Tursunova Sayyora Qahramonovna


Tajriba-eksperimental ishlarning natijasi


Download 284.65 Kb.
bet25/31
Sana27.01.2023
Hajmi284.65 Kb.
#1130962
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
dissertatsiya oxirgi 2022

Tajriba-eksperimental ishlarning natijasi

  1. Biz ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari faoliyatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirishning samaradorligini eksperiment, dastlabki, oraliq va yakuniy tashxisning mavjud faktni tasdiqlash (bayon qilish) va ifodalash bosqichlarini tahlil qilish va natijalarini taqqoslashda belgilaymiz/aniqlaymiz. Eksperiment tavsifiga o’tishdan oldin tashxis bilan bog’liq ayrim jihatlarni ko’rib chiqamiz, chunki tashxis ta’lim jarayonida ishlab chiqish va qo’llashda onglilik va ketma-ketlik (izchillik) bo’lishini talab qiladi.

  2. Tashxis ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan ko’plab vazifalarni qamrab oladi. Tadqiqotimizdagi tashxis vazifalari quyidagilardan iborat:

1) professional faoliyatda boshlang’ich sinf o’quvchisi shaxsining ma`naviy madaniyatga yo’naltirilganlik darajasini aniqlash;
2) boshlang’ich sinf o’quvchilarining darsda ma`naviy madaniyatga tashkil qilishga tayyorlik darajasini aniqlash;
3) boshlang’ich sinf o’quvchisining verbal (og’zaki) kreativlik darajasini aniqlash;
4) tashxis ko’rsatkichlarining o’zgarishini tahlil qilish.
Diagnostika amallarning ketma-ketligida bajariladi: ma’lumotlarni to’plash, ular asosida muammoning holati haqida xulosalar chiqariladi, eksperiment boshida va uning oxirida olingan tashxis ma’lumotlarni qayta ishlash va taqqoslash, ma’lumotlarni tahlil qilish va talqin qilish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalari tizimini faoliyatida ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirish natijalarini oldindan ko’rish imkonini beruvchi prognoz qilishning (bashorat qilishning) ahamiyati bundan kam emas.
3. Ma`naviy madaniyat faoliyatida boshlang’ich sinf o’quvchisiining ma`naviy madaniyatini shakllantirish vositalarini shakllantirish jarayonini o’rganish eksperiment o’tkazilgan davrning barcha bosqichlarida olib borildi va har bir mezon bo’yicha tizimli tashxis kesimlari usuli orqali amalga oshirildi, bu esa tashxis amaliyoti natijalaridan foydalanish ishonchliligini baholashga imkon beradi.
4. Ushbu tashxis kesimlarning ishonchliligini ta’minlash uchun 68 nafar boshlang’ich sinf o’quvchilarini (eksperiment va nazorat guruhlarida 34 nafardan) qamrab olishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Mazmun va jarayon nuqtai nazaridan tashxis eksperimentatorning (uni amalga oshiruvchining) tashxisning axborotning sifat ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablarga javob beradigan va taklif qilinayotgan modelning samaradorligini baholash imkoniyatini beruvchi (pedagogik va psixologik) usullari majmuasidan foydalanishi orqali amalga oshiriladi.
5. Tashxis boshqaruvning real voqeasiga aylanishi va pedagogik faoliyatning muayyan tizimini ifodalashi uchun uni quyidagi bosqichlarga ajratdik:
1. Tadqiqot muammosini qo’yish va unga aniqlik kiritish.
2. Tashxis vositalarni tanlash.
3. Material (ma’lumotlar) yig’ish.
4. Ma’lumotlarni qayta ishlash.
5. Natijalarni izohlash/talqin qilish va tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ma’lumotlarning (axborotning) asosiy sifat ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: ob’ektivlik - olingan natijalar voqe (real, haqiqiy) holatni aks ettirishi kerak; validlik - o’lchovda yo’l qo’yiladigan xatoliklar asl, haqiqiy ko’rsatkichlarning qiymatlarini maqbul (qabul qilsa bo’ladigan) aniqlik darajada kafolatlashi kerak; to’liqlik - ma’lumotlar (axborot) manbalari natijalarni olish mumkin bo’lgan sohasini qamrab olishi yoki uni to’g’ri ifodalashi (reprezentatsiya qilishi) kerak; yetarlilik - ma’lumotlar (axborot) hajmi tadqiqotchining ehtiyojlariga mos kelishi va vaziyatning rivojlanish holatini tahlil qilish va u yoki bu qarorni qabul qilish uchun yetarli bo’lishi kerak.; strukturalanganlik - manbalardan olingan yagona ob’ektga doir turli ma’lumotlar strukturada tartibga solinishi va tizimlashtirilgan bo’lishi lozim.
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, tadqiqotimizning asosiy xususiyatlari uzluksizlik, ilmiylik, bashoratga yo’naltirilganlik, pedagogik maqsadga muvofiqlik, yaxlitlik va izchillikmerosiylikdan iborat bo’ladi. Ana shu xususiyatlarga ko’ra tashxis umumiy ta’lim muassasasida nostandart ta’lim jarayonini yaratishga qaratilgan faoliyatning turli jihatlarini uzluksiz ob’ektivlashtirish jarayoni vazifasini bajaradi.


Download 284.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling