Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi


Download 0.52 Mb.
bet12/23
Sana22.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1647069
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI

Go‘shanga yoki chimildiq uyning burchagiga gulli yoki oq mato to‘silib u kelin va kuyovning ilk nikoh kechasidan so‘ng yechilgan,62 bu orqali ikki yosh turli nazarlardan saqlanishi ko‘zda tutilgan. Farg‘ona vodiysida Marg‘ilon udumlariga muvofiq avvallari qo‘yning oshig‘i ilinib qo‘yiladi deb keltiriladi, bunda Islom dinigacha bo‘lgan davrda turkiy xalqlarning ilohi hisoblangan Umayning “kelin va kuyovni yovuz ruhlardan qo‘riqlaydi”63 degan belgi bor bo‘lib uning etimologiyasidan undan foydalanayotganlarning xabari bo‘lmasligi tabiiy. Lekin hozirgi kunda bunday oshiqdan chimildiq uchun deyarli foydalanilmaydi. Uni kelin va kuyov tomonidan yoshi ulug‘ bir marotaba oila qurgan serfarzand ayol qarindoshlari ichidan vakillar tomonidan ilinadi va ularning o‘zlari yechishadi.
Pichoq – kelin qarindoshlari va do‘stlari davrasida kuyovning uyiga olib kelinayotganda to‘y kuni kelinni kuyov olishiga ruxsat berish uchun avval kelinning o‘gil ukasi yoki jiyaniga pichoq beriladi.
Gulxan – Zardushtiylik dinida olov muqaddas hisoblangan va buning hozirda ham ba’zi bir udumlarda saqlanib qolinganligini ko‘rishimiz mumkun. Kuyov kelinni hozirda ulovdan ko‘tarib olov atrofida uch marta aylantirgan holda(ba’zida tushirib aylanishadi) uyga olib kiradi.
Oyna – nikoh kechasi kelin va kuyov bir-biriga oynada qaraydilar qo‘llarini biroz muddat ushlab turishadi va bu ularga bir-biri bilan tanishuv maqsadida o‘tkazilgan.
Sandiqcha – kuyovning oilasi kelin uchun to‘ydan avval yoki to‘y kuni kelin uchun berilib uning ichiga non solib qo‘yiladi. Non albatta mo‘l-ko‘l hosil ramzi sanalib, yangi oilaning to‘kinlikda hayot kechirishini istab bu odat bajariladi
Nikoh o‘qilayotgan paytda dasturxon yozilib unga non, qand, suv qo‘yilib, nikoh tugagach suvdan avval kuyov, kelin ichib, so‘ngra boshqalarga uzatilgan. Buning ma’nosi kelin va kuyovning umri uzoq bo‘lishi, hayotlari to‘kin-sochinlikda o‘tishi uchun, fayzli, barokatli va baxtiyorlikda yashashlari uchun degan ezgu niyatdir.
Bride bell – ingliz madaniyatidagi qo‘ng‘iroq chalish Shotlandiyaning Kelt qabilalari orasida anʻana sifatida saqlanib qolgan bo‘lib, to‘y kuni cherkovda nikohdan so‘ng qo‘ng‘iroqning chalinishi yovuz ruhlarni haydab, yangi kelin kuyovni asrab, ularga bildirilgan tilaklarni amalga oshirishiga ishonishgan. Bundan tashqari qo‘ng‘iroq jarchi vazifasini bajarib, butun qishloqga yangi qurilgan oila tog‘risida habar bergan. Zamonaviy to‘ylarlarda ham bu odatga amal qilishadi, yangidan yangi g‘oyalar bilan to‘ylarida qadimiy urf-odatlardan foydalanishadi. Irlandiyada esa kelin va kuyov uchun maxsus to‘y sovg‘asi sifatida qo‘ng‘iroq berishgan va kelinning guldastasi ham qo‘ng‘iroqchali gullaridan yasalgan bo‘ladi.
Wedding carriage – nikohdan so‘ng juftlik maxsus ot aravaga o‘tirib sayr qilishadi yoki bazm uyushtirilayotgan manzilga borishadi. Buning tarixi ikki yoshning oila qurilganligini ma’lum qilish maqsadida qishloqni aylanib, qishloq aholisidan tabriklar eshitib, sovg‘alar yig‘ishgan. Hozirda ham ot aravadan ham bezatilagan mashinadan foydalanishadi, biroq sovg‘alar yeg‘ish udumi bundan mustasno.
Wedding ring – nikoh uzugi bo‘lib, kelin va kuyov o‘rtasidagi abadiy muhabbat va sadoqat ramzi hisoblani, juftliklar nikoh paytini bir birlarining qo‘liga taqishgan, u odatda sodda ko‘rinishda bo‘lib o‘ng qo‘l to‘rtinchi barmoqqa taqiladi, buning etimalogiyasi qadimgi misrliklarning tabobat ilmi bilan bog‘liq bo‘lib, misrliklar aynan o‘sha barmoqda yurakka boruvchi qon tomir o‘tkanligini aniqlashgan va uzukning juftliklarning qalblarini doimiy sevgiga to‘ldirib turadi degan ma’noda ishlatishgan.
Engagement ring – unashtiruv uzugi, ingliz yigitlari bunga e’tibor beradilar va yerga bir tizzalab o‘tirgan holda uzuk taqdim etib, qizning qo‘lini so‘raydilar. O‘zbek an’analarida ham ba’zi hududlarda tilla uzuk, zirak yoki bilak uzuk kabi taqinchoq fotixa to‘yida qaynona tomonidan beriladi.
O‘zbek madaniyatidagi qalin berish udumiga ko‘ra yigitning oilasi kelinning oilasi uchun pul yoki tuya, qo‘y beradi, chunki ishchi kuchi sifatida qaralganda ham qiz ota uyini tark etib, yigitning uyida ularning xizmatlarini qiladi, bundan tashqari, qiz o‘zi bilan sep yoki sarpo ham olib keladi. Bunday holatda qalin tushunchasida o‘rnini qoplash semasi mavjudligini ifodalaydi.
Ingliz to‘y ma’rosimlarida ham asrlab meros bo‘lib kelayotgan, garchi ularga aholining barcha qismi amal qilmasada saqlanib kelinayotgan udumlar mavjud va ular o‘z ma’no-mazmuniga ega. Tumush qurmoqchi bo‘lgan juftliklar uchun katta yoshli oila a’zolari ingliz madaniyatidagi ba’zi bir tushunchalar haqida so‘zlab berishadi, ular eshitadigan eng ko‘p maslaxat Something Old, Something New, Something Borrowed, Something Blue, A Sixpence in your Shoe64( eski narsa, yangi narsa, qarzga olinga narsa, ko‘k narsa, poyabzalda olti chaqa) deb nomlanib bu qofiyadosh birikmalarning har biri ma’lum bir ma’noga ega. Bu so‘zlar qurilayotgan oila baxtli va mustahkam bolishi uchun kelin o‘zi bilan to‘y kuni kiyib yoki olib yurishi kerak bo‘ladigan buyumlar hisoblanadi. Kelinning libosidagi yoki taqib olingan eski narsa odatda qizning oilasidan meros qilib olgan taqinchog‘i, mato bo‘lagi kelin va kuyovning kelajakda tug‘ilajak farzandini himoya qilishi, yangisi esa ularning oldindagi yorug‘ hayot yo‘liga ishora qilgan. Shu bilan birga biron baxtli jufliklardan olib turilgan narsa yangi qurilayotgan oilaga ham shunday baxt nasib etishligi ramzi sifatida, ko‘k narsa esa sadoqat, muhabbat, poklik belgisi bo‘lib ularni yomon ko‘zlardan asrashi, kelinning chap tuflisida yashiringan tanga esa unga omad, farovonlik olib kelishi nazarda tutilgan. Bu odat Britaniyaning an’analarni hurmat qiluvchi oilalar tomonidan bajarilib kelinmoqda.
To‘y konseptining tarkibiga kiruvchi yana bir atributlardan biri bu kiyim kechak nomlari. Ikki diniy qarashga ega bo‘lgan o‘zbek va ingliz xalqining asrlar mobaynida shakllargan o‘z kiyinish madaniyatiga egadir.
O‘zbek tilining ham kelin libosi bilan bog‘liq ko‘plab tushunchalari mavjud. Ruslar istilosi bilan bilan birgalikda uning madaniyati ham kirib kelgan. Bungacha bo‘lgan davrda milliy matolarimiz hisoblangan shoyi, atlas, adras, banoras, beqasamdan tikilgan bejirim liboslar, boshlarida ro‘mol, do‘ppi, peshonaboq, tilla, kumush, misdan yasalgan tillaqosh, zebigardon, zulf, ziraklarlar, bilaguzuklar kelinni bezab turgan. Hozirda kelinlarimiz to‘y kuni oq libosni kiysalarda har bir viloyat o‘z milliy liboslarini unutmaydilar, marosimlar paytida milliy ko‘rinishda gavdalanadilar. Farg‘ona vodiysida yuzochar marosimi to‘y kuni yoki ertasi kuni o‘tkaziladigan marosim bo‘lib, unda kelin albatta milliy libosda ko‘rinishi shart hisoblanadi. Ota uyni tark etayotganda kelinchak o‘zbekona oq libosda, oyog‘ida maxsi kovush, ustida paranji yopingan holda tark etadi. Paranji – bu uzun chopon bo‘lib, yuzni yopish uchun to‘rsimon mato o‘rtasida joylashgan, bu ayol yuzini nomahram erkaklardan to‘sish uchun ishlatilgan, bugungi kunda to‘y marosimlarini o‘tkazishda shu milliylik saqlanib qolingan.
O‘zbek milliy to‘y libosining ranglari xilma xil hisoblanadi. Farg‘ona vodiysida asosan xonatlas va adras matosidan tikilgan bo‘lib rang-barangligi bilan ajralib turadi. Namangan o‘zining beqasam matosi, Buxoro zardozlik asosida beztilgan choponlari, Surxon vohasi libosdagi kashtalari, Xorazm yorqin rangli matoning old qismiga bezalgan taqinchoqlari bilan ajralib turadi. Buning barchasining zamirida bo‘lajak kelinning ham hayoti quvonch va baxtga to‘lishi kabi ezgu niyatlar ham yotadi. Nikoh marosimida ham kelin maxsus tikilgan oq rangdagi libos kiygan. Xalqimizda oq rang poklik, pokizalik timsoli hisoblanishi bilan birga ramziy ma’noda bo‘lg‘usi kelinni qizlik olamidan “ayollar” dunyosiga o‘tayotganligini ham anglatgan.
Surxondaryoda nikoh to‘yning ikkinchi kuni kelinga maxsus ayollik kiyimini kiydirish marosimi o‘tkazilgan. Mazkur marosimda kelinga xalq orasida “kampir yoqali” ko‘ylak deb atalgan uzun tik yoqali ko‘ylak kiydirilib, sochi ikkita qilib o‘rilgan. Odatga ko‘ra, kelinlar oilada birinchi farzand tug‘ilgunga qadar kelinlik liboslarini kiyganlar65.
Chopon ramziy ma’noda kuyovni turli insu-jinslardan asrash maqsadida kiygizilgan va uni himoya qiladi deb qaralgan, lekin hozirgi kunda milliylik ramzi sifatida ishlatilib, kuyov uchun qizning oilasi tomonidan tortiq e’tiladi.
Ingliz kelinlarining oq libosda namoyon bo‘lishi malika Viktoriya davriga borib taqaladi, bilamizki kelin kelin ko‘ylak faqat osha kun uchun tikiladi, qirolicha Viktoriya ham hammadan ajralib turishni istagan holda to‘yi kuni oq libosni avzal ko‘radi, keyinchalik bunday uslub barcha aholi vakillari tomonidan takrorlana borib, hozirgi kunda butun dunyo madaniyatiga kirib bordi va to‘y liboslari ichida dominantlik qilib kelmoqda. Oq rang poklik va bokiralik ramzi bo‘lib, yangi hayotga qadam qo‘yayotgan qiz uchun uning yangi yo‘lning boshlanishi kabidir. Bundan tashqari oq rangni xristian diniga aloqador tomonlariga ko‘ra poklanish ramzi sifatida qarashadi, chunki bola cho‘qintirilgandan so‘ng oq libos kiydiradilar.
Wedding garter – qadimda kelinning ko‘ylagidan bir qismini uyga olib ketish mehmonlar orqali ularga ham xuddi shunday omad olib kelishiga ishinishgan va keyinchalik bog‘ich o‘ylab topilib, bu kelinning soniga taqib olinuvchi va unga va yangi qurilajak oilaga omad olib kelishi uchun hizmat qiladigan tasma hisoblangan.
Bridal Crown/Tiara- kelinlik toji, qadimgi Yevropada kelinlik tojini faqatgina to‘y kuni kelinlar taqishi mumkun bo‘lgan, bu qizning o‘z aybsizligi va bokiraligining o‘rniga sevgining ustunligi ma’nosini bergan va oilali ayollar taqib yurishgan.
Brides veil- kelinning fatalari, ularning uzun bo‘lishi kelin-kuyovning qurilajak oilasining uzoq davom etishi belgisi sifatida qaraydilar. Asrlar davomida o‘zbek kelinlarida fata ro‘lini oq ro‘mol bajarib kelgan va kelinsalom oadtini bajarish uchun, kelinning yuzini begona odamlardan yashirish maqsadida ishlatilagan, ammo hozirgi davrda ingliz fotalari ro‘molning o‘rnini bosib oq libosga mutanosib ravishda kiyilmoqda.
To‘y kuni kuyov ikkala madaniyatda hozirgi kunda kastum-shimda gavdalanadi, biroq o‘zbek madaniyatida milliylik belgisi sifatida to‘y tugagach go‘shangaga milliy choponda kiradi.
Taom to‘y konseptining eng muhim tushunchasidan biri bo‘lib, aynan to‘yning ziyofat ma’nosini ochib beradi. Yuqorida bir nechta ingliz to‘ylari bilan bog‘liq taom turlari xususan to‘y to‘rti, to‘y nonushtasi kabi tushunchalarni izohlab ketgan edik.
O‘zbek bazmining asosini oshsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, naxorgi nonushtaga erkaklar taklif etiladi, o‘zbek tilida osh konsept sifatida erkak jinsi bilan bog‘lanadi, chunki osh kuchli taom hisoblanib insonni kuchga to‘ldiruvchi taomdir. Bundan tashqari kuyov kelinni olib ketish borganda oshga taklif etilib oshni kuyovjo‘ralarga o‘z qo‘llari bilan bir martadan yedirib chiqadi, bu bilan baxtning do‘stlariga ham nasib etishi ma’nosida ishlatilgan.
To‘sht- kuyov tomonning yuborgan jonliqning(qo‘y) to‘sh sohasi to‘y kuni kuyovning xonadoniga yuboriladi. To‘sht qismida hayot uchun zaruriy o‘rganlar joylashgan bo‘lib kuyovga jonliqning bu qismini yillar davomida asrab avaylab o‘stirgan yuraginining bir parchasini berib yuborayotganligining ramziy belgisi hisoblanadi.
Sut – kelinning kuyovnikiga kelgan payt uni sut bilan kutib olishadi, bundan turli ma’no borligi ta’kidlanib, sut poklik ramzi sifatida kelinchak serfarzand, zotli farzandlarni dunyoga keltirsin degan ma’noda qizga ichirishgan. Bundan tashqari kelinning yangi oilaning a’zosi sifatida qo‘shilganligidan dalolat beradi deb qaralgan.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling