Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi


O‘zbek va ingliz tillaridagi tilidagi to‘y/bayram konsepti etnografizmlarining nomlanishi


Download 0.52 Mb.
bet10/23
Sana22.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1647069
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI

2.2 O‘zbek va ingliz tillaridagi tilidagi to‘y/bayram konsepti etnografizmlarining nomlanishi.

Ikkinchi bobimizning ushbu faslida yuqorida keltirilgan to‘y konsepti framini tashkil etuvchi uning ishtirokchilari, taom, kiyim-kechak, taom, rang, diniy motivlar, kuy qo‘shiqlar haqida ma’lumot beramiz.


To‘y konsepting yadroviy freymidan biri hisoblangan uning ishtirokchilari to‘grisida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak eng asosiy ishtirokchilari bu kelin(bride) va kuyov(groom) bo‘lib, ikkala obraz ingliz va o‘zbek madaniyatida bir-biridan farq qiladi.
Kelin bu to‘yi bo‘layotgan qiz va o‘zbek kelinlari ibosi, hayosi bilan ajralib turadi. Kelinning to‘y kun ota uydan chiqib ketayotganida ko‘zida yoshi bilan tark etadi, ingliz kelinlarining yuzida faqat tabassum ufurib turishi kerak. Yevropa madaniyatida farzand o‘nsakkiz yoshga kirgandan so‘ng mustaqil hisoblandi va keying hayot yo‘lini o‘zi belgilaydi, shuning uchun ham ingliz kelin obrazida jozibadorlik, go‘zallik, ishonch, sevgi va muhabbatga to‘la chaqnab turgan ko‘zlar gavdalanadigan bo‘lsa, yuzlari faqat yerga qaragancha uyalgan holda oila a’zolari, kelgan mehmonlarga salom bergan holda hayosi ila uyalib turgan holda tasvirlanadi. To‘y kuni kelin obrazi ikka madaniyatda ham oq rang bilan bog‘langan, ya’ni kelin bu poklik, aybsizlik, bokiralik kabi sifatlar kelin uchux xosdir.
To‘ydan so‘ng o‘zbek kelinlari barcha kelgan mehmonlarni kulib qarshi olishi, oila a’zolarining ko‘nglini olish uchun doimiy xizmatda bo‘lishi orqali ota-onasiga samimiy fikrlar olib kelishi kerak. Ingliz kelinlari esa to‘ydan so‘ng kuyov bilan birgalikda asal oyini(honeymoon) nishonlab, dam olgani sayoxat tashkillashadi.
Kuyov(groom/bridegroom) – uylanayotgan yoki yangi uylangan yigit, mardlik sadoqat, yangi qurilayotgan oilaning himoyachisi timsoli sifatida gavdalanadi.
Kelin va kuyovning ota-onasi to‘y marosimining asosiy qatnashuvchilari hisoblanib, ota ingliz madaniyatida xursand holda kelinning qo‘llaridan tutib kuyovning oldiga maxsus yo‘lak bo‘ylab olib borib beradi, o‘zbek otalari esa qizini duo bilan, ezgu tilaklar aytib ko‘zida yosh ila uzatadi. to‘ydan so‘ng ularning ota-onalari qaynona-qaynota deb ataladi, ingliz tilida esa mother-in-low, father-in-low deb ataladi. Ularning xurmati yuksak hisoblanib to‘yboshilar sifatida kelgan mehmonlar tomonidan sovg‘a salomlar(buyum va pul ko‘rinishida) beriladi. Farg‘ona vodiysida kelinlar romoli bilan bukilgan holda salom berib o‘z extiromini bildirishadi.
Maid of Honour faxriy xizmatkor, qizning dugonalari ichidan tanlanib, to‘y libosi, kelinning bezanishi, nikoh shartnomisining imzolanishiga guvohlik kabi barcha mas’uliyatni bo‘niga olgan holda to‘y kuni butun kun kelinning xizmatida bo‘ladi.
Bridesmaids kelinning dugonalari, odatda kelinning kiyimiga o‘xshash bir xil oq libosda kiyinib to‘y kuni kelinga yordam berishgan, lekin uning tarixi uzoq o‘tmishga oid. Qadimda odamlar to‘y kuni yovuz kuchlar yerga tushib, kelinga zarar yetkizmoqchi bo‘lishiga ishonishgan. Shuning uchun dugonalari bir xil kiyinib olishsa ruxlar kelinning qaysi ekanligi anglay olisholmaydi, ya’ni kelinning qo‘riqchilari hisoblanishgan. Shu bilan birga qizlar yigit uchun to‘y puli berishgan va bu mablag‘ni yetkazib berish uning dugonalari yoki ayol xizmatchilari tomonidan bajarilgan.
Best man kuyovjo‘ra, ingliz va o‘zbek to‘ylarida bu ishtirokchilarning o‘rni muhim hisoblanadi. Germanlarning Got qabilalarida kuyovning do‘stlari kelinni o‘g‘irlashgan va uning qarindoshlari tomonidan olib ketilmasligini ta’minlab turishgan. To‘yning tashkillanishi, bazm dasturxoni, nikohga guvohlik, kuyov uchun pul yig‘ish, kuyovga kiyim tanlash kabi vazifalarni bajaradi. Bizning o‘zbek kuyovjo‘ralari ham shunday masʻuliyatli ishni bajarishadi.
Flower girl – kelinning ortidan gular sepgan holda yo‘lak bo‘ylab yuruvchi 3va 8 yosh atrofidagi qizaloqlar tanlanadi, bu qizning bolalikdagi davriga qiyos qilgan holda kelinni rafiqa bo‘lish uchun yangi bir pog‘onagacha, ya’ni kuyovning oldiga yetaklab boradi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling