Tushuncha va hukm (Mulohaza ). Mavzu rejasi va bayoni


taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish


Download 0.53 Mb.
bet4/16
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#225412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Tushuncha-va-hukm- Mulohaza .

taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish kiradi:
  • a) taqqoslash yordamida predmetlarni boshqalari bilan o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash va umumiy belgilari hamda boshqalaridan ajratib turuvchi yakka belgilari aniqlanadi;
  • b) analiz yordamida predmetni fikran tashkil qiluvchi muhim belgilar alohida ajratilib, har qaysisi o’rganiladi. Sintez analizga teskari jarayon bo’lib, unda fikran ajratilgan predmetning belgilari birlashtirilib, bir butun holga ketiriladi. Sintez yordamida predmet haqida yaxlit fikr hosil qilinadi;
  • c) abstraktsiyalash yordamida predmetning umumiy va yakka belgilaridan uning mohiyatini tashkil etuvchi muhim tomonlarlariga o’tiladi hamda nomuhimlaridan chetlashiladi;
  • d) umumlashtirishda predmetlarning ayrim umumiy o’xshash, muhim xususiyatlariga ko’ra bitta umumiy tushunchaga birlashtiriladi va shu yordamida umumiy belgiga ega predmetlarning sinfi haqida fikr yuritiladi.
  • Tushunchalar so’z va so’z birikmalari orqali ifodalanadi. Masalan: “kitob”, “kompyuter”, “Navoiy shahri”, “Birlashgan millatlar tashkiloti” va hakozo. Tushuncha va so’zning aloqadorligi tafakkur bilan tilning bog’liqligidan kelib chiqadi. Tushuncha va so’z aynan bir xil bo’lmasdan bir tushuncha turli xil tillarda turlicha ifodalanadi yoki ba'zi so’zlar (bog’lovchilar) tushunchalarni ifodalamaydi. Turli fan sohalarga oid tushunchalarni tushunchalarni mazmunini aniq ifodalash uchun maxsus terminlardan foydalaniladi.

  • Download 0.53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling