5-mavzu. Turkiston o‘lkasida Sovet hokimiyati boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Bolsheviklarning o‘lkada yuritgan siyosati hamda Turkiston ASSR va Turkiston Kompartiyasining tashkil topishi. Markaz vakolatli organlarining Turkistondagi faoliyati hamda ularga qarshi milliy kommunistlar va Musulmonlar byurosining kurashi. Turkistondagi ocharchilik va uning oqibatlari. “Harbiy kommunizm”dan yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish. O‘rta Osiyoda yer-suv islohoti birinchi bosqichining amalga oshirilishi.
6-mavzu. Turkiston ASSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning boshlanishi. Harakatning mohiyati, maqsadi va ijtimoiy tarkibi. Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi istiqlol janglari. Qo‘rboshilar faoliyati hamda qo‘rboshilar qurultoylari.
7-mavzu. Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash hamda qizil armiya tomonidan amir hokimiyatining ag‘darilishi. BXSRning tashkil topishi va faoliyati (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari. Qizil armiyaning Buxoroga hujumi hamda amir hokimiyatining ag‘darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi. BXSRdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar.
8-mavzu. Xiva xonligidagi ahvol hamda xon hokimiyatining ag‘darilishi. XXSRning tuzilishi va turli islohotlar (B1 1 soat; B1+ 3 soat).
Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat va Yosh xivaliklar faoliyati. Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi. Qizil armiya tomonidan Xiva xonligining tugatilishi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi hamda undagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar.
9-mavzu. BXSR va XXSRda qizil armiyaga qarshi kurash (B1 1 soat; B1+ 3 soat).
BXSR hududida qizil armiyaga qarshi kurash va xalq qo‘zg‘olonlarining boshlanishi. Buxoro qo‘rboshilarining milliy ozodlik uchun kurashi. Xorazmda Junaidxon boshchiligidagi harakat va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Istiqlolchilik harakatining mag‘lubiyatga uchrash sabablari va kurash saboqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |