Tushuntirish xati


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi


Download 0.57 Mb.
bet5/31
Sana18.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1680521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
5-6. Tarix 10-11-sinf

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
1-mavzu. Kirish. (B1 1 soat; B1+ 1 soat)
“O‘zbekiston tarixi” o‘quv fanining ahamiyati. Tarix saboqlari. O‘zbekistonning sovet davri tarixining alohida xususiyatlari va davrlashtirish masalalari.
I bob. TURKISTON O‘LKASIDA SOVET HOKIMIYATINING O‘RNATILISHI HAMDA O‘ZBEK XALQINING MUSTAQILLIK UCHUN KURASHI (1917 – 1924 yy.)
(B1 10 soat; B1+ 21 soat)
2-mavzu. Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktabr oralig‘ida (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi. Petrogradda bo‘lgan Fevral inqilobi va uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri. Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komiteti faoliyati. Butunturkiston musulmonlari qurultoylari hamda “Sho‘roi Islomiya” va “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlarining faoliyati. Jadidlar bilan ulamolar o‘rtasidagi ixtiloflar.
3-mavzu. Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda o‘rnatilishi hamda bolsheviklar diktaturasi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Rossiyadagi-oktyabr to‘ntarishi hamda uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri. Toshkentda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi hamda Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Sovetining tashkil qilinishi. Bolsheviklar va so‘l eserlarning Turkiston jadidlariga qarshi kurashi.
4-mavzu. Turkiston Muxtoriyati – tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Jadidlarning muxtoriyat uchun kurashi hamda Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va faoliyati. Turkiston xalqlari tomonidan muxtoriyat hukumatining qo‘llab-quvvatlanishi. Bolsheviklarning Turkiston Muxtoriyatiga qarshi kurashi. Dashnoqlar va qizil gvardiyachilar tomonidan muxtoriyat hukumatining tor-mor qilinishi. Qo‘qondagi ommaviy qirg‘inlar.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling