Tushuncha va hukm (Mulohaza ). Mavzu rejasi va bayoni


Tushunchaning mazmuni va hajmiga ko’ra turlari


Download 0.53 Mb.
bet5/16
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#225412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Tushuncha-va-hukm- Mulohaza .

Tushunchaning mazmuni va hajmiga ko’ra turlari.
  • Tushunchalar o’zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmuni unda fikr qilinayotgan predmet va hodisalarning muhim belgilari yig’indisini tashkil etadi. Masalan: “jinoyat” tushunchasining mazmunini ijtimoiy xavfli, qonunga zid bo’lgan hatti-harakatlar tashkil etadi, hajmiga esa o’g’irlik, jonga qasd qilish, ta'magirlik va hakozalar kiradi. O’z hajmiga ko’ra ikki yoki undan ortiq predmetlardan tashkil topgan tushunchalar mantiqiy sinf deyiladi. Sinflar uni hajmini tashkil etgan kichik sinflardan va yakka predmetlarni ifodalovchi sinf elementlaridan tashkil topadi. Masalan: o’simlik - sinf, daraxt - kichik sinf, archa daraxti -sinf elementi hisoblanadi. Mantiqda tushunchalar hajmiga ko’ra universal sinf (Osiyo mamlakatlari), yakka sinf (O’zbekiston Respublikasi) va bo’sh sinflar (aylana kvadrat)ga ajratiladi. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Unga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha.
  • Tushunchalar mazmuni va hajmiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
    • Aim.uz
    • Hajmiga ko’ra tushunchalar yakka va umumiy, chegaralangan va chegaralanmagan, ayiruvchi va to’plovchi turlarga bo’linadi. Masalan: “Zarafshon daryosi” - yakka tushuncha, “shahar” - umumiy tushuncha, “O’zbekiston Respublikasi shaharlari” - chegaralangan, “atom”
    • - chegaralanmagan, O’zbekiston fuqarolari siyosiy huquqlarga ega - ayiruvchi tushuncha, O’zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdori - to’plovchi tushuncha. Tushunchalar mazmuniga ko’ra konkret va abstrakt, nisbatli va nibatsiz, ijobiy va salbiy turlarga bo’linadi. Masalan: “avtomobil” - konkret tushuncha, “do’stlik” - abstrakt tushuncha, “institut” - nisbatsiz tushuncha, “sabab” va “oqibat” - nisbatli tushunchalar, “bilimli” - ijobiy tushuncha, “bilimsiz”
    • - salbiy tushuncha hisoblanadi.

    • Download 0.53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling