Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi
Download 0.52 Mb.
|
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI
Qaynona va qaynota( qudalar) kelin va kuyovning ota-onalari bir birlari uchun shunday nomlanib, to‘ydagi eng hurmat etiluvchi, to‘yboshilari hisoblandi.
Qaynegachi, qaynsingi – kelin yoki kuyovning opasi va singlisi, qaynog‘a, qaynuka – kuyov yoki kuyovning akasi va ukasi, ovsin – kuyovning akasi yoki ukasining ayoli, kelinoyi – kuyov akasining ayoli kabi to‘yning ishtirokchilar mavjud. Dasturxonchi – to‘y bazmining tashkillovchisi bo‘lib, to‘ydagi zifofat, kelgan mehmonlarning joylashtirish kabi vazifalarni bajaradi. Kelin yoki kuyovyanga kelin yoki kuyovning qarindoshlaridan vakillar bo‘lib, ko‘plab viloyatlarda ular to‘y kuni bir nechta udumlarni bajarishadi. Misol uchun kelin va kuyov nikoh kechasi ular tomonidan oyna, Qur’on kitobi va shirin suv olib kiriladi(to‘ydan keying marosimlarda ham qudalarga dastavval shirin suv olib kiriladi). Shirin suv yangi qurilayotgan oilaning hayoti quvonch va suvdek tiniq, pokizalik bilan boshlansin degan ma’noda beriladi. Oynada ikki yosh bir biriga qaraydilar, bu udum aslida, avallari kelin va kuyov bir-birini birinchi marta ko‘rishgan, lekin hozir bunga hojat bo‘lmasada bu odatga amal qilishadi va bu oyna kuyovning oilasi tomonidan qizga to‘ydan avval sarpolari bilan yuboriladi. Qurʻon kitobi esa eng muhimi, ya’ni oilaning Qurʻonga muvofiq bo‘lishi, butun hayoti davomida ularga amal qilishi kerakligidan darak beradi so‘ngra kelin va kuyov ikki rakat namoz o‘qishadi. Xonanda – o‘zbek to‘ylarini ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, mehmonlar qo‘shiq sadolar ostida raqsga tushadilar va xordiq chiqaradi, ingliz to‘ylarida esa musiqachilarning o‘zi kifoya bo‘lib, asosiy maydonda kelin va kuyov turadi va albatta to‘y raqsini ijro etishadi. Bu odat bizning ham to‘ylarimizda uchrab turuvchi holat, albatta buning sababchisi ham ommaviy madaniyatning ortidan quvishdir, lekin bu bizning mintalitetimizga xos hisoblanmaydi. Suxandon, davraboshi – to‘yni olib boruvchi boshlovchi bo‘lib, uning so‘zamonligi, mehmonlar uchun qiziqarli to‘yning borishiga mas’ul bo‘lib, u madaniyatli, ma’naviyatli bo‘lishi muhimdir. Ingliz tilida bu tushuncha wedding host deb yuritiladi va to‘yning zamonaviy, quvnoq, esda qolarli bo‘lishini ta’minlaydi. To‘y konseptiga oid bo‘lgan buyumlarni ikki til doirasida ko‘rib chiqamiz. Qalin – kiyim-kechak, oziq-ovqat, jonliq, pul ko‘rinishida kuyovning oilasi tomonidan qizning oilasiga beriluvchi sovg‘a bo‘lib O‘zbekistonning boshqa hududlarida sut puli deb ham ataladi. Ingliz xalqining qadimiy urf-odatiga muvofiq keltirib o‘tilganidek aksincha qizning oilasi kuyov tomonga pul berishgan va ʻwedding downʻ deb atalgan. O‘zbek madaniyatidagi qalin berish udumiga ko‘ra yigitning oilasi kelinning oilasi uchun pul yoki tuya, qo‘y beradi, chunki ishchi kuchi sifatida qaralganda ham qiz ota uyini tark etib, yigitning uyida ularning xizmatlarini qiladi, bundan tashqari, qiz o‘zi bilan sep yoki sarpo ham olib keladi. Bunday holatda qalin tushunchasida o‘rnini qoplash semasi mavjudligini ifodalaydi. Ingliz va o‘zbek madaniyatlari o‘rtasidagi o‘xshashlikni to wed fe’lining tub ma’nosidan ko‘rishimiz mumkun, bu esa garovga qo‘yish yoki pul evaziga rafiqa bo‘lish degan tushuncha bu bizning tilimizdagi to‘y konseptidagi qalin tushunchasiga juda yaqindir. Ingliz tilidagi brideswealth(kelinning boyligi), brides-price(kelinning bahosi), marriage payment(nikoh to‘lovi) kabi birliklarda ifodalanadi, biroq ingliz madaniyatiga ko‘ra kuyovning oilasi emas balki kelinning oilasi tomonidan berilgan. Bunda ingliz qoidalariga ko‘ra turmush qurayotgan qiz otasining mol-mulkidan ma’lum bir qismiga xissador bo‘lib, bu nikohdan so‘ng kuyovning ham mulki deb qaralgan. Bu pul yoki meros shaklida bo‘lib, ota qizi uchun vafotidan so‘ng emas, turmush qurayotgan paytida berilgan. O‘rta asrlarda merosxo‘r ayollar hatto bu boylikdan foydalana olmaganlar, egalik kuyovning qo‘lida bo‘lgan, faqatgina turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng egalik qilgan yoki uning inqirozga uchragan vaqtida mulk ayolning nomida bo‘lganligi sababli olib qo‘yilmagan. Uning miqdori o‘rtacha 10000-30000 dollar atrofida bo‘lib, agar o‘rta qatlam vakilining qizi bo‘lsa aristakratga oilaga turmushga chiqish uchun 60000 dollargacha ko‘tarilgan. XIX asrda boylik ilinjida ko‘p pul bera oladigan kelinlar qidirilib, 500000 dollargacha ko‘tarilgan. 60 Ingliz yozuvchisi Jane Austenning “Andisha va G‘urur “ asarida orta asrlardagi oila qurish munosabatlari ochib berilgan bo‘lib, unda ayolga uylangandan so‘ng qiz otasining mulki to‘g‘ridan to‘g‘ri kuyovga o‘tishi angliya qonunlari bo‘yicha o‘sha davrda,eros faqat erkak kishiga o‘tishi mumkun edi. Asar qahramonlaridan biri bo‘lgan Elizabetninh onasi qizining qarindoshi hisoblangan Kollinsga turmushga chiqishi orqali mulkni iloji boricha saqlab qolishga uringan. Buni esa yuqorida keltirilgan fikrlarning tasdig‘i deb bilishimiz mumkun. Hozirgi paytda Angliyada bunday pul, yoki meros kuyovga berilmasada to‘y harajatlari asosan kelinnning oilasi tomonidan qoplanadi, bu esa eski anʻanalarning yangicha ko‘rinishi desak ham bo‘ladi. Sarpo(tojikcha ʻsarʻ-bosh, ʻpo‘ oyoq ma’nosini anglatadi) yoki sep tushunchasi qizning o‘zi bilan kuyovning uyiga olib boradigan buyumlar, kiyim kechaklar, tilla taqinchiqlar tushuniladi. Kelinning sarpolari qo‘shnilar, qarindoshlar, kelgan mehmonlarga ko‘rsatish uchun avvallari uyning devorlari kelinning sarpolari bilan bezatilib kelgan mehmonlar kelinning sarpolarini uyini tomosha qilganlar. Hozirgi kunda ba’zi bir kiyim-kechaklar ko‘rgazma sifatidan qo‘yiladi, lekin oldingi paytlardigidak emas. Uning tarkibi har bir davrda o‘zgarib, to‘ldirilib, kelmoqda, va uning miqdori kelinning ita-onasining iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda bo‘ladi. Tez shiddat bilan rivojlanayotgan ommaviy madaniyat sarponing ko‘lamiga ham ta’sir etib kelmoqda, yangi texnikalar sepning tarkibiga kiritilmoqda. Xalqimizda sep to‘g‘risida “yeti yoshdan yig‘sang yetadi, olti yoshdan yig‘sang ortadi” degan matal mavjud bo‘lib, bundan ko‘rinib turibdiki qiz bolaning yoshlik davrlaridan uning uchun sep yig‘ilgan. Alpomish dostonida ham Barchinning sepi haqida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra uning yuki 60 tuyaga ortilgani aytiladi.61 Alpomish dostonida mubolag‘a san’atidan foydalanligi bu sonning bo‘rttirib ko‘rsatilganligini bildirishi mumkun, ammo shu bilan birga qadimdan qiz bola uchun sarpo yig‘ish ahamiyatli bo‘lganligini bilishimiz mumkun. Lekin madaniyatimiz, urf-odatlarimizga ko‘ra kelinning sepidan ko‘ra uning odobi, xulqi, insoniylik fazilatlariga asosiy e’tibor qaratiladi. “Sepli kelindan epli kelin afzal” degan naql o‘zbek xalqi insondagi ezgu fazilatlarni qadrlanishini isboti bo‘la oladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling