Tvich va diqt ma'ruza lotin
Dumaloq bo’lmagan sterjenlar turidagi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7399 uzsmart.uz
Dumaloq bo’lmagan sterjenlar turidagi detallarni ko’ndalang kesim yuzasi
dumaloq bo’lmagan to’g’ri va egri sterjenlar tashkil qilib, ularning uzunliklari kundalang kesim yuzasida 2 va undan ortiq marta uzun (oldingi balka, shatun, uzatmalar kutisining vilkasi, kolodkalar, koromislalar va boshqalar). Richaglarning konstruktiv shakllari turli-tuman, shuning uchun bu sinfga kiruvchi ba'zi detallarni texnologiyasi aloxida xususiyatlarga ega. Ammo bu tur detallarni hammasi uchun umumiy bo’lgan narsa shuki, bu detallarda detalning oxirida maydoncha va bu maydonchada teshikchalar bo’ladi. Ba'zi xollarda zagotovkani tayyorlashda kerakli o’lchamlarni olishning imkoni bulmaydi va mexanik ishlov beriladi. Qiyshiq (egri) richaglarni tayyorlashda (tormoz kolodkalari) egri yuzalarga ishlov berish asosiy operatsiyalardan biri xisoblanadi. 48 Aniq parallel teshikli richaglarni (masalan, shatunlar) tayyorlash texnologiyasi juda katta mehnat talab qiladi. Detallarga ishlov berishda chernovoy o’rnatish qo’yish bazasi bo’lib, asosiy teshiklarning yon tomoni va kallakning tashqi konturi xisoblanadi. Keyingi ishlov berishlarda asosiy teshik va uning yon tomonlari doimiy o’rnatish bazasi bo’lib xizmat qiladi. Texnologik operatsiyalarni bajarishda detal qo’zg’almaydi. Ishlov berish agregat dastgohlarda bajariladi. Yuk avtomobilining boshqariluvchi oldingi ko’prigi dutavr kesimli po’lat balkadan iborat bo’lib, oldingi ressora va ikki musht bilan qattiq (jestko) birikadi. Bu mushtlar yuksizlantirilgan, ya'ni avtomobil og’irligini balkadan mushtlarga o’tkazmaydi. Ekspluatatsiya jarayonida oldingi ko’prik balkasi katta yuklanishlarni qabul qiladi: u oldingi g’ildiraklarga tushadigan avtomobil og’irligini qabul qiladi. Balkaning kundalang kesimi dvutavr shaklida bo’lishi kam metal sarflangan holda zarb va egilish yuklamalariga katta karshilik ko’rsatadi. Balkaning o’rta qismi chetki kimlarga nisbatan bir muncha pastroq, bu o’z navbatida ramani pastroqka tushirish va avtomobilning og’irlik markazini pastroqka joylashtirish imkonini beradi. Balka 45 markali konstruktsion po’latdan tayyorlanadi. Asosiy ishlov beruvchi yuzalar podressora o’rnatiladigan maydonga, bobishkaning yon tomonlari, bu detalning buylama o’qiga nisbatan 80 C ga og’ma. Boshqa yuzalarni ikkinchi darajali yuza deb qarash mumkin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling