U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
To‘rtinchi senariy. To‘rtinchi va eng keng tarqalgan holatda, B o‘z
pochta serveriga WAN yoki LAN orqali ulanadi. Xabar B ning pochta serveriga yetib borgandan so‘ng, B uni qaytarib olishi kerak. Bu yerda bizga xabarlarga kirish agentlari (message access agents - MAA) deb nomlanadigan mijoz-server agentlarining yana bir to‘plami kerak. B o‘zining xabarlarini olish uchun MAA mijozidan foydalanadi. Mijoz har doim ishlaydigan MAA serveriga so‘rov yuboradi va xabarlarni uzatishni talab qiladi. Vaziyat 7.11- rasmda keltirilgan. UA UA MTA Server MTA Server MTA Mijoz MTA Mijoz Aziza Bobur LAN yoki WAN Internet Mail Server Mail Server Qutila r Bufer UA: user agent MTA: message transfer agent 247 Bu yerda ta’kidlashimiz kerak bo‘lgan ikkita muhim jihat mavjud. Birinchidan, B pochta serverini chetlab o‘ta olmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri MTA serveridan foydalana olmaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri MTA serveridan foydalanish uchun B MTA serverini doimo ishga tushirishi kerak edi, chunki u qachon xabar kelishini bilmaydi. Bu shuni anglatadiki, agar u o‘z tizimiga LAN orqali ulangan bo‘lsa, B o‘z kompyuterini doimo tarmoqa ulangan holda ushlab turishi kerak. Agar u WAN orqali ulangan bo‘lsa, u doimo aloqani saqlab turishi kerak. Bugungi kunda ushbu holatlarning ikkalasi ham amalga oshirilmaydi. Ikkinchidan, B ning mijoz-server dasturlariga yana bir juft dastur kerak: xabarlarga kirish dasturlari. Buning sababi, MTA mijoz-server dasturi jo‘natish (push) dasturidir: mijoz xabarni serverga yuboradi. B ga tortish (pull) dasturi kerak. Mijoz xabarni serverdan tortib olishi kerak. 7.12- rasmda farq ko‘rsatilgan. 7.11- rasm. To‘rtinchi senariy UA UA MTA Mijoz MTA Server MTA Server Internet LAN yoki WAN MTA Mijoz MAA Mijoz MAA Server Aziza Bobur Mail Server Mail Server LAN yoki WAN Bufer Qutila r UA: user agent MTA: message transfer agent MAA: message access agent MTA Mijoz MTA Server MAA Server MAA Mijoz So‘rov Javob a ) b ) 248 7.12- rasm. a) Mijoz xabarlarini jo‘natish, b) Mijoz xabarlarini tortish Pochta serveriga LAN yoki WAN orqali ulanganda qabul qiluvchiga ikkita UA, ikkita juft MTA (mijoz va server) va bir juft MAA (mijoz va server) kerak bo‘ladi. Bu bugungi kunda eng keng tarqalgan holat. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling