U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


ISHLAB CHIQARISHDA BRAK TUFAYLI YUZAGA


Download 1.35 Mb.
bet86/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

6.7. ISHLAB CHIQARISHDA BRAK TUFAYLI YUZAGA
KELGAN NOBUDGARCHILIK HISOBI VA ULARNI
MAHSULOT TANNARXIGA O‘TKAZISH TARTIBI
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobining vazifalaridan biri brak
hisobiga hamda yarim tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarning
buzilishi, kamomadi natijasida qiladigan nobudgarchiliklarni to‘g‘ri
hamda o‘z vaqtida aniqlashdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda brak deb, o‘z sifatiga ko‘ra belgilangan standart
va texnik sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydigan detal hamda yarim tayyor
mahsulotga aytiladi. Ishlab chiqarishda brakka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa,
bunday mahsulotni qayta ishlash uchun qo‘shimcha xarajatlar talab
qilinadi yoki undan umuman foydalanish imkoniyati bo‘lmay qoladi.
Oy boshiga
tugallanmagan
ishlab chiqarish
Oy davomida
qilingan xarajatlar
Jami xarajatlar
Xomashyo va
material chiqitlar
qiymati
Brak mahsulot
qiymati
T
ugallanmagan
mahsulot qiymati
Boshqa chiqarib
tashlashlar
Oy oxiridagi
tugallanmagan
ishlab chiqarish
T
ovar
mahsulotga
to‘g‘ri keladigan
xarajatlar

118
Brak hisobiga nobudgarchilik summasi unumsiz xarajatning bir turi


bo‘lib, u mahsulot tannarxining oshishiga va korxona daromadining
kamayishiga olib keladi. Brak hisobiga nobudgarchiliklar summasi
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra ishlab chiqarish tan-
narxining «Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar moddasi»
tarkibida tannarxga qo‘shiladi.
Brak ishlab chiqarish o‘z yaroqlilik darajasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Tuzatilishi mumkin bo‘lgan mahsulot.
2. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan mahsulot.
Brak topilgan joyiga ko‘ra ikki xil, ya’ni ichki va tashqi brakka
bo‘linadi. Texnik nazorat bo‘limining xodimlari bunday mahsulotlarni
akt hujjatlari bilan rasmiylashtiradilar. Brakning kelib chiqish sababi,
uning aybdori, aybdordan ushlab qolinadigan mablag‘ va boshqa
ma’lumotlar ana shu dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Sintetik hisobi 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak» schyotida yuritiladi.
Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan brak bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish
schyoti ma’lumotlari asosida uning haqiqiy tannarxi hamma asosiy
xarajatlar va umumishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisidan tashkil
topadi. Aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar bo‘yicha joyida dalolatnoma
tuzilib ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish 2610-
schyoti bo‘yicha analitik hisobi korxonaning alohida sexlari bo‘yicha,
mahsulot turlari bo‘yicha, xarajatlar moddalari bo‘yicha, yaroqsiz
mahsulotning vujudga kelish sabablari va aybdorlari bo‘yicha yuritiladi.
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish»
schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling