Tushda kechgan umrlar” romanidagi o’xshatishga misollar va ularning tahlil talqini


Download 41.59 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi41.59 Kb.
#1150026
1   2   3   4
Bog'liq
yarasheva lingvokulturologiya

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

45 


Xulosa

Tilshunoslikning asosiy vazifasi til haqidagi bilimlardan kelib chiqqan 


holda til birliklarini ularning o’zoro sintagmatik, paradigmatik, shakl-mazmun 
va boshqa munosabatlarida ( kelib chqishi, davriga, hududga tegishliligidan) 
bo’ladigan o’zgarishlarni hisobga olib aniq belgilashdan va ularning nutqda 
qo’llanilish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat bo’lmog’i darkor. 
Uslubiyatning asosiy vazifasi til birliklari imkoniyatlarining nutqda 

namoyon bo’lish  qonuniyatlarining, davrga, nutq ko’rinishlariga nisbatan 


me’yoriyligini belgilab berishdan iboratdir. Tilshunoslikka va stilistikaga oid 
tadqiqodlarning hammasi ana shu vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi 
shart. Bu narsa tilshunoslikning ham, stilistikaning ham boshqa sohalar bilan
munosabatidan kelib chiqadigan boshqa vazifalarni, albatta inkor etmaydi. 
Ko’p yozuvchilarni bilish, bitilgan matnlarni o’qiy olish, ko’p 

yozuvlarda yoza bilish, ko’p tilni bilish, bu tillarda gaplasha olish insonlarning 


eng yaxshi fazilatlaridan biridir. Insonlarning komillik darajasi,avvalo uning
nutqida o’z ifodasini topadi. 
Tilini qadrlamagan odam o’zini ham, xalqini ham, vaqtini ham 

qadrlamaydi. Shu nuqtai nazardan biz har bir matnga oqilona yondashib tahlil


tartibiga e’tibor bermog’imiz lozim. Matn faqat yozma ko’rinishga xos, 
nutqning esa og’zaki va yozma ko’rinishlari mavjud . Biz mavzumizdagi
badiiy tasvir vositalaridan o’xshatishga har bir matnda yoki og’zaki 
nutqimizdan misollar keltirishimiz mumkin. 
Lekin uning leksik vositalar ishtirokidagi misollari grammatik 

ko’chimlardagi misollardan jozibadorligi bilan farqlanadi. O’xshatishlar 


ko’proq nazmiy matnlarda uchraydi. Lekin biz bugun nasriy asarlardan 
misollar to’pladik va ko’zlangan maqsadga erishdik. 

46 

Tasviriy vositalar orasida o’quvchining tafakkurini kengaytirishga 
xizmat qiladigan adabiy san’atlardan biri o’xshatishdir. O’xshatish o’tmish 
adabiyoti va adabiyotshunosligida 
tashbeh deb yuritilgan. Mumtoz 
she’riyatimizdagi badiiy san’atlarning taniqli tadqiqodchilaridan biri 
A.Husayniy tashbehning yetti xil shakl ko’rinishlari mavjudligini ko’rsatib 
o’tadi. Hozirgi zamon adabiyotshunosligi va tilshunosligiga oid darslik 
qo’llanmalarda ham tashbeh ox’shatishning shakllari to’g’risida batafsil 
fikrlar bayon etilgan. 
Biz O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida o’xshatish 
san’ati qo’llanilishi haqida mulohaza yuritar ekanmiz, tasviriy vositaning shakl 
ko’rinishlarini qo’llanilishini emas, balki yozuvchining o’xshatishni qanday 
ifodalagani va uning o’quvchiga qanday yetib borishi tushuniladi. Bunda biz 
bitiruv ishidan maqsadimiz tilshunoslikning uslubiyat sohasida erishilgan 
samarali yutuqlari ,uslubshunoslikda ko’chimlar va ularni badiiy nutqda 
tutgan o’rni, badiiy tasvir vositalaridan o’xshatishni O’tkir Hoshimovning 
“Tushda kechgan umrlar” romanidan olingan misollar orqali tahlil qilishga
harakat qildik. 
Bunda O’tkir Hoshimovning til xususiyatlarini o’rganish bilan birga 

uning badiiy matnda qo’llangan tasviriy vositalaridan mohirona 


foydalanganligini isbotini ko’rdik. Ayniqsa, o’xshatishga ko’pgina misollar 
uchratdik va uni kuzatishlar natijasida quyidagi xulosaga keldik: 



Download 41.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling