Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778889
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
Bog'liq
1-KITOB (SH.A.H.)

 
FRAZEOLOGIYA 
 
🔰IBORALAR - Ikki va undan ortiq so'zning o'zaro barqaror (bo'linmas) birikuvidan 
tashkil topgan va ko'chma ma'noda qo'llaniluvchi turg'un birikma. 
Yerga ursang ko'kka sapchiydi - sho'x 


✅Es : Iboralar kishi xotirasida bir so'z holida saqlanadi, tarkibiy qismlarga 
ajratilmaydi, gapda bir bo'lak holida yaxlit tahlil qilinadi. 
✅Es : Iboralar bir necha so'z birikib, yangi ma'no hosil qilgani uchun birikmadir. 
🔘iboraning ichki uzvi - ibora tarkibidagi so'zlar 
🔘iboraning tashqi uzvi - asl ma'nosi 
🔰Iboralarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari : 
✔Sinonim iboralar 
✔Antonim iboralar 
✔Omonim iboralar 
✔Paronim iboralar 
🔰SINONIM IBORALAR 
💢1.ipidan ignasigacha - miridan sirigacha - qilidan quyrug'igacha 
💢2.Asabiga tegmoq - g'ashini keltirmoq - jahlini chiqarmoq 
💢3.To'ydan oldin nog'ora chalmoq - podadan avval chang chiqarmoq 
💢4.Boshida danak chaqmoq - boshida yong'oq chaqmoq 
💢5.Hash-pash deguncha - ko'z ochib yumguncha 
💢6.Ikki oyog'ini bir etikka tiqib olmoq - oyog'ini tiramoq 
💢7.Do'ppisi yarimta - dunyoni suv bossa to'pig'iga chiqmaydi 
💢8.Dimog'i shishmoq - burni ko'tarilib qolmoq 
💢9.Boshi ko'kka yetmoq - do'ppisini osmonga otmoq - og'zi qulog'ida - og'zining 
tanobi qochmoq - qo'yi mingga yetmoq - terisiga sig'may ketmoq 
💢10.Og'ziga tolqon solmoq - mum tishlamoq - og'iz ochmaslik - og'zida qatiq ivitmoq 
💢11.Sariq chaqalik - bir pullik 
🔰ANTONIM IBORALAR 
💢Qo'y og'zidan cho'p olmagan - yerga ursa ko'kka sapchiydi 
💢Qo'li uzun - qo'li kalta 
💢Oqko'ngil - ichi qora 
💢Qo'li ochiq - qishda qor bermas, yuvundisini itga bermas 
💢Dunyoga kelmoq - dunyodan ketmoq 
💢Tili uzun - tili kalta 
🔰PARONIM IBORALAR - tarkibidagi bir so'z va ma'no jihatidan farq qiluvchi 
frazalar. 
💢Yuragi tars yorildi - yuragi qoq yorila yozdi 
💢Payiga tushmoq - payini qirqmoq 


💢Yetti uxlab tushida ko'rmaslik - yetti uxlab tushiga kirmaslik 
💢Ep ko'rmaslik - ep bilmaslik 
🔰OMONIM IBORALAR 
✔Ko'z yummoq - indamaslik 
✔Ko'z yummoq - vafot etmoq 
� So'z birikmasi - charchaganidan ko'z 
yumib oldi 
✔Boshiga ko'tardi - shovqin soldi 
✔Boshiga ko'tardi - E'zozlamoq 
� So'z birikmasi - ukasini boshiga 
ko'tardi 
✔Bosh ko'tarmoq - o'smoq, unmoq 
✔Bosh ko'tarmoq - isyon qilmoq 
� So'z birikmasi - yostiqdan bosh 
ko'tardi 
✔Boshini yemoq - halok qilmoq 
✔Boshini yemoq - ko'p meva qilmoq 
� So'z birikmasi - mevaning boshini 
yedi 
✔Gap tegmoq - So'kish eshitmoq 
✔Gap tegmoq - navbat tegmoq 
✅Gapida turmoq - va'dasini bajarmoq 
✅Gapida turmoq - qaysarlik qilmoq 
✔Iziga tushmoq - zimdan ta'qib qilmoq 
✔Iziga tushmoq - yaxshilanmoq 
✅Ichagi uzildi - kuldi 
✅Ichagi uzildi - och qolmoq, ochiqmoq 
🔘Jon bermoq - astoydil, fidoyi bo'lmoq 
🔘Jon bermoq - vafot etmoq 
💥Joni bor - tirik 
💥Joni bor - asosli, daliliy, haq gap 
💫Joni chiqmoq - asabiylashmoq 
💫Joni chiqmoq - o'lmoq 
💣Ko'nglini ochmoq - xursand bo'lmoq 
💣Ko'nglini ochmoq - dardini aytmoq 
🚀Ko'ngli bo'shadi - yig'ladi 
🚀Ko'ngli bo'shadi - xo'rligi keldi 
🌈Qo'l ko'tarmoq - urmoq 
🌈Qo'l ko'tarmoq - ovoz bermoq 
🌈Qo'l ko'tarmoq - taslim bo'lmoq 
🔥Ustidan chiqmoq - bajarmoq 
🔥Ustidan chiqmoq - duch kelmoq 
⚡O'ng kelmoq - Chin bo'lmoq, amalga 
oshmoq 
⚡O'ng kelmoq - qulay, foyda 
🌀So'z bermoq - va'da 
🌀So'z bermoq - navbat 
💧Og'zini ochmoq - gapirmoq 
💧Og'zini ochmoq - hayron qoldirmoq 
� Yuragini yormoq - dardini aytmoq 
� Yuragini yormoq - qo'rqitmoq 
� 🏫O'tib ketmoq - ta'sir qilmoq 
� 🏫O'tib ketmoq - vafot etmoq 
� So'z birikmasi - ortda qoldirmoq 
🔰IBORALAR barcha uslublarda qo'llanishi mumkin. Publitsistik, badiiy, so'zlashuv 
uslubida tasviriy-uslubiy vazifalarni, rang-baranglikni oshirish uchun qo'llaniladi. 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling