244
dasturlar); ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy pochta serveriga ulangan.
Ma’mur qabul qilingan xabarlar saqlanadigan
har bir foydalanuvchi
uchun bitta pochta qutisini yaratdi. Pochta
qutisi mahalliy qattiq
diskning
bir qismi, ruxsat cheklovlari bo‘lgan maxsus fayl.
Faqat
pochta qutisi egasi unga kirish huquqiga ega.
A foydalanuvchi B
foydalanuvchiga xabar yuborishi kerak bo‘lganida,
u xabarni
tayyorlash va B ning pochta qutisiga
saqlash uchun foydalanuvchi
agenti (user agent - UA) dasturini ishga tushiradi. Xabarda jo‘natuvchi
va qabul qiluvchining pochta qutisi manzillari (fayllarning nomlari)
mavjud. B foydalanuvchi agentidan foydalangan holda o‘z
pochta
qutisi tarkibini o‘zi xohlagan paytda olishi va o‘qishi mumkin. 7.8-
rasmda mazkur misol ko‘rsatilgan. Bu ofisdagi xodimlar o‘rtasidagi
an’anaviy qaydlarni almashinishga o‘xshaydi. Pochta xonasi mavjud,
u yerda har bir xodimda uning ismi yozilgan pochta qutisi mavjud. A,
B ga eslatma yuborishi kerak bo‘lganida,
u xatni yozadi va B ning
pochta qutisiga kiritadi.
7.8- rasm. Birinchi senariy
B pochta qutisini tekshirib ko‘rganda, A ning qaydlarini topadi va
o‘qiydi. Demak, elektron pochta jo‘natuvchisi
va qabul qiluvchisi bitta
pochta serverida bo‘lsa, faqat ikkita foydalanuvchi agenti kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: