XOM ASHYO VA TAYYOR MAHSULOTLAR TAVSIFI
Soya- bir yillik o’simlik bo’lib Uzoq Sharqda , Moldaviya , Gruziya , va Ukrainada ekiladi. Uning vatani Sharqiy Osiyo hisoblanadi .Xitoy , Xindiston , Yaponiya , Avstraliya , Shimoliy Amerika , va Rossiyaning sharqida uning bir necha xili ekiladi . Xitoyda uning daraxt bo’lib o’sadigan turi ham mavjud. Uning bo’yi 2.8 metr xitpyda soya suti tayyorlash keng rivojlangan . Butun dunyoda ishlap chiqarilavotgan suyuq yog’larni anchagina qismini soya yog’I tashkil etadi. MDX da soya asosan yog’ olish uchun ekiladi. Naviga qarab soya doning bo’yi 7- 8.5 mm eni 5.8- 7.1 mm , qalinligi 4.2- 7.8 mm bo’lib tarkibida 19-22 % yog’ 39-45 % oqsil, 2.8- 6.8 % selleloza , 3.3- 6.4 % kul va 13.1- 33.0 % azotsiz ekstra faol moddalar bo’ladi. Soya kunjarasida lizin miqdori a’lo nav bug’doy uniga ko’ra bir necha marta ko’p . Undan tashqari , soya uni vitaminlarga boy . Soyani “yumshoq “ rejimda qayta ishlash tavsiya etiladi. Soya donini oqsil ombori deyish mumkin.
Soya yog’I tez quriydigan bo’ladi, uning tarkibida 10 -16 % palmitin , 4-9 % stearin, 15 -26 % olein kislotalar , 46-55 % linol , 6-14 5 linolenkislota bor.
Keyingi yillarda O’zbekiston yog’-moy sanoatida soya yog’ ham ishjlap chiqarilmoqda .
Natriy gidroksid ( Na OH)- yog’ va moyl;ar tarkibidagi erkin yog’ kislotalarni neytrallash uchun keng foydalaniladi . Bunda yog’ kislotalarini yog’da erimaydigan tuzi yani sovun hosil bo’ladi.
Zavodlarda nariy gidroksidi konsentrlangan eritma( 42-45%) yoki qattiq xolda (92% li )200-400 kg lit emir barobanlarda olib kelinadi.
Oqlovchi tuproq- faollangan, oqlovchi tuproqlar tabiiy betonni tuproqlar- alumasilikatlardan olinadi.yog’larni qayta ishlash sanoatidagi ishlatiladigan adsorbentlar yuqori adsorbsiyali sig’imga va faollikga , rivojlangan yuzaga ega bo’lishi, yog’ sig’imi klatta bo’lmasligi va yog’ bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi va yog’dan onson ajralishi kerak.Yog’ni qayta ishlash sanoatida MDX da ishlap chiqarilgan faollangan tuproq-askanid ishlatiladi, uning yog’ sig’imi 75 % ni tashkil qiladi.
Faollangan ko’mir yog’dagi yaxshi xlorofilni yomon yoqotadi.Shuning uchun faollangan ko’mir bilan faollangan tuproq aralashmasini ishlatish tavsiya qilinadi.
Oqlash vaqti 20- 30 minutni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |