У ч е н ы й X x I в е к а международный научный журнал


NAVRO`ZING MUBORAK, AZIZ ELIM


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/49
Sana14.05.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1460793
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Bog'liq
uch21vek 3 2022

NAVRO`ZING MUBORAK, AZIZ ELIM 
 
N.M. Azizov

 
Bahor - fasllar gulshani, uyg'onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib 
yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug'ilishidan bahra oladi, 
zavqlanadi. Turkiy xalqlar ham Navro'z bayramini, ya'ni yangi kunning tug'ilishini 
aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas. Navro`z - bahor, yangi yil bayrami. 
“Navro`z" atamasi ikki fors so'zidan tashkil topgan bo'lib “nav" - yangi, “ro'z" - kun ya'ni, 
“yangi kun" degan ma'noni bildiradi. Navro'z – turkiy xalqlarning eng ommaviy va 
go'zal bayramidir. Ushbu maqolada Navzo’z bayramining kelib chiqishi, uning tarixi va 
qadryatlari yoritib berilgan. 
 
Kalit so’zlar: Navro’z, urf-odat, qadryat, xalqlar, marosim, tarix. 
Dunyoda bayramlar, unutilmas kunlar ko`p. Yer yuzida qancha xalq bo`lsa, 
shuncha turfaxil bayramlar mavjud. Ularning har biri o`ziga xos tarovatlarga, 
ne`matlarga boy bo`lib nishonlanishi jihatidan ham bir-biriga mutloqa o`xshamaydi. 
Masalan, gurji xalqida shunday bir marosim borki, unda ishtirok etuvchi kishilar 
qo`llarini bir-birlarining elkasiga tashlab, jo`r ovoz bo`lib qo`shiq kuylashadi. Qozoq 
qardoshlarimizning “Qiz quvdi”, “Qiz olib qochdi” singari urf-odatlari o`sha mamlakat 
xalqlarining o`ziga xos milliy xususiyatlarini aks ettiradi. O`rta Osiyo va yaqin sharq 
xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiradigan ulug` bir bayram borki, bu Navro`zi olamdir. 
Navro’z 3000 yillik tarixga ega bayramdir. Navro’z qadimiy milliy bayrami (fors 
tilidan tarjima qilinganda “yangi kun” ma’nosini anglatadi) 21-mart kuniga to’g’ri 
keladi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning 
kirib kelishi bilan ko’pgina O’zbek oilalarida Sumalak, xalim, ko’k somsa, Osh kabi turli 
milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo’lgan 
ko’pgina vitaminlarga boydir. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-
odatlari va qadriyatlari kuchga kirdi. Jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos 
tusga ega bo’ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan 
umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro’z bayrami mahallalarda va qishloqlarda, 
tuman va shaharlarda keng miqyosda nishonlanmoqda. 
Navro`z so`zi tilga olinganida, so’z va g’azal mulkining sultoni Nizomiddin mir 
Alisher Navoiyning go`zal bir bayti xotiraga keladi:
Har tuning qadr o`libon, 
Har kuning o`lsin Navro`z. 
Ya`ni har bir kechang qadr kechasi, xayrli, qutlug`, tun bo`lsin, har-bir kuning 
yangi kun bo`lsin! Bu albatta, inson zotiga har doim ham nasib bo`lavermaydigan oliv 
saodatdir. 
Navro`z yaqin sharq mamlakatlari xalqlarining qadimiy milliy bayrami 
hisoblanadi. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra Navro`z qadimgi Eronliklarda Axmoniylar 
davrida ( miloddan avvalgi 558-330 yillar ) boshlab odat tusiga kirgan. Navro`z haqida 
eng to`la ma`lumotlar va aniq ilmiy xulosalar Sharq yozma manbalarida buyuk olim Abu 
Rayxon Beruniyning “ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar “, “ Qonuni Mas`udiy” va 
“Attafxim” asarlarida, Umar Hayyomning “ Navro`znoma” risolasida yozib qoldirilgan. 
Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ” asarida shunday yozadi: U 
kuni Navro`z deb atashinuing sababi shuki, Firdavsiy ( taxminan 934-1025 yillar) 
“Shohnoma” sida keltirishicha, Jamshid qadimgi Eron podshohlaridan biri, u o`z 
saltanati davrida anchagina taraqqiy parvar tadbirlar joriy etgan. Jumladan u davlat 
tuzgan, odamlarni tabaqalarga ajratgan, kiyim kiyishga o`rgatgan, majusiylar dinini 
yangilagan va bu ish qilingan kun “ Navro`z “- “ Yangi kun “ deb ataladi. 
Umar Hayyom ham “ Navro`znoma “ asarida Navro`z nishonlari haqidagi 
rivoyatlarni podshoh Jamshid davriga taqaydi va shoh Qayumars hamal oyining 
birinchi kuni yil boshi hisoblansin deb farmon berganini ham eslatib o`tadi. 

© N.M. Azizov, 2022. 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 
28 
Jumladan shoh Jamshid haqida Umar Hayyom shunday deydi: “ Jamshid shu 
kunni ( fevraldin oyuni boshi ) Navro`z atalsin deb farmon beradi va odamlarga har yili 
farvardinning kirishini bayram qilishini, uni yangi yil deb hisoblashni buyuradi. 
Bunday misollarni yana ko`plab keltirish mumkin. Navro`z haqida nafaqat O`rta 
Osiyo yoki Yaqin Sharq olimlari, shoir ulamolar, balki Ovro`po qit’asi qalamkashlari 
ham maroq bilan yozishgan. Taassufki, yaqin o`tmishmizda ayrim shaxslar va jo`n 
fikrlovchi kishilar tomonidan muqaddas bayramimizga nohaq tosh otildi, turli 
tamg`alarni yopishtirishga harakat qilindi. Natijada xalq dili biroz muddat aziyat 
chekdi. Biroq johil, nodon, uzoqni ko`ra olmaydigan kimsalarning davru – davronlari 
ko`pga cho`zilmadi. Mustaqillik yillarida Navro`z bayramiga nisbatan qilingan taqiq va 
tayziqlar bekor qilindi. Xalqimiz Navro`zni yanada shod xurramlik bilan nishonlay 
boshladi. 
Navro`zi olam kelishi bilan yer yuzi har- xil kiyimlar kiygan qiz – juvonlardek 
jilolandi. Tog`lar, qirlar, dalalar ham butunlay turfa xil ranglarga burkanib, minglab 
gullar, chechaklar yer ostidan shodiyona bosh ko`tardi. Butun olam ushbu kun muattar 
hidlarga to`ladi. 
Navro`z asrlar davomida kishilarda ona yerga muhabbat, uni va tabiatni avaylab 
asrash tuyg`usini uyg`otishga xizmat qilib kelgan, ularni mehnatga, muhabbat ruhida, 
yuksak manaviyatli qilib tarbiyalashda jiddiy ahamiyat kasb etgan. Navro`z kunlarida 
o`zaro urushlarga chek qo`yilgan, qarindoshlar bir – birini, yorug dunyodan ko`z 
yumganlar qabrini, yosh - yalanglar keksalarni ziyorat qilganlar. Shu kunlarda arazlar, 
gina –a qudratlar unut bo`lgan. Zero Navro`z kishlarni yaxshi ishlarga o`gatgan, 
qalblarini ezgu - tilaklarga to`ldirgan, mehr – oqibatni kuchaytirgan.
Mamlakatimiz mustaqillakka erishgach, yurtimiz milliy urf – odatlarimizning 
qadrini ko`tarishga e`tiborini kuchaytirdi. Jumladan, Navro`z shodiyonalari yanada 
keng miqyosda tantana qilina boshladi. Mamlakatimiz rahbariyati kishilarni 
ma`naviyatli, yurtsevarlik ruhida tarbiyalashda Navro`zning roli katta ekanligini 
ta`kidlamoqda. Jamiyatni ma`naviy jihatdan yuksaltirish, demokratik hur fikrlik 
tamoyillarini qaror toptirishda Navro`z bayrami muhim tadbirlardan biridir. 
Xulosa qilib aytganda, Navro’z – xalqimiz qalbidan mustahkam o`rin egallagan, 
teran ildiz otgan muqaddas bayramdir. Navro`z xalq tabiatida, tabiat qonuniyatida 
yashaydi. Ushbu bayram har bir inson qalbiga olam – olam shodlik, quvonchlar hadiya 
etadi. Sevimli shoirimiz Mirzo Kenja ta`biri bilan aytganda: 
O`rgatib har dilda hurlikni, 
Ko`klam isyon qilaveradi. 
Namoyishga chorlab borliqni, 
Navro`z qaytib kelaveradi.
Har bir joyda bo`lgani kabi bizning Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika 
institutida ham Navro`z shodiyonalarini o`tkazishga alohida etibor berib kelinmoqda. 
Bayram arafasida institut hududida, ko`cha va xiyobonlarni obod etishda, daraxt va 
gullar o`tqazish maqsadida mahallalarda, viloyat, tuman markazlari, qishloqlarda xalq 
hasharlari o`tkaziladi. Bu ishga bizning professor-o`qituvchilarning ham faol ishtirok 
etishi alohida e’tiborga loyiqdir. Chunki o’zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan bu 
azaliy qadriyatda har bir inson faol ishtirok etishini o’zining muqaddas burchi deb 
biladi. Jumladan, biz pedagoglar ham Navro’z bayramiga bag’ishlangan ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, o’z fuqorolik burchimizni bajarib, xalqimiz 
quvonchiga quvonch bag’ishlaymiz. 
Navro`z mehnat bayrami sifatida ham qadrlidir xalqimizda “Hamal kirdi ,amal 
kirdi “ degan naql bor. Bu dehqonning yerga Baraka urug`ini sepishini bildiradi. 
Shuningdek saxovat, mehr – oqibat, tinchlik, xayru baraka, san`at, pazandachilik 
bayrami sifatida ham Navro`zga tarif - tavsif beriladi. 
Navro`z keldi deguncha doshqozonlarda sumalaklar qaynaydi. Bu xushxor taom 
ilikuzuldi davrida inson tanasiga cheksiz quvvat olib kiradi. 
Mustaqillik sharofati bilan qaytadan dunyo yuzini ko`rgan Navro`zimiz bor 
bo`lsin. U asrlar osha xalqimizga tinchlik, ezgulik, baxt, iqbol, xursandchilik, qut Baraka 
olib kelaversin! Navro`z hammamizga qutlug` bo`lsin. Navro’z ayyomingiz muborak 
bo’lsin! 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
29 
Adabiyotlar ro’yxati: 
 
1. Abu Bakr al-Narshaxiy. Buxoro tarixi, T., 1966. 
2. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqpardan qolgan yodgorliklar.
3. Umar Xayyom. Navro’znoma. 
4. Mahmud Koshg’ariy. Devonu lug’otit-turk. 
5. 
https://www.trt.net.tr/uzbek/madaniyat-va-san-at/2016/03/21/assalom-navro-z-
454984
 
6. 
https://www.amerikaovozi.com/a/a-36-2009-03-15-voa1-93374229/808083.html
 
 
© 
N.M. Azizov
, 2022. 


Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84) 
30 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling