19-mavzu. O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari (B1 2 soat; B1+ 3 soat).
O‘zbek diviziyalarining tashkil qilinishi. Urushning dastlabki kunlaridagi janglar. Tub burilish va undan keyingi janglar. Yaponiya militaristlariga qarshi kurashda o‘zbekistonliklar hissasi. Harbiy asirlar va ularning qismati. G‘alaba bayramidan Xotira va Qadrlash kunigacha.
20-mavzu. O‘zbekiston fani va madaniyati – g‘alaba uchun xizmatda (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbek adabiyoti va san’ati fashizmga qarshi kurashda. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining tashkil topishi va faoliyati. O‘zbekistonning Rossiya, Belorussiya va Ukraina intellektual elitasini saqlab qolishdagi roli.
IV bob. O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOLI VA RIVOJLANISH MUAMMOLARI (1945 – 1959 yy.)
(B1 3 soat; B1+ 6 soat)
21-mavzu. O‘zbekiston xalq xo‘jaligining urushdan keyingi ahvoli (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Sanoatni qayta kurish. O‘zbekistonda paxta monokulturasi va uning oqibatlari. Hunarmandchilikning ahvoli. Mirzacho‘l va boshqa hududlarda qo‘riq va bo‘z yerlarning o‘zlashtirilishi.
22-mavzu. Ziyolilarning qatag‘on qilinishi va sovet jamiyatida shaxsga sig‘inishning fosh qilinishi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
O‘zbekiston ziyolilari qatag‘on qilinishining yangi bosiqichi. Stalinning o‘limi va shaxsga sig‘inish oqibatlarini tugatish yo‘lidagi urinishlar. O‘zbekiston siyosiy boshqaruvidagi o‘zgarishlar va rahbarlar almashuvi.
23-mavzu. O‘zbekistonda sanoatning bir tomonlama rivojlanishi (B1 1 soat; B1+ 2 soat).
Sanoat sohasidagi ahvol. Transport va undagi muammolar. Kadrlarni tayyorlash masalalari va ruslashtirish siyosati.
V bob. O‘ZBEKISTON BARQAROR RIVOJLANISH DAVRIDA
(1959 – 1983 yy.)
(B1 3 soat; B1+ 6 soat)
24-mavzu. O‘zbekistonning siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar hamdaSovetlarning partiya organlariga qaramligi (B1 1 soat; B1+ 2 soat)
O‘zbekistonda siyosiy rahbariyatning o‘zgarishi va O‘zbekiston Kompartiyasining siyosati. Xalqning moddiy ahvolidagi ijobiy siljishlar. KPSSning rahbarlik roli va hokimiyatning joylardagi siyosiy organlari. Sovetlar va jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |