U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
t/r
Muomalalar mazmuni 116
BAHOLASH VA HISOBGA OLISH Tugallanmagan ishlab chiqarish deb, 100% tayyor mahsulot holatiga kelmagan va shu sababli xaridorga sotib bo‘lmaydigan mahsulot qismiga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va uning tayyor mahsulot darajasiga qanchalik yaqinligini aniqlash buxgalteriya hisobi uchun juda muhimdir. Bu turdagi ishlab chiqarish tarkibiga qayta ishlash jarayonidan o‘tgan xomashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar o‘zi tayyor holga keltirilgan, ammo texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotlar kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan detal, qism va shu kabilarning harakati hisobini yuritish lozim. Mahsulot ishlab chiqarishning har bir fazasida vaqti-vaqti bilan mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish, hisob ma’lumotlarini inventarizatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi davomida inventarizatsiya yorliqlari yoki varaqalarida faqat buyumlarning haqiqiy soni, miqdori ko‘rsatilibgina qolmay, balki ularning tayyorlik darajasi ham qayd etiladi. Bu, o‘z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishni tayyorlik darajasiga ko‘ra baholashni yengillashtiradi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i tayyor mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qo‘llaniladigan kalkulyatsiyalash moddalari bo‘yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga nobudgarchilik, maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini qoplash, ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasno. Bu xarajat moddalari faqat tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Korxonada tugallanmagan ishlab chiqarishlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotga tegishli xarajatlarni aniqlash uchun ularni har oyda baholab turish lozim. Bunda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxini aniqlash uchun oy boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga oy davomida qilingan xarajatlarni qo‘shib, hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan hamda oy oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini olib tashlash lozim. Shu boisdan ham tugallanmagan ishlab chiqarishlarni to‘g‘ri aniqlash va ularni baholash muhim ahamiyatga ega. 117
jatlarning quyidagi shakldagi umumiy qaydnomasi tuziladi: 1 2 3=1+2 4 5 6 7 8=3-4-5-6-7 9 Demak, ushbu jadval orqali tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini aniqlashimiz mumkin, ammo bu usul murakkab hisoblanadi. Seriyali ishlab chiqarish tusidagi ko‘pgina korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish normativ tannarxda baholanadi. Qisqa texnologik siklli ayrim sanoat tarmoqlarida (to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqalar) tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi xomashyo va materiallar xarajati bo‘yicha baholanib, qolgan barcha xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Ishlab chiqarishning seriyali xiliga mansub korxonalarda tugal- lanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi har chorakda, qator sanoat tarmoqlarida (masalan, to‘qimachilik, poyabzal, tikuvchilik) har oyda o‘tkaziladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling