U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


 Tarmoq dasturlarini tashkil etish va boshqarish


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

7.5. Tarmoq dasturlarini tashkil etish va boshqarish 
mexanizmlari 
Ushbu bo‘limda tarmoq dizaynerlari tomonidan hal etilishi kerak 
bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan to‘rt masalani ko‘rib 
o‘tamiz: 
 Qanday qilib saytlar boshqa saytlarni topish uchun manzillardan 
foydalanadilar? 
 Xabarlar qanday yo‘naltiriladi va ular qanday yuboriladi? 
 Jarayonlar bir-biri bilan qanday aloqa qiladi? 
 Resurslarga bo‘lgan ziddiyatli talablar qanday hal qilinadi? 
Manzillash bo‘yicha kelishuvlar 
Tarmoq saytlari bir-birlari bilan aloqa qilishlari va bir-birlarining 
manbalariga kirishlari uchun o‘z foydalanuvchilarini qanday qilib 
aniqlab olishni belgilashlari kerak. Point-to-Point bog‘lanishdan 
tashqari saytlar bir-birlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaganligi 
uchun ismlar, manzillar va marshrutlar talab qilinadi. Shuning uchun 
manzillash protokollari tarmoq topologiyasi va har bir saytning 
geografik joylashuvi bilan chambarchas bog‘liq. Ba’zi hollarda, o‘z 
tizimida birlik ma’lum bo‘lgan nomni anglatadigan "mahalliy nom" va 
birlikni o‘z tizimidan tashqarida bildiruvchi nom - "global nom" 
o‘rtasida farq bor. Bu farq foydalidir, chunki u har bir saytga mahalliy 
miqyosda amalga oshirish qiyin bo‘lgan yagona nomlash qoidalarini 
o‘rnatmasdan, o‘zlarining standartlari bo‘yicha o‘z bo‘linmalarini 
aniqlash imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan, global nom standart 
uzunliklar, formatlar va boshqa global kelishuvlarga muvofiq bo‘lishi 
kerak. 
Oddiy misol sifatida Internet manzilidan foydalanganda, biz 
chapdan o‘ngga quyidagi tartibda ierarxik tuzilishga moslikni 
ko‘rishimiz mumkin: mantiqiy foydalanuvchidan host-mashinasiga, 
host-mashinadan 
tarmoq 
mashinasiga, 
tarmoq 
mashinadan 
klastergacha va klasterdan tarmoqqa. Masalan, har bir Internet 
manzilida: info@tuit.uz yoki igss12@aber.ac.uk, har bir komponentni 
ajratish uchun nuqtalar ishlatiladi. Esda tutish juda oson bo‘lgan ushbu 
elektron pochta manzillari mos keladigan qurilma manzillarga 


275 
o‘zgartirilishi kerak. Ushbu o‘zgartirish kompyuter operatsion 
tizimining tarmoq bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuqorida keltirilgan misollar Domen nomlari xizmati (DNS) 
protokoliga asoslangan bo‘lib, uning asosiy vazifasi Internet 
manzillarini hal qilishdir. Agar biz info@tuit.uz ni tarkibiy qismlarga 
ajratsak, bizda quyidagilar bo‘ladi: 
 info – mahalliy foydalanuvchi; 
 tuit – info deb nomlangan mahalliy foydalanuvchi uchun 
host; 
 uz – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun 
tarmoq. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling