Tushunchalari
Fan tekshiradigan masalalar va asosiy tushunchalar
Download 426,29 Kb. Pdf ko'rish
|
1.2.Маъруза № 1 Microsoft Office Word
1.1. Fan tekshiradigan masalalar va asosiy tushunchalar
Amalda ishlatiladigan barcha bino, inshoot va mashinalar konstruksiya elementlariga qo‘yiladigan asosiy talablar, ularning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligini taminlashdir. Fanni o‘rganishdan maqsad konstruksiyalar va ularning qismlari mustahkamligi, bikirligi va ustivorligini ta’minlash usullarini yaratish va asoslashdan iborat. Bu masalalarni hal qilish konstruksiya elementlarini to‘g‘ri loyihalash va hisoblash hamda bino, inshoot, mashina mexanizlari va boshqalarning ekspultatatsiya jarayoni davomiyligi davrida to‘liq, ishonchli ta’minlashdir.
Muhandislar inshootlarni qurishda mehnat ham, material ham eng kam sarf qilish maqsadida o’tkazilgan hisoblashlar natijasida ko‘p variantli loyihalar tuzadi va ulardan eng arzon, qulay hamda yuqorida qo‘yilgan uchta talablarga javob beradigan loyiha tanlab olinadi.
ustivor bo‘lishini taminlashda zarur bo‘lgan zo‘riqish va deformatsiyalarni aniqlash usullarini o‘rgatuvchi fandir.
qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir. Bikirlik - konstruksiya elementlarining tashqi kuch ta’siridan katta deformatsiya hosil qilmaslik qobiliyatidir. Ustivorlik – tashqi kuch ta’sirida konstruksiya elementlarining dastlabki muvozanat holatini saqlash qobiliyatidir. Nazariy mexanika fanining materiallar qarshiligi fanidan farqi shundaki, nazariy mexanika fanida jism absolyut qattiq jism, ya’ni deformatsiyalanmaydi deb qaraladi. Materiallar qarshiligi fanida esa aksincha, qattiq jism deformatsiyalanadi deb qaraladi. Nazariy mexanikada absolyut qattiq jism qaralganligi sababli tashqi kuchlar ta’sirida bo‘lgan absolyut qattiq jismlar o‘z geometrik o‘lchamlari va shaklini o‘zgartirmaydi. SHu sababli nazariy mexanikada jismlar mustahkamlikka, bikirlikka va ustivorlikka tekshirilmaydi. Material qarshiligi fanida jismlar deformatsiyalanadi deb qaraladi, ya’ni tashqi kuchlar tasirida jismlar geometrik o‘lchamlarini yoki shaklini o‘zgartiradi. Jismlarning tashqi kuchlar ta’sirida geometrik o‘lchami yoki shaklini o‘zgartirishiga deformatsiya deb ataladi va u quydagilarga bo‘linadi: 1.Jism tashqi yukdan ozod qilingandan keyin, u o‘zining oldingi o‘lchamlari va shaklini to‘liq qayta tiklasa, bunday deformatsiyaga elastik deformatsiya deyiladi. 2. Jism tashqi yukdan ozod qilingandan keyin u o‘zining oldingi o‘lchamlari va shaklini qayta tiklay olmasa, bunday deformatsiyaga plastik (qoldiq) deformatsiya deyiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling