jonivorlarga, hatto jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‗llanaveradi. Bu so‗z «organizm
faoliyatining vaqtincha buzilgan»ligini ifodalash uchun ham, shuningdek, «sog‗ning
aksi» ma‘nosida ham qo‗llanaveradi.
Betob, notob, bemor, xasta odamga
nisbatangina
qo‗llanadi.
“Betob”, “notob” so‗zlari «vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal»
ma‘nosini bildiradi.
Notob kam qo‗llanadi.
Bemor so‗zida
ijobiy munosabat
ifodalanadi. Bu so‗z oddiy so‗zlashuvga nisbatan yozuvda ko‗p qo‗llanadi.
Xasta
nisbatan eskirgan.
Nosog„ juda kam qo‗llanadi.
Og„riq so‗zi ham bu ma‘noda kam
qo‗llanadi.
KECHIRIM, uzr, afv. Kechirish iltimosi, O‗tinish iltimosi.
Kechirim, uzr so‗zlari «biror gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma‘nosida ham,
shuningdek, umuman, «kechirish» ma‘nosida ham qo‗llanadi.
Afv so‗zi, asosan,
«gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma‘nosida qo‗llanadi, shu ma‘noda ham juda kam
qo‗llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: