U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Soket ma’lumotlar tuzilishi 


242 
Soketni aniqlash uchun ma’lumotlar tuzilishining formati 
jarayonlar ishlatadigan tilga bog‘liq. Masalan, C tilida soket 7.6- 
rasmda ko‘rsatilgandek, beshta maydonli tuzilma (tuzilish yoki yozuv) 
sifatida aniqlanadi. 
7.6- rasm. Soket ma’lumotlarining tuzilishi
E’tibor bering, dasturchi ushbu tuzilmani qayta aniqlamasligi 
kerak; u allaqachon aniqlangan. Dasturchi faqat ushbu ta’rifni o‘z 
ichiga olgan sarlavha faylidan foydalanishi kerak.
Oilasi 
Turi
Protokol 
Lokal soket manzili 
Masofadagi soket manzili 
Maydonlar 
struct socket 

int
family; 
int
type; 
int 
protocol; 
socketaddr
local; 
socketaddr
remote; 
}; 


243 
Keling, ushbu tuzilishda foydalaniladigan maydonlarni qisqacha 
ko‘rib o‘tamiz: 
Oilasi (Family). Ushbu maydon protokol guruhini belgilaydi: 
IPv4, IPv6, UNIX domen protokollari va boshqalar. Biz TCP/IP da 
ishlatadigan oilasi (family) turi IPv4 protokoli uchun doimiy IF_INET 
va IPv6 protokoli uchun IF_INET6 tomonidan belgilanadi. 
Turi (Type). Ushbu maydon soketning to‘rt turini belgilaydi: 
SOCK_STREAM (TCP uchun), SOCK_DGRAM (UDP uchun), 
SOCK_SEQPACKET 
(SCTP 
uchun) 
va 
SOCK_RAW 
(IP 
xizmatlaridan bevosita foydalanadigan ilovalar uchun) 7.7-rasmda 
ko‘rsatilgan. 
Protokol (Protocol). Ushbu maydon interfeysni ishlatadigan 
protokolni belgilaydi. TCP/IP protokoli to‘plami uchun 0 ga 
o‘rnatiladi. 
Lokal soket manzili (Local socket address). Ushbu maydon 
mahalliy soket manzilini belgilaydi. Soket manzili IP manzil va port 
raqamining kombinatsiyasi hisoblanadi. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling