Turon zarmed universiteti
Download 1.89 Mb.
|
Xalimova Dilnora Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O ’q uvchi
O’qituvchining darsga kirishdan oldin o’ziga qo’yadigan savoli: nega, nimani va qanday o’qitaman?
4. О‘qitishning passiv, faol va interfaol metodlari О‘qitish paydo bо‘lgan birinchi kunlaridan toki bugungi kunga qadar ta’lim tizimida rо‘y beradigan о‘qituvchi va о‘quvchilar orasidagi muloqot (о‘zaro ta’sir)ning hammasi bо‘lib, uchta: passiv, faol va interfaol metodlari (metodik ëndashuv) yuzaga keldi, ta’lim tizimida mustahkam о‘rnashdi va о‘quvchilarni о‘qitish jarayonida keng tarqaldi. Har bir metodik ëndashuvlarning о‘zlariga xos xususiyatlari mavjud. Ularni alohida – alohida kо‘rib chiqaylik. 1. О‘qitishning passiv metodi (passiv – о‘quvchi о‘qitishning «obyekti», ya’ni, faqat kо‘ruvchi va eshituvchi sifatida chiqadi. U faqat eshitadi va kо‘radi). О‘qitishdagi bunday metodik ëndashuv jarayonidagi о‘qituvchi va о‘quvchilarning о‘zaro ta’sirida asosiy ishtirokchi shaxs о‘qituvchi bо‘lib, о‘quvchilar esa, sust tinglovchilar rolida chiqadilar. Passiv darslarda teskari aloqa sо‘rovlar, mustaqil ishi, nazorat ishi, test sinovlari va sh.k. lar orqali amalga oshiriladi. О‘qitishning passiv metodi о‘quvchilar tomonidan о‘quv materialini о‘zlashtirish nuqtai nazaridan eng samarasiz hisoblanadi. Lekin, uning ijobiy tomonlari о‘quvchilarning darsga osonlikcha tayërlanishlari va о‘qituvchilarning nisbatan chegaralangan kam vaqt mobaynida о‘quvchilarga kо‘proq о‘quv materialini uzatish imkoniyatini mavjudligidadir. О‘qitishdagi ushbu ijobiy holatlarni hisobga olgan holda, kо‘pgina о‘qituvchilar bu metodni keyingi ikki metodlarga qaraganda, afzalroq kо‘radilar. Haqiqatan ham, agar о‘quvchilarda predmetni о‘rganish bо‘yicha aniq maqsadlar mavjud bо‘lgan ba’zi hollarda bunday ëndashuv bilimli va tajribali о‘qituvchilarda muvaffaqiyatli ishlaydi. Eng keng tarqalgan passiv dars shakli ma’ruzadan iborat. Darsning bu shakli, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida keng tarqalgan. Chunki, faol metodlar yana ham kо‘proq samara berishi mumkinligiga qaramay, о‘quvchilarni bemalol predmetni chuqur о‘zlashtirish bо‘yicha aniq maqsadlarga ega bо‘lgan tо‘la shakllangan subyekt sifatida qarash mumkin. Ushbu metodning sxema kо‘rinishi tarzida 3 - rasmda kabi bо‘lishi mumkin.Hozirgi kunda ta’lim tizimida kundan-kunga qо‘llanilishi yо‘qolayotgan, ya’ni eskirayotgan о‘qitishning ushbu metodiga xos holatlar sifatida quyidagilarni sanash mumkin: ► о‘qitish texnologiyasi markazida - о‘qituvchi; ► о‘quvchilar orasida kо‘rinmaydigan, passiv va yashirin musobaqa boradi; O’quvchi Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling