Tuzuvchi : shohruh arabjonov
)omonim asos + omonim affiks = omonim so'z
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4)omonim soz + omonim soz = qoshma soz
- Bir turkum doirasidagi omonimlik. 1)ot-ot : bel, bog‘, gul 2)fe‘l – fe‘l : balqimoq, betlamoq 3)sifat – sifat : bo‘sh Ikki turkum doirasidagi omonimlik
- Uch turkum doirasidagi omonimlik
- Eslatma
1)omonim asos + omonim affiks = omonim so'z :
oq+ish=oqish, til+im=tilim, terim=terim, suz+ma, kech+ik, ter+ma, bo'l+ma, och+iq, o'r+im, soch+iq, soch+ma, tin+iq, yop+iq, qiy+iq, yoz+iq, osh+iq, bo'l+ak 2)omonim asos + omonim shakl+omonim shakl = omonim so'z gaz+la+ma = gazlama 3)omonim bo'lmagan asos + omonim shakl = omonim so'z bo'g'+ma, er+i, yashir+in 4)omonim so'z + omonim so'z = qo'shma so'z ot+quloq, suv+chechak, qo'y+mijoz, qovoq+ari, osh+qovoq, osh+ko'k, bel+kurak Es : omonim so'zlar bir turkum doirasida kuzatilganda ularga grammatik shakllar qo'shilganda ham o'zaro shakldoshlikni saqlab qoladi. Agar har xil turkumga mansub shakldosh so'zlarga qo'shimcha qo'shilsa, o'zaro omonimlik yo‘qoladi. Bir turkum doirasidagi omonimlik. 1)ot-ot : bel, bog‘, gul 2)fe‘l – fe‘l : balqimoq, betlamoq 3)sifat – sifat : bo‘sh Ikki turkum doirasidagi omonimlik : 1)ot-fe‘l : ari, bo‘lma 2)ot-sifat : band, bog‘liq, but 3)ot-ravish : burun, sira, tim 4)ot-taqlid so‘z : do‘q, patir, pir 5)ot-undov so‘z : do‘st Uch turkum doirasidagi omonimlik : 1)Ot-sifat-fe‘l : bez, hur, sog‘, sur, terma,tik 2)Ot-son-fe‘l : uch 3)Ot-olmosh-fe‘l : qalay 4)Ot-sifat-fe‘l-(yuklama) : oq Bir so‟z ham shakldosh, ham ko‟p ma‟noli bo‟lishi mumkin. Tor I – musiqiy asbob Tor II – keng emas Tor - ko‘ngli tor (polisemantik) Palla I – tarozining pallasi Palla II – yoz pallasi Palla -tarvuzning pallasi Uch I – son, raqam Uch II – uchmoq Uch III – Miltiqning uchi Uch – velosipedda uchmoq (polisemantik) Eslatma : tok-tok, tort-tort kabilar omograf so‘zlar hisoblanadi. BARQAROR BIRIKMALAR 🔰Barqaror birikmalar - ikki va undan ortiq so'zlarning o'zaro turg'un(ajralmas) birikmasidan tashkil topgan, nutqqa qadar tayyor holatda bo'lgan, faqat til egalari xotirasida imkoniyat tarzida saqlanuvchi paremalar. M : stolba gullaganda, yog' tushsa yalagudek, tuyani dumi yerga tekkanda, xamir uchidan patir. ✔Paremiografiya - barqaror birikmalar lug'ati bilan shug'ullanuvchi bo'lim. 🔰PAREMALAR : ✔AFORIZM ✔MAQOL ✔MATAL ✔TASVIRIY IFODA ✔FRAZA (IBORA) 🔰MAQOLLAR - Xalq donishmandligi natijasida yaratilgan, grammatik jihatdan gap holida shakllangan, ko'chma ma'noda qo'llanuvchi barqaror birikmalar. M : Otning o'limi - itning bayrami, Arg'amchiga qil quvvat, Gado arazlasa to'rvasiga zarar, Qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimas. 🔰MATAL - Xalq donishmandligi asosida yuzaga kelgan, gap holida shakllangan, o'z ma'nosida qo'llanuvchi paremalar. M : Qimirlagan qir oshar, Avval o'yla, keyin so'yla, Yaxshidan bog' qolar, yomondan dog' qolar. 🔰AFORIZM (HIKMATLI SO'Z) - Grammatik jihatdan gap holida shakllangan ayrim shaxslar donishmandligi natijasida yuzaga kelgan paremalar. M : Vatanni sevmoq iymondandir (Hadis) Odamlar o'qishdan to'xtaganlari zahoti fikrlashdan ham to'xtaydilar (Deni Didro) Adabiyot - atomdan kuchli....(A.Qahhor) 🔰TASVIRIY IFODA - Narsalarning ikkinchi nomi hisoblanib, bir narsani ikkinchi bir narsaga o'xshatish asosida paydo bo'lgan paremalar. ✔kumush tola - ipak ✔Oq oltin - paxta ✔O'rmon podshosi - she'r ✔Dala malikasi - makkajo'xori ✔So'z ustasi - qiziqchi, yozuvchi ✔Sahro kemasi - tuya ✔Qora oltin - neft, ko'mir ✔Oq chashma - sut ✔Qanotli do'stlar - qushlar ✔Bahor elchisi - qaldirg'och, boychechak ✔Salomatlik posbonlari - shifokor ✔Charm qo'lqop ustasi - bokschi ✔Fasllar kelinchagi - bahor ✔Yaylov bahodirlari - cho'ponlar ✔Baraka urug'i - bug'doy ✔Zangori olov - gaz ✔Zangori ekran - televizor ✔Uyg'onish fasli - bahor ✔Po'lat ot - traktor ✔Dunyo tomi - Pomir ✔Xalq oqsoqoli - Prezident ✔Zangori kema - paxta mashinasi ✔Aql gimnastikasi - shaxmat, matematika 🔘Es : Parafrazalarning boshqa paremalardan farqi shuki, ular ham ko'chma ham o'z ma'noda bo'ladi. M : dala malikasi - dalada o'sadi, malikaga o'xshatilgan. 💫 Tasviriy ifodalarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari : 💥Sinonim parafrazalar : ✔1.Fasllar kelinchagi ✔2.Uyg'onish fasli ✅Javob : Bahor ✔1.G'azal mulkining sultoni ✔2.O'zbek tilining asoschisi ✅Javob : Navoiy 💥Omonim parafrazalar : 💢So'z ustasi - qiziqchi 💢So'z ustasi - yozuvchi 💫Asr vabosi - OITS 💫Asr vabosi - giyohvandlik 💣Qora oltin - ko'mir 💣Qora oltin – neft Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling