzalarda olingan nazariy bilimlarbevositaamaliyotbilan bog‘lanadi va о‘quvchilar tajribalartomonidan amalgaoshiriladi. Kurs ishi - oliy maktab о‘quv rejasida qayd qilingan ta’lim berishning shakllaridan biri. Kurs ishlari biror fanning nazariy kursi nihoyalangan sо‘ng amalga oshiriladi. Ta’lim berishning bu turi talabalarning ilm olish davrida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, о‘sha nazariy bilimlarini qanchalik amaliyot bilan bog‘lay olishi negiida paydo bо‘ladi. Kurs ishi tayyorlash jarayonini bevosita mustaqil ishlar tarkibiga kiritish mumkin
kurs ishi ham о‘quv rejada kiritilgan bо‘ladi.
Amaliyot - ta’lim shakllaridan yana biri bо‘lib, unda talaba oliy о‘quv yurtida olgan nazariy bilimlarini bevosita amaliyotga tadbiq qiladi. Bu jarayonda amaliyotchiga albatta о‘sha amaliyot о‘tilayotgan paytdan va oliy о‘quv yurtidan ilmiy rahbarlar tayyorlanadi. Amaliyot talaba uchun kelajak ish faoliyati uchun ilk qadamlarbо‘lib hisoblanadi. Chunki mana shu amaliyot davomida amaliyotchi, ya’ni talaba о‘zi oliy о‘quv yurtida olgan bilimlarini qanchalik amaliyotga qо‘llay olishini о‘zi nuqtai nazaridan ham baholaydi va bu orqali о‘z kelajagini tasavvur qilish, uni his qila olishi ham hech gap emas. Shuni ham aytish kerakki, amaliyot ham ma’lum hafta davomida belgilangan bо‘lib, oliy о‘quv yurti о‘quv rejasida kiritilgan.
Diplom ishi - bu oliy о‘quv yurtida olgan bilimlarni natijasi, ilmiy izlanishlarning boshlang‘ich kо‘rinishi bо‘lib, ta’lim berishning bir shakli sifatida namoyon bо‘ladi. Diplom ishi bir mutaxassislikni tamomlanayotgan talaba tomonidan, shu mutaxassislik rahbari bilan birga tayyorlanadigan va о‘quv yurti о‘quv rejasida qayd qilingan ta’lim berish shakllaridan hisoblanadi.
Umuman olganda barcha oliy maktablarda ta’lim berishning tashkiliy shakllari amal qilar ekan, ularga bir qator talablar quyiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Berilayotgan materiallar ilmiy bо‘lishliligi;
2. Ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari sistemali tashkil etilishi; 3. Berilayotgan ma’lumotlar, materiallar talabalar yoshiga mos bо‘lishliligi;
4. Siyosiy jihatdan tо‘g‘ri va nazariy masalalar amaliyot bilan bog‘liqligi; 5. Berilayotgan ma’lumotlarda eng sо‘nggi materiallarning bо‘lishliligi;
6.Bilim berishning tashkiliy shakllarini amalga oshirish jarayonida I.Karimov asarlaridan, ommaviy axborot vositalari materiallaridan unumli foydalanganlik darajasi va hokazolar.






Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling