47
yuzalarning o’zaro joylashishi va ularni uzunliklari nazorat qilinadi. Ayniqsa gilza ichki
sillik yuzasi diametri uni elipisligi, konusligi va kirralari to’la tekshiriladi.
Ichki sirt
diametri uchta kesimda maxsus pnevmatik nazorat jihozida tekshiriladi. Ichki
diametrlari tekshirib guruxlarga ajratish va maxkamlash
maxsus avtomatik jihozda
amalga oshiriladi.
Avtomobil g’ildiraklarining gardishini (ступицасини) tayyorlash. G’ildirak
gardishi qattiqligi NV-163 bo’lgan toblanuvchan cho’yandan tayyorlanadi. Kesib ishlov
berishda podshipnik uchun tayyorlangan yuzalarni aniqligi yuqori bo’lishi kerak.
Avtomobil g’ildiraklarining gardishini tayyorlash sxemasi quyidagicha:
Tashqi yuzalarga dag’al va toza ishlov berish, podshipnik urnini qirqish,
rezba ochish uchun tishiklarni parmalash va zenkerlash;
Yon yuzalarga dag’al va toza ishlov berish,
faska ochish, ichki
yuzalarga ishlov berish, teshiklarni parmalash;
Teshiklarni zenkerlash va razvyortkalash;
Teshiklarga rezba ochish;
Siqilgan xavo bilan yuvish;
Nazorat qilish.
1 va 2 operatsiyalar
yarim avtomobillarda, 3 va 4 operatsiyalar esa parmalovchi
yarim avtomobillarda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: