Tushuncha va hukm (Mulohaza ). Mavzu rejasi va bayoni


Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar


Download 0.53 Mb.
bet6/16
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#225412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Tushuncha-va-hukm- Mulohaza .

Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar.
  • Ob'ektiv olamdagi barcha narsa va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi sababli, inson ongida mana shu narsa va hodisalarni aks ettiruvchi tushunchalar ham ma'lum bir munosabatlarga kirishadi. Tushunchalar avvalombor, munosabatlariga ko’ra taqqoslanadigan va taqqoslanmaydiganga bo’linadi. Taqqoslanadigan tushunchalar mazmuni va hajmi jihatidan ma'lum umumiy o’xshash belgiga hamda o’zaro munosabatga ega bo’ladi. Masalan: “o’qituvchi” va “shifokor” taqqoslanadigan tushunchalar hisoblansa, “daftar” va “teatr” taqqoslanmaydigan tushunchalardir. Mantiq fanida faqat taqqoslanadigan tushunchalar munosabati o’rganiladi. Taqqoslanadigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarning o’zi hajm jihatidan sig’ishadigan va sig’ishmaydiganga bo’linadi.
    • Aim.uz
    • Sig’ishadigan tushunchalar munosabati moslik, qisman moslik va bo’ysunish (subordinatsiya) munosabatlariga bo’linadi. Moslik munosabatidagi bitta predmet va predmetlar sinfini aks ettiruvchi tushunchalar bo’lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan: “O’zbekiston poytaxti” va “Toshkent shaxri” tushunchalari o’rtasidagi munosabat xuddi shunday.
    • A- O’zbekiston poytaxti V- Toshkent shahri
    • Masalan:
    • qisman umumiylikga ega.
    • A-O’qituvchi. V- Professor.
    • Bo’ysunish munosabatidagi tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to’liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:
    • Aim.uz
    • A-O’simlik.
    • V-Daraxt.
    • Sig’ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikga ega bo’lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi turli xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Bu tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar ham uch xil munosabatga - birga bo’ysunish, qarama-qarshilik va zidlikga bo’linadi.
    • Birga bo’ysunish munosabati qo’yidagi tushunchalar o’rtasida mavjud:
    • A-Shahar.
    • V-Toshkent shahri.
    • S-Moskva shahri.
    • Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetlar va predmetlar guruhining qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya'ni biri predmetning biror belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgisini aks ettiradi. qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o’zlari bo’ysunadigan tushunchaning hajmini to’la qamrab olmaydi.
    • Masalan:
    • A-Bino V-Baland bino S-Past bino
    • Aim.uz
    • Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo’lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o’laroq, bo’ysundiruvchi tushunchaning hajmini to’liq qoplaydi. Masalan:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling