Tushuntirish xati


Tarix fanini o‘qitishning vazifalari


Download 0.57 Mb.
bet2/31
Sana18.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1680521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
5-6. Tarix 10-11-sinf

Tarix fanini o‘qitishning vazifalari:
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘tmishimiz va jahon xalqlari tarixi, madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
tarixiy hodisalarni tahlil qilish;
fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Dasturning yana bir jihati shundan iboratki, bunda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashga e’tibor qaratilgan.
O‘qituvchi tarix darsini tashkil etishda o‘qitish usulining turli (ma’ruza, og‘zaki bayon qilish, amaliy topshiriq, ko‘rgazmalilik va hokazo) shakllaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, darsni tashkil qilishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan (bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar) hamda o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ularni faollashtiruvchi va jadallashtirishga asoslangan interfaol metodlar, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishga asoslangan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Shu bilan bir qatorda tezlik bilan rivojlanayotgan axborot kommunikatsion texnologiyalar sohasidan o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida ijodiy foydalanishi dars samaradorligini oshishiga va o‘quvchilarning nafaqat fanga nisbatan balki axborot texnologiyalariga ham qiziqishi ortib boradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-XI sinflarida O‘zbekiston va Jahon tarixining qadimgi zamonlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-XI sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim.
5-sinf Tarixdan hikoyalar (68 soat) – qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan voqealarni (hikoya tarzda) o‘z ichiga oladi;

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling