Statik va dinamik yuklar. Yuk o‘z miqdori, qo‘yilgan nuqtalari yoki
yo‘nalishlarini sekin-asta oxirgi qiymatigacha o‘zgartiradigan, ya’ni tezlanishlari
e’tiborsiz bo‘lgan yuklarga statik yuklar deyiladi.
Yuklar o‘z miqdor va qo‘yilgan nuqtalarni juda qisqa vaqt mobaynida juda
katta tezlik bilan o‘zgartirsa bunday yuklarga dinamik yuklar deyiladi. Bunda
konstruksiya tebranishlar chastotasi va inersiya kuchlarini e’tiborga olish shart va
ularni aniqlash hisoblash ishlarining katta qismini tachkil etidi.
Doimiy va vaqtincha yuklar. Yuklarni bunday turlarga bo‘lish konstruksiya
elementlari hisoblash usuli bilan asoslanib, ayrim hollarda ishonchlilik yuk
koeffitsientini kiritish va ehtiyotlik koeffitsientlarini kiritish bilan tushuntiriladi.
Konstruksiyalarni ekspulatatsiya qilish jarayonida ta’sir etadigan yuklar
doimiy yuklardir (masalan xususiy og‘irligi).
Vaqtincha yuk ma’lum bir davrda ta’sir etadi, masalan odamlarning va
jihozlarning bino yopilmalariga bosimi, shamolning minoraga bosimi va boshqalar.
Ekspulatatsiya jarayonida bu yuklarning ta’sir etish xarakteri va miqdori jiddiy
o‘zgarishi mumkin.
Sirtqi kuchlardan tashqari konstruksiya elementlarining temperaturasining
o‘zgarishi (qizishi va sovushi) natijasida ham hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |